Yusuf Usmonov

Qoʻqon shahridagi Amin Umariy nomidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya oʻqituvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Yusuf Usmonovich Usmonov (1908-yil, Qoʻqon — 1986-yil 19-mart, Qoʻqon) — Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahridagi Amin Umariy nomidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabining geografiya oʻqituvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1968)[1][2]. KPSS aʼzosi.

Yusus Usmonovich Usmonov
Tavalludi 1908-yil
Vafoti 19-mart 1986-yil 78 yoshda
Qoʻqon
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston SSR
Taʼlimi Fargʻona pedagogika instituti (1940)
Kasbi Oʻqituvchi
Faoliyat yillari 1927—1969
Partiyasi KPSS
Unvoni
Bolalari Usmonov Marat Yusupovich, Usmonov Mars Yusupovich, Usmonov Elburs Yusupovich, Usmonov Kazbek Yusupovich, Usmonov Amur Yusupovich
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

Yusuf Usmonov 1908-yili Qoʻqon shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. 1927-yilda Fargʻona pedagogika texnikumini tamomlagan. Pedagogik faoliyatini dastlab Kirov tumani Beshariq qishlogʻidagi 1-maktabda geografiya hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida boshlagan. 1934-yilda Qoʻqon shahridagi Amin Umariy nomidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga geografiya oʻqituvchisis sifatida ishga kiradi. 1940-yilda ishidan ajralmagan holda Fargʻona pedagogika instituti geografiya fakultetining kechki taʼlimini bitiradi[1]. 1968-yil 1-iyunda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Usmonov taʼlim sohasidagi mehnatlari uchun „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni hamda Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi. Pedagogik faoliyati 42 yil boʻlib, shundan 34 yili bitta maktabdagi faoliyatiga toʻgri keladi. 1969-yilda Usmonov pensiyaga chiqadi. Umrining oxirigacha Qoʻqon shahrida yashagan. 1986-yil 19-mart kuni Qoʻqon shahrida 78 yoshida vafot etadi[1].

Oilasi tahrir

Yusuf Usmonovning 5 nafar oʻgʻli Usmonov Marat Yusupovich, Usmonov Mars Yusupovich, Usmonov Elburs Yusupovich, Usmonov Kazbek Yusupovich, Usmonov Amur Yusupovich boʻlgan[3]. Qo‘qon shahridagi qabristonda Usmonov Mars va Usmonov Elbrusdan tashqari Yusuf Usmonov ham oʻgʻillari Kazbek Yusupovich, Amur Yusupovich va Marat Yusupovich bilan birga dafn etilgan. Usmonov Amur Yusupovichning bitta farzandi boʻlib, bu 1984-yilda tugʻilgan Usmonov Oʻtkir Amurovich. Usmonov Kazbek Yusupovichning Nargiza, Nodira, Feruza ismli uchta qizi boʻlgan[3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Usmanov Yusup Usmanovich“ (rus tilida). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. „Usmanov“ (rus tilida). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  3. 3,0 3,1 Zolotiye zvezdi uchiteley (rus tilida), Ivanovo, 2020 — 192 bet.