Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq
Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq — muhaddis, Imom. (vaf. 827 yil).
Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Tarjimai holi
tahrirZakariyo ibn Adiy ibn Zariq VIII-IX asrlarda Bag‘dod shahrida yashab ijod qilgan. U manbalarda Abu Yаhyo Taymiy deb ham keltirilgan.[1] Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq o‘z davrining mashur muhaddislaridan bo‘lgan. Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq Imom, ishonchli hofiz va faqih nomi bilan ham tanilgan.
Ustozlari
tahrirHammod ibn Yazid, Sharik, Abu Ahvas, Hushaym, Abdulloh ibn Muborak, Yаzid ibn Zari’, Ubaydulloh ibn Amr Ruqiy va shu tabaqotning boshqa vakillaridan hadis o‘rgangan.
Shogirtlari
tahrirZakariyo ibn Adiy ibn Zariqdan Imom Buxoriy, Ishoq ibn Rohavay, Ishoq ibn Kavsaj, Hajjoj ibn Shoir, Abu Muhammad Dorimiy, Ahmad ibn Ali Bahbahoriy hadis tinglagan.[2]
E’tiroflar
tahrirZakariyo ibn Adiy ibn Zariq haqida boshqa muhaddislar qo‘yidagi fikrlarni bildirgan:
- Ahmad Ajaliy: “Zakariyo ibn Adiy ibn Zariq ishonchli siqot vakillaridan. U bir umr parhez bilan yashagan va non iste’mol qilmagan”, – degan[3].
- Munzir ibn Shazon: “Zakariyo ibn Adiy ibn Zariqdan hofizroq kishini ko‘rmadim”, – degan.
- Abu Afv Bazuriy: “Zakariyo ibn Adiy ibn Zariqdan yozganimdek, boshqa biron kishidan yozib ololmadim”, – deya e’tirof etgan.[4]
Vafoti
tahrirZakariyo ibn Adiy ibn Zariq hijriy 212, milodiy 827 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan.[5]
Adabiyotlar
tahrir- Shukurillo Umarov “Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi” Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2013 yil.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |