Zaqqoq Kabir, Abubakr Ahmad bin Nasr (vaf. taxm. 290 h.q./903 m.) — „Nasoyim ul-muhabbatda“ tilga olingan tasavvuf shayxi. Meshkoblik bilan shugʻullangani uchun „Zaqqoq“ nomini olgan. Junayd Bagʻdodiy, Abu Abdulloh Javporayi Soʻfiy, Abubakr Kattoniy bilan suhbatda boʻlgan. Abu Bakr Zaqqoq Sagʻir, Abubakr Misriy va Abubakr Duqqiyning ustozi. Alisher Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.