Zarbdor
Zarbdor — Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi shahar (1992-yildan), Zarbdor shahri tumanning janubida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi — Jizzax shahridan 30 km sharqda. Aholisi 41 270 kishi (2021).Maydoni 15 km² Zarbdor shahrida hokimiyat binosi, un kombinati, paxta tozalash zavodi, avtokorxonalar, dehqon bozori, maishiy xizmat va savdo shoxobchalari, madaniyat saroyi, klublar, 10 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, markaziy stadion, restoranlar, prokuratura, nuroniylar maskani, 2 ta bogʻ, 3 ta jom’e masjidi va hokazo bor. Zarbdor shahri 16 ta mahalladan tashkil topgan. Shahar muhim avtotransport yoʻllari yoqasida joylashgan. Viloyat markazi va boshqa aholi punktlari bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Zarbdor shahri Jizzax viloyatidagi yirik 3 ta shahardan biri hisoblanadi.[1]
Zarbdor | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
40°04′29″N 68°10′06″E / 40.07472°N 68.16833°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Jizzax viloyati |
Tuman | Zarbdor tumani |
Asos solingan | 1992-yil |
Maydon | [convert: invalid number] |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi | 41 270 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Manbalar
tahrirJizzax viloyatiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |