Zardak soʻzi fors-tojikcha boʻlib, u yasamadir. Ammo u eski tojik tilida X-XX asrlar yozma manbalarida uchraganligi qayd etilmaydi. Hozirgi fors tili lugʻatlarining koʻpchiligida ham bu soʻzlig berilmaydi. Hozirgi tojik tilining ikki tilli lugʻatida zardak tarzida berilib qoʻyilgan. Shuning uchun ham fors, tojik adabiy tilida bu soʻz, deyarli, qoʻllanmaydi. Alisher Navoiy asarlarida: Oshigʻa kim solsa qilib ziynat ish, Zardagu shalgʻam kibi oltun-kumush. (Hayrat ul-abror , 126)

Koʻrinishlari tahrir

Hozirgi turkiy tillarda: qirgʻiz tilida zardek, uygʻur tilida zardak, zadak, turkiy lugʻatlarda zardak, zadak(Malov, IV-I , 1911, 872) kabi koʻrinishlarda beriladi.

Manbai tahrir

Qadimgi turkiy manbalarida qayd etilmagan. Ammo soʻzning birinchi morfemasi zar va uning vositasida yasalgan soʻzlar Mahmud Qoshgʻariy asarlarida berilgan.

Morfemik tahlili tahrir

Zardak soʻzi ikki morfemadan (zard — bosh morfema sariq rang maʼnosida va yordamchi morfema -ak soʻz yasovchi afiksdir) tuzilgan boʻlib, uning birinchi bish morfemasi ham yasamadir.(Bu haqda zardolu soʻziga qarang).Soʻzning turkiy tillarda turli tovush oʻzgarishlariga uchragan variantlari, shu tilning fonetik qonuniyatlari taʼsiridir(t=d, ak=ek).

Etimoni tahrir

Demak sabzi soʻzining sinonimi boʻlgan zardak til birligi fors-tojik tilining ayrim dialekt yoki lahjalarida qoʻllanuvchi soʻz boʻlib, u eski oʻzbek tiliga oʻzlashgan. Bu soʻz hozir ham fors-tojik dialektlarining taʼsiri kuchli boʻlgan oʻzbek lahjalarida isteʼmol qilinadi. Soʻzning etimoni zard+ak boʻlib, sariqlik sariqcha maʼnosida keladi.

Manbalar tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Sabzavotlar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 31-32 bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.