Zarkokil, tangachoʻlpi — ziynat buyumi, Sharq ayollarining sochlariga taqadigan bezagi. Ayollarning ikki chakkalari yoki soch oʻrimlariga taqilgan. Dastlab Qoʻqon xonligi davrida oltindan yasalib. 3. deb atalgan. Keyinchalik tanga va soʻlkavoylardan ("tangachoʻlpi" nomi shundan) ikki qator qilib ishlangan. Tanga va soʻlkavoylar oʻzaro kumush zanjir yoki halqachalar bilan ulangan. Yuqori qismidagi ilgagi bilan chakkadagi sochga, soch oʻrimlariga taqib qoʻyilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil