Zaurbek Mairbekovich Soxiyev (tug'. 1986-yil 1-iyun, Tojikiston SSR) – oʻzbekistonlik erkin kurashchi, erkin kurash boʻyicha Jahon chempioni (2009-yil). Pekin (2008-yil) va Londonda (2012-yil) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va erkin kurash boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi.

Zaurbek Mairbekovich Soxiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi RossiyaOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1-iyun 1986-yil (1986-06-01) (37 yosh)
Tojikiston SSR
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Guanchjou 2006 84kg gacha
Bronza Boku 2007 84kg gacha
Oltin Xerning 2009 84kg gacha
Kumush Moskva 2010 84kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Kumush Doʻha 2006 84kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Olmaota 2006 84kg gacha
Bronza Toshkent 2011 84kg gacha

Tarjimai hol tahrir

1986-yil 1-iyunda Tojikiston SSRda osetin oilasida tugʻilgan. Uning otasi sobiq ogʻir atletikachi, SSSR sport ustasi - Mair Soxiyev[1].8 yoshidan Vladikavkazda Aslonbek Bekoyev boshchiligida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2005-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynay kurash tusha boshladi. 2006-yilda Olma-Otadagi Osiyo chempionati va Dohadagi Osiyo oʻyinlarining kumush medali, Guanchjoudagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2007-yilda Bokudagi jahon chempionatida uchinchi boʻldi. 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, 9-oʻrinni egalladi. 2009-yilda Xerningda jahon chempioni boʻladi. 2010-yilda Moskvadagi jahon chempionati va Bokuda oʻtkazilgan “Oltin Gran-pri” xalqaro turnirining kumush medali sovrindori boʻldi. 2011-yilda Toshkentda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori boʻldi. 2012-yilda u Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlab, u yerda 12-oʻrinni egallaydi.

Ayni kunda Soxiyev Vladikavkazda (Rossiya) yashaydi.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir