Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi Zimbabve davlatining milliy ayollar futbol jamoasidir. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi (ZIFA) tomonidan nazorat qilinadi. 2017-yil iyun holatiga koʻra Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi dunyo reytingida 86-oʻrinni egallab turibdi[1].

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro oʻyini 2000-yil 11-noyabrda Uganda ayollar milliy terma jamoasiga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynagan 2000-yilgi Afrika ayollar chempionati oʻyinida oʻtkazilgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi aslida 1991-yilgi Afrika ayollar chempionati qur’a tashlash marosimida ham qatnashishgan, biroq oʻyin turnir boshlanishidan oldin turnirni tark etishgan.

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining Afrika ayollar chempionatidagi eng yaxshi natijasi 2000-yilgi toʻrtinchi oʻrin boʻlgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi hech qachon FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga chiqishmagan.

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 2016-yilgi Olimpiada futbol turniriga yoʻllanma olgan. Turnirning Guruh bosqichida Germaniya terma jamoasiga 6:1, Kanada ayollar terma jamoasiga 3:1 va Avstraliya terma jamoasiga 6:1 hisobida yutqazib, oʻz guruhida (Kanada, Germaniya va Avstraliyani oʻz ichiga oladi) oxirgi oʻrinni egalladi.

Tarixi

tahrir

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 1991-yilda Afrika ayollar chempionatida ishtirok etishi kerak edi, ammo jamoa Zambiya bilan birinchi davra oʻyinidan oldin musobaqani tark etdi[2]. 1997-yil iyun oyida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi FNB stadionida erkaklar oʻrtasidagi Nelson Mandela Challenge musobaqasida Janubiy Afrika bilan oʻynagan[3][4]. 2003-yilda jamoaning yulduz oʻyinchisi Yesmor Mutero milliy murabbiy Shaki Tauroni nikohdan tashqari jinsiy aloqa paytida uniga OIV infeksiyasini yuqtirganlikda aybladi. Tauro bu daʼvolarni rad etdi.Lekin shu vaqealardan keyin birdan oʻz ishini tark etdi. Mutero 2004-yilda, Tauro esa 2009-yilda vafot etgan[5]. Zimbabvelik ayol futbolchilarga nisbatan keng tarqalgan jinsiy zoʻravonlik haqidagi ayblovlar boʻyicha keyingi surishtiruv Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tan olinmagan[6][7].

COSAFA ayollar chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi 2002-yilda ikkinchi va 2006-yilda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilgi ushbu turnirda Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi chempion boʻldi[8].

Jinsiy zoʻravonlikni yashirishdan tashqari, Zimbabve Futbol Assotsiatsiyasi Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasiga yetarli darajada jihozlanmagan va xavfli holatlardan himoyalanmagan sharoitlar yaratib bergan, tayyorgarlik oʻyinlarini tashkil etmagan, shartnomaviy toʻlov va bonuslarni ushlab qolgan, safar oʻyinlariga yoʻl haqini toʻlashdan bosh tortgan va jarohatlangan futbolchilarni davolash uchun pul toʻlashdan bosh tortgan[9][10]. 2016-yilgi Afrika ayollar kubogi uchun saralashda ishtirok etish uchun mukofot sifatida har bir futbolchiga libos sotib olish uchun 50 dollar berilgan[11][12].

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi

tahrir

Hozirgi murabbiylar shtabi

tahrir
Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy Sithehelelve Sibanda

Bosh murabbiylar tarixi

tahrir

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

tahrir

Hozirgi tarkib

tahrir

Quyidagi futbolchilar 2022-yilgi AFWCON ayollar kubogi saralash bosqichining oʻyinid Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan. Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki tarkibi 2022-yil 1-fevralda eʼlon qilingan edi[13].

0#0 Poz. Oʻyinchi Tugʻilgan kuni (yoshi) Klub
Bhunu, LeonaLeona Bhunu Bulawayo Chiefs
Magwede, LindiweLindiwe Magwede 1-dekabr 1991-yil (1991-12-01) (32 yosh) Herentals
Mudyiwa, PreciousPrecious Mudyiwa 2-fevral 1998-yil (1998-02-02) (26 yosh) Black Rhinos
Shonga, CynthiaCynthia Shonga 18-iyun 2000-yil (2000-06-18) (24 yosh) Harare City
2DF Bwende, MoreblessingMoreblessing Bwende 1-avgust 2001-yil (2001-08-01) (23 yosh) Harare City
2DF Chibanda, EuniceEunice Chibanda 26-mart 1993-yil (1993-03-26) (31 yosh) Black Rhinos
2DF Kandemiri, LiliosaLiliosa Kandemiri Blue Swallows
2DF Mharadzi, VimbaiVimbai Mharadzi Blue Swallows
2DF Mugayi, PuretéPureté Mugayi Black Rhinos
2DF Mukwanda, TalentTalent Mukwanda 24-aprel 1993-yil (1993-04-24) (31 yosh) Herentals
2DF Mutumbami, EdlineEdline Mutumbami 13-oktyabr 1996-yil (1996-10-13) (28 yosh) Blue Swallows
2DF Ncube, NobukhosiNobukhosi Ncube 17-fevral 1993-yil (1993-02-17) (31 yosh) Correctional Services
Bhobho, DanaiDanai Bhobho 1-dekabr 1992-yil (1992-12-01) (31 yosh) Simba
Chemhere, EnnertyEnnerty Chemhere Ubuntu Queens
Chirandu, MavisMavis Chirandu 15-yanvar 1995-yil (1995-01-15) (29 yosh) Black Rhinos
Dambamuromo, ShylineShyline Dambamuromo 4-aprel 2000-yil (2000-04-04) (24 yosh) Faith Drive
Kabwe, BeritaBerita Kabwe 17-dekabr 1990-yil (1990-12-17) (33 yosh) Rivers Angels
Moyo, AliceAlice Moyo Faith Drive
Msipa, EmmaculateEmmaculate Msipa 7-iyun 1992-yil (1992-06-07) (32 yosh) Ramat HaSharon
Mupeti, PriviledgePriviledge Mupeti 29-sentyabr 1997-yil (1997-09-29) (27 yosh) Black Rhinos
Nyaumwe, MarjoryMarjory Nyaumwe 10-iyul 1987-yil (1987-07-10) (37 yosh) Correctional Services
4HJ Banda, DinahDinah Banda 27-yanvar 2001-yil (2001-01-27) (23 yosh) Queen Lozikeyi Academy
4HJ Chikoore, MelodyMelody Chikoore Faith Drive
4HJ Katona, ChristobelChristobel Katona 13-fevral 1999-yil (1999-02-13) (25 yosh) Black Rhinos
4HJ Mafuruse, MaudyMaudy Mafuruse 24-aprel 1999-yil (1999-04-24) (25 yosh) Faith Drive
4HJ Makore, RutendoRutendo Makore 30-sentyabr 1992-yil (1992-09-30) (32 yosh) Black Rhinos
4HJ Mutasa, ShamisoShamiso Mutasa 9-iyun 1994-yil (1994-06-09) (30 yosh) Herentals
4HJ Ndowa, NatashaNatasha Ndowa 3-yanvar 1998-yil (1998-01-03) (26 yosh) Blue Swallows
4HJ Neshamba, RudoRudo Neshamba 10-fevral 1992-yil (1992-02-10) (32 yosh) Ramat HaSharon

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari

tahrir

Mintaqaviy

tahrir
  • Afrika ayollar millatlar kubogi
Toʻrtinchi oʻrin: 2000

Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari

tahrir

     Chempion      Ikkinchi oʻrin      Uchinchi oʻrin     Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati

tahrir
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1991-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  1995-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  1999-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2003-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2007-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2011-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2015-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2019-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2023-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
Jami 0/9 - - - - - - -

Olimpiada oʻyinlari

tahrir
 
Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasi, 2016-yilgi Olimpiada oʻyinida
Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  1996-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2000-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2004-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2008-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2012-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2016-yil Guruh bosqichi 3 0 0 3 3 15 −12
  2020-yil Saralashdan oʻta olmadi - - - - - - -
  2024-yil Aniqlanmoqda - - - - - - -
Jami 1/7 3 0 0 3 3 15 −12

2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari

tahrir
Reytingi Jamoa Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati Ochkosi Natija
1   Kanada 3 3 0 0 7 2 +5 9 Pley-of bosqichiga chiqdi
2   Germaniya 3 1 1 1 9 5 +4 4
3   Avstraliya 3 1 1 1 8 5 +3 4
4   Zimbabve 3 0 0 3 3 15 −12 0
Manba: Rio2016 (Wayback Machine saytida 27-sentabr 2016-yil sanasida arxivlangan) & FIFA

Afrika ayollar millatlar kubogi

tahrir
Afrika ayollar millatlar kubogida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
1991-yil Chorak final bilan cheklandi
1995-yil Kiritilmadi
  1998-yil Kiritilmadi
  2000 Toʻrtinchi oʻrin 5 1 1 3 8 17
  2002-yil Guruh bosqichi 3 0 2 1 2 4
  2004-yil Guruh bosqichi 3 1 1 1 3 4
  2006-yil Yoʻllanmadan voz kechdi
2008-yil Saralashdan oʻta olmadi
  2010-yil Kiritilmadi
2012-yil Saralashdan oʻta olmadi
  2014-yil Saralashdan oʻta olmadi
  2016-yil Guruh bosqichi 3 0 1 2 0 3
  2018-yil Saralashdan oʻta olmadi
2020-yil COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan
  2022-yil "Saralashdan oʻta olmadim"
Jami 12/12 49 20 10 19 60 77

Afrika oʻyinlari

tahrir
Afrika oʻyinlarida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar
  2003-yil 1-davra 3 1 1 1 5 6
  2007-yil - 0 0 0 0 0 0
  2011-yil 1-davra 3 0 1 2 4 8
  2015-yil - 0 0 0 0 0 0
  2019-yil - 0 0 0 0 0 0
2023-yil Aniqlanmoqda 0 0 0 0 0 0
Jami 2/5 6 1 2 3 9 14

COSAFA ayollar chempionati

tahrir
COSAFA ayollar chempionatida Zimbabve ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar nisbati
  2002-yil Ikkinchi oʻrin
  2006-yil 4-oʻrin
  2008-yil ? ?
  2011-yil Chempion 5 4 1 0 16 2 +14
  2017-yil Ikkinchi oʻrin egasi 5 2 2 1 13 6 +7
  2018 Guruh bosqichi 3 2 0 1 5 2 +3
  2019 3-oʻrin 3 4 0 1 19 4 +15
  2020 Guruh bosqichi 2 0 0 2 0 2 −2
  2021-yil Guruh bosqichi 3 2 0 1 5 4 +1
Jami Guruh bosqichi 3

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „FIFA/Coca-Cola World Ranking: Women's Ranking“. FIFA (23-iyun 2017-yil). 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2017-yil.
  2. „Namibia: Zambia's She-Polopolo“. AllAfrica.com (14-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  3. Chingoma, Grace. „Where are our queens?“. The Herald (Zimbabwe) (28-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  4. Duret. „South Africa – Women – International Results“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (5-noyabr 2003-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  5. Muchinjo, Enock. „Rio 2016: Zimbabwe women's arduous journey to Brazil“. Al Jazeera (4-avgust 2016-yil). Qaraldi: 7-avgust 2016-yil.
  6. „Yesmore Mutero turning in her grave“. The Standard (Zimbabwe) (8-mart 2011-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  7. Vickers, Steve. „Zimbabwe inquiry delayed“. BBC Sport (30-mart 2005-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  8. „Women's Soccer Africa: COSAFA Women's Championship-Zimbabwe crowned 2011 Champions“ (9-iyul 2011-yil).
  9. Moyo, Sikhumbuzo. „Mighty Warriors finally get part of bonuses“. The Chronicle (Zimbabwe) (11-mart 2014-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  10. Nyakwenda, Langton. „Mighty Warriors queen Neshamba stranded“. The Sunday Mail (Zimbabwe) (10-aprel 2016-yil). Qaraldi: 30-iyul 2016-yil.
  11. Nnadiegbulam, Chibuogwu. „The Zimbabwe Mighty Warriors' tale of price and sacrifice“. Unusual Efforts (20-iyun 2016-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  12. „Mighty Warriors fiasco a disgrace“. The Standard (Zimbabwe) (14-avgust 2016-yil). Qaraldi: 14-avgust 2016-yil.
  13. „Mighty Warriors squad AWCON qualifier against Botswana“. soccer24 (12-fevral 2022-yil).

Havolalar

tahrir