Zindon (fors.) — mahbuslar saqlanadigan yer ostidagi zax va qorongʻi joy, atrofi qalʼaband qamoqxona. Qulchilik davrida paydo boʻlgan. Koʻproq hukmdorlar qasri, qalʼasi ostida konussimon quduq shaklida qazilgan, 5—7 m, yer osti suvi yuzada boʻlgan joylarda pishiq gʻishtdan, gumbaz shaklida yer ustida qurilgan. Z.ning obxona degan turi ham boʻlgan (yana q. Buxoro zindoni).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil