Ziyovuddin togʻlari
Ziyovuddin togʻlari - Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi togʻlar. Zarafshon tizma togʻlarining eng chekka gʻarbiy qismi. Kenglik boʻyicha yoʻnalgan. Eng baland joyi 866 m. 3. t.ning ayrim qismlari sharqda Katarmaya (807 m), Qoratov (723 m), Qizbibi (818 m), markaziy qismida Tusitov (866 m), Turekbobo (841 m), Qirtov, gʻarbda Qoratov, Xoʻja Boltatogʻ (740 m), Azkamar platosi deb ataladi. 3. t. sharqda Qarnob beli orqali Zirabuloq togʻlari, shimoli-gʻarbda Azkamar platosi orqali Zarafshon vodiysi, shimolida Malik choʻli va janubida Qarnob choʻli bilan chegaradosh.
3. t. shimoliy va nisbatan balandroq (670–860 m) janubiy tizimlardan iborat. Janubiy yon bagʻirlari tik koʻtarilgan va qisqa soy va oʻzanlar bilan kuchli parchalangan. Qoyali, yalangʻoch tub jinslar qatlamlari Qarnob choʻliga tik tushgan. Tor va chuqur togʻ daralari jinslar qatlamlarini kesib oʻtgan. Suvayirgʻich qismlarida kuesta relyef shakllari uchraydi. Togʻlarning suvayirgʻich kismi oʻtkir qirrali va nayzasimon shaklda. 3. t. yirik antiklinaldan iborat, uning zamini quyi silurning kristalli slanets, oqaktosh, gilli qumtoshli slanetslaridan iborat. Yogʻin miqdorining kamligi (yiliga oʻrtacha 200–225 mm) va togʻlar baland boʻlmaganligidan soylarda faqat baxrr va yoz boshlarida suv oqadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlari nuragan jinslarning parchalari bilan band. Tuproqlar yaxshi rivojlangan yon bagʻirlarda efemerlar (rang, qoʻngʻirbosh), togʻ shuvogʻi, toshlok tuproqlarda turli oʻt butalar (tikanli bodom) tarqalgan. 3. t.ning shimoliy etaklarida Navoiy va Ziyovuddin sh. lari, janubiy etagida Qarnob qishlogʻi joylashgan. 3. t.da sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo, qurilish materiallari manbalari mavjud.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |