Zoopsixologiya, hayvonlar psixologiyasi – psixologiyaning hayvonlar psixikasi, uning namoyon boʻlishi hamda ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotini oʻrganadigan boʻlimi. Zoopsixologiya dalillaridan bir qancha fanlar, jumladan, bionika va biokibernetikada foydalaniladi. Zoopsixologiya solishtirma psixologiya va etologiya yaqin turadi. Zoopsixologiya ekologiya, neyrofiziologiya, sezgi organlari fiziologiya va boshqa sohalar bilan uzviy bogʻlangan. Zoopsixologiya XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida mustaqil fan sifatida shakllangan. Zoopsixologiya tarixida 2 ta qarama-qarshi yoʻnalish boʻlgan. Mexanik yoʻnalish boʻyicha hayvonlar avtomat mashinaga oʻxshatiladi (R. Dekart, J.Lyob va boshqalar) – Antropomorfik yoʻnalish boʻyicha inson psixikasi bilan hayvon psixikasi oʻrtasidagi farq inkor etiladi (J. L. Byuffon, J. B. Lamark, Ch. Darvin va boshqalar). Zoopsixologiyada evolyutsion yoʻnalishning boshlanishi rus olimlari K. F. Rulye va V. A. Vagner ishlari bilan bogʻliq. Zoopsixologiyaning fan sifatida rivojlanishida I. P. Pavlovnchnt oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimoti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu taʼlimot inson psixikasi hatto eng yuksak tuzilgan hayvon psixikasidan sifat jihatdan keskin farq qilishini koʻrsatadi. Bu farq insonning ijtimoiy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati va nutqi bilan bogʻliq[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil