Alvaro Morata
Alvaro Borxa Morato Martin (ispancha: Álvaro Borja Morata Martín; 1992-yil 23-oktyabrda tugʻilgan) ispaniyalik professional futbolchi, Milan va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Álvaro Borja Morata Martín | ||
Tavallud sanasi | 23-oktyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Madrid, Ispaniya | ||
Boʻyi | 187 sm | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Juventus | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005–2007 2007–2008 |
Atletiko Madrid Xetafe | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008–2012 2012 – hz. |
Real Madrid Kastilya Real Madrid |
(215(32) 2) | |
Milliy terma jamoa | |||
2009 2010 2010 |
Ispaniya U-17 Ispaniya U-18 Ispaniya U-19 |
(6 (2) 2 (3) 13 (11)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
tahrirKlubdagi
tahrir2008 yili Real Madrid Alvaroni Xetafening yoshlar jamoasidan sotib oldi va Real Madridning „Juvenil C“ jamoasi tarkibiga qoʻshildi. 2009 yil noyabr oyida „Juvenil“larning barchasida (A, B va C) va „Real Madrid C“ jamoasida ketma-ket oʻyinlarida ishtirok etdi. 2010 iyul oyida „Juvenil A“ jamoasida oʻtkazgan muvaffaqiyatli ishtiroki (ikkita titul va 34 ta gol) natijasida Real Madrid Kastilya jamoasiga oʻtkazildi. Keyinchalik Real Madrid bosh murabbiyi Jose Mourinho uni va toʻrtta klubdoshini AQShga mavsumoldi safarga olib ketdi.
2010 yil 15-avgustda Alkorkon jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda Real Madrid Kastilya safida debyutini oʻtkazdi. Ligada esa shu yilning 29-avgustida „Korusho“ bilan boʻlgan oʻyinda debyut qildi. Birinchi golini 31-oktyabr kuni „Alkala“ darvozasiga kiritdi[1].
2010 yil 12-dekabrda Realning birinchi jamoasi safida ilk oʻyinda Saragosaga qarshi 89-daqiqada Angel di Maria oʻrniga maydonga tushdi. Oʻn kundan soʻng, Qirollik kubogi oʻyinlarida ham Levantega qarshi (8:0) debyutini nishonladi. 2011 yilning yanvarida Gonzalo Higuaín jarohat olganidan soʻng, Alvaroni koʻpchilik mutaxassislar asosiy tarkibga qoʻshiladi degan fikrlar bergandilar. Ammo Mourinho bu tanlovdan voz kechdi. Oʻsha kezlarda Morata 4 ta oʻyinda ketma-ket 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgandi, lekin jamoa Emmanuel Adebayor bilan shartnoma imzoladi. 13-fevral kuni u faoliyatidagi birinchi xet-trigini „Deportivo B“ga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi.
2012/13 mavsumdan boshlab, Morata asosiy jamoaning tarkibiga qoʻshildi va mavsumoldi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etdi.
2012-yil 11-noyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turida „Levante“ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvda maydonga 83-daqiqada tushib, ikki daqiqa oʻtmasdan hal qiluvchi golini urib, oʻzining chempionatdagi birinchi golini urishga muvaffaq boʻldi. „Real“ oʻsha oʻyinda 1:2 hisobida gʻalaba qozondi [2].
Terma jamoadagi
tahrir2009 yili Morata 17 yoshgacha oʻtkazilgan jahon chempionatiga chaqirildi, u yerda 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Ispaniya federatsiyasi Yaponiyada oʻtkazilgan 19 yoshgacha xalqaro turnirga Alvaroni ham chaqirdi[3]. Ushbu turnirda uning jamoasi Yaponiyaga gʻalabani boy berib, ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Ishtirok etish statistikasi
tahrir- 2011-yil 29 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | Oʻ | G | Oʻ | G | Oʻ | G | ||||||
Real Madrid Kastilya | 2010/11 | 28 | 15 | — | — | 28 | 15 | ||||||
Vsego | 28 | 15 | — | — | 28 | 15 | |||||||
Real Madrid | 2010/11 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||||
Jami | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | |||||
Jami faoliyatidagi | 25 | 13 | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 15 |
Erishgan natijalari
tahrirReal Madrid
- Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Ispaniya yoshlar terma jamoasi
- Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati bronza medali sohibi: 2009
- 19 yoshgacha Yevropa chempioni: 2011
Xususiyati
tahrirIkkinchi qavatda yaxshi oʻynaydi, tez harakatlanadi va gol sezish qobiliyati kuchli. Morataning oʻynash uslubiga qarab, Real Madridning sobiq hujumchisi Fernando Morientesga ham koʻpchilik oʻxshatadi. Uzatma va zarbalarni hech qachon qoʻldan bermaydi. Gol urish uchun kerak boʻlsa tavakkal qiladi.
Izohlar
tahrir- ↑ El Alcorcón cae ante un buen Real Madrid Castilla
- ↑ Morata „Real“ga gʻalaba keltirdi![sayt ishlamaydi]
- ↑ Convocatoria Torneo Internacional de Japón Sub-19, 2011-07-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-07-24
Havolalar
tahrir- Real Madridning rasmiy saytidagi sahifasi (ingl.) (isp.)