Gonzalo Higuaín
Gonsalo Xerardo Higuaín (ispancha: Gonzalo Gerardo Higuaín; 1987-yil 10-dekabrda tugʻilgan) – argentinalik sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gonzalo Gerardo Higuaín[1] | ||
Tavallud sanasi | 10-dekabr 1987-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Brest, Fransiya | ||
Boʻyi | 186[3][4] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Laqabi | Pipita | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Club Palermo | |||
1997–2005 | River Plate | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005–2007 | River Plate | 35 | (13) |
2007–2013 | Real Madrid | 190 | (107) |
2013–2016 | Napoli | 104 | (71) |
2016–2020 | Juventus | 105 | (48) |
2018–2019 | → AC Milan | 15 | (6) |
2019 | → Chelsea | 14 | (5) |
2020–2022 | Inter Miami | 67 | (29) |
Total | 530 | (279) | |
Milliy terma jamoa | |||
2008 | Argentina U23 | 1 | (2) |
2009–2018 | Argentina | 75 | (31) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Hayoti
tahrirGonsalo argentinalik professional futbolchi oilasida tugʻildi. Otasi Xorxe Iguain (1957-yil 8-iyunda tugʻilgan) oʻsha vaqtlarda Fransiyaning Brest jamoasida himoya chizigʻida toʻp surardi. Farzandi 10 oylik boʻlganida, ota-onasi Argentina qaytishdi. Shu asnoda Gonsalo Iguain fransuzcha bilmasa ham Fransiyaning pasportiga ega boʻlgan. 2006-yilda Iguainni Argentina ham Fransiya ham oʻz tarkibiga chaqirdi, lekin oʻylab koʻrishga vaqt olgan holda ikkalasiga ham rad javobini berdi. Keyinroq u Argentina terma jamoasi safiga qoʻshilishga qaror qildi[5]. Gonsaloning katta akasi Federiko Iguain (1984-yil 25-oktabrda tugʻilgan) ham professional futbolchi sifatida „River Pleyt“, „Independiente“, „Beshiktosh“ jamoalari hujum chizigʻida faoliyat olib borgan.
2004—2006 yillar mobaynida River Pleyt safida oʻynab yurdi. 2007-yildan eʼtiboran u Real Madrid jamoasi hujumchisi sifatida maydonga chiqa boshladi. 2008/09 mavsumda Ispaniya chempionati davomida u 22 ta toʻp kiritdi, 2009/10 mavsumda esa 27 ta (chempionat toʻpurarlari roʻyxatida Lionel Messidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan) toʻp kiritgan.
JARda oʻtkazilgan 2010-yilgi Jahon chempionatida 22 yoshli Iguain musobaqaning birinchi xet-trigini Janubiy Koreya darvoza kiritdi (4:1). Gonsalo uchun bu milliy termadagi atigi 7-nchi oʻyini edi. Iguain argentinaliklar orasida Jahon chempionatidagi bitta oʻyinda 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan Gilermo Stabile (1930) va Gabriel Batistuta (1994 va 1998)lardan keyingi 3-nchi oʻyinchi boʻldi[5]. Iguainning xet-trigi chempionat tarixidagi 49-nchi va 2002-yildan beri esa 1-nchisi boʻldi. 1/8 finalda Meksika bilan boʻlgan bahsda Gonsalo yana bitta gol urishga muvaffaq boʻldi. 1/4 finalda esa argentinaliklar nemislar tarafidan 0:4 hisobidagi ogʻir magʻlubiyatdan soʻng, musobaqani tark etdilar.
2012-yil 31-martida Gonsalo „Real“ning 2011/12 Ispaniya chempionatidagi 100-nchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi.
Erishgan natijalari
tahrirJamoada
tahrir- Ispaniya chempioni (3): 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012
- Ispaniya superkubogi sohibi (2): 2008, 2012
- Ispaniya kubogi sohibi (1): 2010/2011
Shahsiy
tahrir- 2006-yildagi Argentina chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi.
Statistika
tahrirJamoada
tahrir2012-yil 13 may holatiga.
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevrokuboklar | Boshqa | Jami | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻ | G | A | Oʻ | G | A | Oʻ | G | A | Oʻ | G | A | Oʻ | G | A | ||
River Pleyt | 2004/05 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 6 | 0 | 0 | ||
2005/06 | 12 | 5 | 5 | 5 | 1 | 0 | 4 | 2 | 0 | - | 21 | 8 | 5 | |||
2006/07 | 17 | 10 | 11 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 20 | 10 | 11 | |
Jami | 35 | 15 | 16 | 5 | 1 | 0 | 6 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 47 | 18 | 16 | |
Real Madrid | 2006/07 | 19 | 2 | 3 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | - | 23 | 2 | 3 | ||
2007/08 | 25 | 8 | 3 | 4 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | - | 34 | 9 | 3 | |||
2008/09 | 34 | 22 | 9 | 2 | 1 | 0 | 7 | 0 | 0 | 1 | 1 | 0 | 44 | 24 | 9 | |
2009/10 | 32 | 27 | 5 | 1 | 0 | 0 | 7 | 2 | 1 | - | 40 | 29 | 6 | |||
2010/11 | 17 | 10 | 6 | 2 | 1 | 0 | 6 | 2 | 0 | - | 25 | 13 | 6 | |||
2011/12 | 35 | 22 | 7 | 5 | 1 | 2 | 12 | 3 | 1 | 2 | 0 | 0 | 54 | 26 | 10 | |
Jami | 162 | 91 | 33 | 16 | 4 | 2 | 39 | 7 | 2 | 3 | 1 | 0 | 220 | 103 | 37 | |
Faoliyatida jami | 197 | 106 | 49 | 21 | 5 | 2 | 45 | 9 | 2 | 4 | 1 | 0 | 267 | 121 | 53 |
Milliy terma jamoada
tahrirMamlakat | Jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gollar | Assistent |
---|---|---|---|---|---|
Argentina | Real Madrid | 2009 | 3 | 1 | 0 |
2010 | 10 | 6 | 2 | ||
2011 | 9 | 5 | 1 | ||
2012 | 3 | 1 | 3 | ||
Jami | 25 | 13 | 6 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Acta del Partido celebrado el 01 de junio de 2013, en Madrid“ [Minutes of the Match held on 1 June 2013, in Madrid] (es). Royal Spanish Football Federation. 2019-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Argentina“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Gonzalo Higuaín“ (it). Eurosport. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ „Gonzalo Higuain“ (it). Fox Sports. 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 Iguain sdelal vibor. I ne progadal (Wayback Machine saytida 2010-06-21 sanasida arxivlangan) – "Sport-Ekspress", 18 iyun 2010
Havolalar
tahrirVikiomborda Gonzalo Higuaín haqida turkum mavjud |
- Gonzalo Higuaín BDFutbol saytida
- Statistics at Guardian Stats Centre
- Gonzalo Higuaín ESPN FC saytida
- Futbol360 profile
- Sportepoch profile
- Profile at FutbolPunto with maps and graphs (ispancha)
- Gonzalo Higuaín National-Football-Teams.com saytida
- Gonzalo Higuaín – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Gonzalo Higuaín – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)