Álvaro Odriozola
Álvaro Odriozola Arzalluz (1995-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Real Madrid“ klubi va Ispaniya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Uning asosiy pozitsiyasi qanot himoyachisi boʻlib, qanot yarimhimoyachisi sifatida ham oʻynay oladi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Álvaro Odriozola Arzalluz | ||
Tavallud sanasi | 14-dekabr 1995-yil | ||
Tavallud joyi | San-Sebastyan, ESP Ispaniya | ||
Boʻyi | 176 sm | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 16 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
Real Sociedad, Real Madrid, Bavariya (ijara), Fiorentina (ijara) | |||
Milliy terma jamoa | |||
ESP Ispaniya | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirReal Sociedad
tahrirBasklar mamlakatining San-Sebastyan shahrida tugʻilgan Odriozola 2006-yili oʻn yoshida „Real Sociedad“ning yoshlar tarkibiga olingan[2]. 2013-yil 1-sentabrda Segunda B divizioni doirasida zaxira jamoasi safida UD Las-Palmas Atletikoga qarshi safarda 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchralgan bahsda debyutini amalga oshirdi[3] va oʻsha oyda UEFA Yoshlar Ligasidagi bir nechta oʻyinlarda qatnashdi[4][5].
2017-yilning 16-yanvarida Carlos Martinez ham, Joseba Zaldua ham jarohat olgani uchun Odriozola oʻzining asosiy jamoasi va La Ligadagi debyutini safarda „Malaga“ga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazdi[6]. Turnir oxirigacha u yana 16 oʻyinda maydonga tushdi.
Odriozola 2017-yil 10-iyun kuni shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirdi va 2017-18-yilgi mavsum oldidan kattalar tarkibiga koʻtarilib, tezda birinchi raqamli oʻng qanot himoyachisiga aylandi[7]. U oʻzining ilk professional golini 2018-yilning 15-fevralida Anoeta stadionida UEFA Yevropa ligasi 1/8 finalida Red Bull Zalsburg bilan oʻyinda (2:2) kiritdi[8].
Real Madrid
tahrir2018-yilning 5-iyulida "Real Madrid" „Real Sociedad“ bilan Odriozola transferi boʻyicha kelishuvga erishdi[9][10]. Toʻlov 30 million yevroni tashkil etib, 5 million yevro shartli bonuslar boʻlishi xabar qilingandi[11]. Shu yilning oʻzida 22-sentabr kuni "RCD Espanyol"ga qarshi oʻyinda (1:0) toʻliq 90 daqiqa oʻynab, debyutini amalga oshirdi[12]. Odriozola oʻzining ligadagi birinchi golini 2021-yil 21-aprelda „Kadiz“ga qarshi oʻyinda (3:0) urdi[13].
Bavariya (ijara)
tahrir2019-20-yilning birinchi yarmida madridliklar safida atigi besh marta maydonga tushgach[14], 2020-yilning yanvarida u mavsumning qolgan qismini oʻtkazish uchun „Bavariya“ga ijaraga berildi[15][16]. 2020-yil 23-avgustda „Bavariya“ safida 2019-20-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi.
Fiorentina (ijara)
tahrirU 2021-yil 28-avgustda bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida „Fiorentina“ tarkibiga qoʻshildi[17][18].
Xalqaro maydondagi karyerasi
tahrirOdriozola birinchi bor Albert Celades tomonidan Ispaniya U21 terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan va jamoaning 2017-yilgi UEFA Yvropa chempionati finaliga chiqishiga hissa qoʻshgan. U 2017-yilning 6-oktabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Albaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Ispaniya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi; mazkur oʻyinda u toʻliq harakat qilib, Tiago Alkantaraning jamoani mundialga olib chiqqan goliga assistentlik qildi[19].
Odriozola Rossiyada boʻlib oʻtadigan mundialning final bosqichi uchun terma jamoaning 23 kishilik tarkibiga kiritildi[20]. Mamlakat libosidagi ilk golini 2018-yilning 3-iyunida Vilyarrealda Shveysariya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) kiritgan[21].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Real Sociedad B | 2013-14 | Segunda División B | 9 | 0 | — | — | — | 9 | 0 | |||
2014-15 | Segunda División B | 27 | 1 | — | — | — | 27 | 1 | ||||
2015-16 | Segunda División B | 32 | 2 | — | — | — | 32 | 2 | ||||
2016-17 | Segunda División B | 18 | 0 | — | — | — | 18 | 0 | ||||
Jami | 86 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 86 | 3 | ||
Real Sociedad | 2016-17 | La Liga | 15 | 0 | 1 | 0 | — | — | 16 | 0 | ||
2017-18 | La Liga | 35 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | — | 41 | 1 | ||
Jami | 50 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | 57 | 1 | ||
Real Madrid | 2018-19 | La Liga | 14 | 0 | 5 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 22 | 1 |
2019-20 | La Liga | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | |
2020-21 | La Liga | 13 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 16 | 2 | |
2022-23 | La Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 31 | 2 | 6 | 1 | 6 | 0 | 0 | 0 | 43 | 3 | ||
Bavariya (ijara) | 2019-20 | Bundesliga | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 5 | 0 | |
Fiorentina (ijara) | 2021-22 | A Seriya | 25 | 1 | 2 | 0 | — | — | 27 | 1 | ||
Jami | 195 | 6 | 10 | 1 | 13 | 1 | 0 | 0 | 218 | 8 |
Xalqaro
tahrir- 2018-yil 9-iyun holatiga ko'ra[24]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Ispaniya | 2017 | 2 | 0 |
2018 | 2 | 1 | |
Jami | 4 | 1 |
Sovrinlari
tahrirReal Madrid
- La Liga: 2019-20
- Ispaniya Superkubogi: 2019-20[25]
- FIFA klublar oʻrtasida jahon chempionati: 2018[26]
"Bavariya"
- Bundesliga: 2019-20[27]
- DFB-Pokal: 2019-20
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2019-20[28]
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2017[29]
Manbalar
tahrir- ↑ Isasa, Xabier. „Odriozola, un puñal reconvertido a lateral“ (ispancha). Mundo Deportivo (16-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2017-yil.
- ↑ Badallo, Óscar. „Odriozola tuvo el debut soñado en Primera“ (ispancha). Marca (17-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2017-yil.
- ↑ „El Sanse cae ante la UD Las Palmas Atlético (3–0)“ (ispancha). Real Sociedad (1-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2017-yil.
- ↑ Rodrigo, Marco. „Asoma la generación del 95“ (ispancha). Noticias de Gipuzkoa (20-mart 2017-yil). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
- ↑ „U19: Utd 0 Sociedad 1“. Manchester United F.C (23-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 25-avgust 2017-yil.
- ↑ Egea, Pablo. „Esta Real sí araña“ (ispancha). Marca (16-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2017-yil.
- ↑ Chozas. „Odriozola volverá a la titularidad“ (ispancha). Vavel (1-may 2018-yil). Qaraldi: 4-iyun 2018-yil.
- ↑ „Crónica del Real Sociedad – Salzburgo, 2–2“ (ispancha). Cuatro (15-fevral 2018-yil). Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
- ↑ „Official announcement: Álvaro Odriozola“. Real Madrid CF (5-iyul 2018-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Agreement for the transfer to Real Madrid“. Real Sociedad (5-iyul 2018-yil). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ „Official: Real Madrid sign Alvaro Odriozola“. Sport (5-iyul 2018-yil). 6-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ Pettigrove, Jason. „Asensio the difference against a dogged Espanyol“. Marca (22-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Real Madrid go top as Sevilla keep up title charge“. Xinhua (22-aprel 2021-yil). Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
- ↑ „Bayern Munich sign Real Madrid defender Alvaro Odriozola on loan“ (en-gb). BBC Sport (22-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Bayern sign Álvaro Odriozola on loan“. fcbayern.com (22-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Official Announcement: Odriozola“. realmadrid.com (22-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Official Announcement: Álvaro Odriozola“. realmadrid.com (28-avgust 2021-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
- ↑ „Odriozola signs for Fiorentina“. acffiorentina.com (28-avgust 2021-yil). Qaraldi: 28-avgust 2021-yil.
- ↑ „Spain 3–0 Albania“. UEFA (6-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Morata misses out on Spain's 23-man World Cup squad“. Goal (21-may 2018-yil). Qaraldi: 21-may 2018-yil.
- ↑ „Spain held by Switzerland ahead of World Cup“. The Charlotte Observer (3-iyun 2018-yil). Qaraldi: 3-iyun 2018-yil.
- ↑ Álvaro Odriozola BDFutbol saytida
- ↑ Álvaro Odriozola Soccerway saytida
- ↑ „Álvaro Odriozola“. European Football. Qaraldi: 4-iyun 2018-yil.
- ↑ „Real Madrid win the Supercopa from the spot“. marca.com (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2020-yil.
- ↑ Rodríguez, José María. „El Madrid agranda su leyenda“ (ispancha). Marca (22-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Bayern Munich secure eighth successive Bundesliga title with win at Werder Bremen“. bundesliga.com (16-iyun 2020-yil). Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
- ↑ „Paris St-Germain 0–1 Bayern Munich: German side win Champions League final“ (inglizcha). BBC Sport (23-avgust 2020-yil). Qaraldi: 23-avgust 2020-yil.
- ↑ „Germany U21 1–0 Spain U21“. BBC Sport (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.