Ýedigen FC
Ýedigen futbol jamoasi (turkmancha: Ýedigen futbol topary) – Ashxobodda joylashgan Turkmaniston professional futbol klubi[1]. Klub 2003-yilda MTTU nomi bilan tashkil etilgan. Bu Xalqaro Turkman-Turk Universitetining futbol jamoasi edi. 2000-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab yetakchi turkman futbol klublaridan biri boʻlgan. Jamoaning uy stadioni 1000 kishini sigʻdira oladigan va universitet hududida joylashgan HTTU stadioni edi. 2004-yildan ilk bor Turkmaniston Oliy ligasida ishtirokini boshlagan. 4 marta mamlakat chempioni boʻlgan, 2 martadan Turkmaniston kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yil avgust oyida jamoa tarqatib yuborilgan.
Toʻliq nomi | Ýedigen Ashxobod futbol jamoasi | |||
---|---|---|---|---|
Laqabi | Talabalar | |||
Asos solingan | 2003 | |||
HTTU stadioni | ||||
Sigʻimi | 1,000 | |||
Egasi | Xalqaro Turkman-Turk universiteti | |||
Liga | Yokary Liga | |||
|
Tarix
tahrirKlub 2003-yilda Xalqaro Turkman-Turk universiteti tomonidan HTTU Ashxobod nomi bilan tuzilgan boʻlib (turkmancha: Halkara Türkmen-Türk Uniwersiteti futbol topary Aşgabat) FC HTTU nomi ostida xalqaro oʻyinlarda ishtirok etgan. Birinchi bosh murabbiy Oraz Geldiyev edi. 2005-yilda jamoa Turkmaniston Superkubogini qoʻlga kiritgan va final oʻyinida Marining Marv jamoasini (4:1) magʻlub etgan[2].
2012-yilda jamoa Yokari ligada 3-oʻrinni egallagan[3]. 2013-yilda HTTU Yokari liga, Turkmaniston Superkubogi va Eskishehir kubogini qoʻlga kiritgan[4][5]. Jamoa hujumchisi Sulaymon Muhadov mavsum davomida 23 ta gol urib, oltin butsa poygasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2014-yilgi mavsum jamoada bir qancha muhim yetakchi futbolchilar va murabbiy ketishi ortidan, klub sardori Rovshen Meredov bosh murabbiy etib tayinlangan[6]. Meredov qoʻl ostida HTTU Turkmaniston Superkubogi oʻyinida ishtirok etgan va „Ahal“ jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2013-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyati natijasida HTTU 2014-yilda Filippinda boʻlib oʻtgan AFC Prezidenti kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Xalqaro musoboqaning yakuniy final oʻyinida Shimoliy Koreyaning „Rimyongsu“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etgan[7][8] va turnir gʻolibi boʻlgan. Sulaymon Muhadov 11 ta gol bilan turnirning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[9].
2016-yildan klub nomi Ýedigen FC ga oʻzgartirgan[10][11]. 2016-yilning 1-avgustida klub Turkmaniston Yokari ligasini moliyaviy qiyinchiliklar sababli tark etgan va keyinchalik tarqatib yuborilgan. „Ýedigen“ chempionat oʻyinlarining yarmidan koʻpini oʻtkazgani uchun, Turkmaniston chempionatining qolgan turlarida Ýedigen raqiblariga har bir uchrashuvda gʻalaba, „Ýedigen“ jamoasiga esa texnik magʻlubiyat yozilgan. Natijada klub 22 ochko bilan turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan[12].
Mahalliy
tahrirMavsum | Liga | Turkmaniston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O | Ism | Liga | |||
2015 | Oliy dvizion | 6 | 36 | 12 | 10 | 14 | 50 | 54 | 46 | Chorak final | Begench Garayev | ||
2016 | Oliy dvizion | 9 | 36 | 6 | 4 | 26 | 22 | 31 | 22 | Begench Garayev |
Kontinental
tahrirMusoboqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | OʻG | T/N |
---|---|---|---|---|---|---|---|
AFC Kubogi | 10 | 2 | 2 | 6 | 19 | 26 | −7 |
AFC Prezidenti Kubogi | 9 | 6 | 2 | 1 | 20 | 7 | +13 |
Jami | 19 | 8 | 4 | 7 | 39 | 33 | +6 |
Mavsum | Musoboqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Umumiy natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2006 | AFC Kubogi | D guruhi | Al-Nejmeh | 2–2 | 2–6 | 3rd |
Al-Faisaly | 2–2 | 3–4 | ||||
2007 | AFC Kubogi | B guruhi | Al-Muharraq | 1–2 | 1–3 | 3rd |
Al-Wehdat | 1–2 | 2–4 | ||||
Al-Hilal | 3–1 | 2–0 | ||||
2010 | AFC Prezidenti Kubogi | C guruhi | Druk Stars | 8–0 | ||
Yadanarbon | 0–0 | |||||
Yarim final | Dordoy Bishkek | 0–1 | ||||
2014 | AFC Prezidenti Kubogi | B guruhi | Tatung | 2–0 | ||
Rimyongsu | 1–1 | |||||
United City | 2–1 | |||||
Yakuniy bosqich A guruhi | Manang Marshyangdi | 3–1 | ||||
Sri Lanka Air Force | 2–1 | |||||
Final | Rimyongsu | 2–1 |
MDH kubogi
tahrirMavsum | Musoboqa | Bosqich | Klub | Hisob | Oʻrin |
---|---|---|---|---|---|
2006 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | C guruhi | Dordoy-Dinamo Norin | 2–0 | 3 |
Sheriff Tiraspol | 1–0 | ||||
Shaxtyor Donetsk | 1–5 | ||||
2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | D guruhi | OFK Beograd | 0–2 | 4 |
Sioni Bolnisi | 1–2 | ||||
FBK Kaunas | 0–4 | ||||
2007 | Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstlik kubogi | C guruhi | Levadia Tallinn | 3–1 | 2 |
Russia XI | 2–4 | ||||
Dinamo Kiyev | 2–4 | ||||
Chorak final | Bunyodkor | 1–1 (p) | |||
Yarim final | Rubin Kazan | 0–4 |
Yutuqlar
tahrir- Turkmaniston ligasi (4)
- Gʻoliblar: 2005, 2006, 2009, 2013-yillar
- Ikkinchi oʻrin: 2007, 2008, 2011
- Turkmaniston kubogi (2)
- Gʻoliblar: 2006, 2011
- Gʻoliblar: 2008, 2012
- Turkmaniston Superkubogi (3)
- Gʻoliblar: 2005, 2009, 2012
- Ikkinchi oʻrin: 2006, 2011
- Turkmaniston Prezidenti kubogi (3)
- Gʻolib: 2007, 2008, 2009
- Ikkinchi oʻrin: 2006-yil
- AFC Prezidenti kubogi (1)
- Gʻolib: 2014-yil
Managers
tahrir- Oraz Geldiýew (2003–2006)
- Ýazguly Hojageldyýew (2006–2013)
- Röwşen Meredow (2014)
- Begench Garayev (2014–2016)
Manbalar
tahrir- ↑ Doble, Henry G. „Turkmenistan arrives in Bacolod“. Sunstar (2014-yil 3-may). 2023-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „Первый Суперкубок Туркмении достался МТТУ. ФУТБОЛ - "Пас из-за границы". СПОРТ-ЭКСПРЕСС“. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.
- ↑ „Золотой век“. turkmenistan.gov.tm. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „Золотой век“. www.turkmenistan.gov.tm. 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „Eskişehirspor, Httu Fk'ya Penaltılarda Yenildi“. haberler.com. 2013-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „Золотой век“. turkmenistan.gov.tm. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „AFC President's Cup: Cere La Salle 1–2 FC HTTU“. the-afc.com. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „AFC President’s Cup: Cere La Salle 1-2 FC HTTU“. 2014-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
- ↑ „Triple treat for FC HTTU hotshot Muhadov“. the-afc.com. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ FIFA.com „Live Scores: live football results, scorers & standings across the world - Official FIFA App: Football in Focus“. www.fifa.com. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.
- ↑ „Turkmenistan - Ýedigen FK - Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news - Soccerway“. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
- ↑ „Summary - Ýokary Liga - Turkmenistan - Results, fixtures, tables and news - Soccerway“. 2016-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-noyabr.
Havolalar
tahrir- Yedigen Ashgabat at FIFA.com