(181708) 1993 FW
(181708) 1993 FW — Neptun orti obyektlaridan biri bo'lib, Pluton va Xarondan keyin kashf etilgan ikkinchi trans-Neptun obyekti hisoblanadi. Birinchisi 15760 Albion edi (ilgari (15760) 1992 QB 1 nomi bilan tanilgan).
Kashf etilishi | |
---|---|
Kashf etilgan |
David C. Jewitt, Jane X. Luu |
Kashf etilgan sanasi | 28-mart, 1993-yil |
Kichik sayyora turkumi |
Neptun orti obyektlari (Koyper belbog'i) |
Mehvar tasnifi | |
Davr 13-yanvar 2016-yil | |
Kuzatish yoyi | 5456 kun (14.94 yil) |
Ekssentrisiteti | 0.052899 |
Orbital davri | 291.54 yil |
Oʻrtacha orbital tezligi | 4.489 km/s |
Oʻrtacha anomaliya | 351.305° |
Chekinish | 7.7336° |
Orbital tugun uzunligi | 187.837° |
Perigeliy argumenti | 40.180° |
Fizik tasnifi | |
Oʻlchamlari | 175 km |
Mutlaq yulduz kattaligi (H) | 7.0 |
Ushbu obyekt Koyper belbog'ining Klassik Koyper belbog'i deb ataluvchi qismida joylashgan[1].
(181708) 1993 FW kosmik obyekti 1993-yilda Devid C. Jewitt va Jeyn X. Luu tomonidan Gavayi orollaridagi Mauna Kea rasadxonasida kashf etilgan. Kashf qilinganidan soʻng, ushbu obyektga kashfiyotchilar tomonidan Jon le Karre obrazi sharafiga “Karla” nomi berildi[2] va yangi sayyora sifatida e'lon qilindi. Mayk Braun o'z veb saytida ushbu obyektni mitti sayyora sifatida ko'rsatadi[3].
(181708) 1993 FW trans-Neptun obyekti Albiondan yarim yil keyin kashf etilgan[4].
Quyoshdan taxminan 30-50 a.b. masofa oralig'idagi Koyper belbog'ida 1992 QB1 (2018-yilda nomlangan, 15760 Albion) topilgandan so'ng, yigirma yil ichida (1992-2012) mingdan ortiq jismlar topilgan bo'lib, ushbu davr bu kabi jismlarning Koyper belbog'ida keng yoyilganini ko'rsatdi[5]. Pluton va Albiondan tashqari 2018-yilga kelib, 2000 dan ortiq Koyper belbog'i obyektlari topildi[6].
1990-yillarning o'rtalarida yangi mintaqa "jonlangan" va boshqa Yulduz tizimlaridagi boshqa ikkinchi asteroid yoki kometa belbog'lari haqidagi turli xil bashoratlarda retrospektivni keltirib chiqargan vaqt edi. Bu davrda ko'plab Neptun orti obyektlari kashf etildi.
Koyper belbog'idan 1993-yilda yana uchta (15788) 1993 SB, (15789) 1993 SC va (385185) 1993 RO deb nom olgan obyektlar topildi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Marc W., Buie „Orbit Fit and Astrometric record for 181708“. SwRI (Space Science Department).
- ↑ „Space body given name of Le Carre character: Astronomers discover planetesimal Karla“. The Independent. April 20, 1993.
- ↑ „How many dwarf planets are there in the outer solar system?“. Mike Brown.
- ↑ Eicher, David J., (2013-09-23) „COMETS!: Visitors from Deep Space“. Cambridge University Press.
- ↑ „The Kuiper Belt at 20“. Astrobiology Magazine. 2012-09-01.
- ↑ Dyches, Preston „10 Things to Know About the Kuiper Belt“. NASA Solar System Exploration.
Havolalar
tahrir- (181708) 1993 FW
- (181708) 1993 FW[sayt ishlamaydi] alchetron.com
- Dawn of Small Worlds: Dwarf Planets, Asteroids, Comets
- What is the Kuiper belt?[sayt ishlamaydi]