2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi
2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali – 2007-yil 23-may kuni Gretsiyaning Afina shahridagi Olimpiya stadionida 2006—2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibini aniqlash uchun boʻlib oʻtgan futbol oʻyini. Xuddi shu jamoalar bundan 2 yil oldin finalda oʻynagan edi.
O'yin uchun ishlangan poster | |||||||
Turnir | UEFA Chempionlar ligasi | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Sana | 23-May 2007-yil | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Olimpiya stadioni, Afina | ||||||
Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi |
Filippo Inzaghi (Milan)[1] | ||||||
Hakam | Herbert Fandel (Germaniya)[2] | ||||||
Tomoshabinlar soni | 63,000[1] | ||||||
Ob-havo |
Bulutli 24 °C (75 °F) 46% namlik[3] |
Jamoalar finalga chiqishdan oldin beshta bosqichdan oʻtdi. Ikkala jamoa ham oʻz yoʻlini uchinchi saralash bosqichidan boshladi. Pley-off bosqichiga chiqishdan oldin oʻz guruhlarida birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritadi. 1/8 finalda Milan Shotlandiyaning Celtic klubini ikkinchi oʻyinning overtaymida hal qiluvchi gol urib, magʻlub etadi. Liverpul esa xuddi shu bosqichda chempionlikni himoya qilayotgan Ispaniyaning Barcelona jamoasini safarda kiritilgan gol qoidasiga koʻra magʻlub etadi. Chorak finalda Milan Germaniyaning Bavariya klubini, Liverpul esa Gollandiyaning PSV Eindhoven klubini magʻlub etadi. Yarim finalda ikkala jamoa ham Angliya jamoalari bilan toʻqnash keldi, Milan Manchester Unitedga qarshi, Liverpul esa Londonning Chelsisiga qarshi oʻynadi. Ikki oʻyin natijalariga koʻra, Milan Unitedni 5:3 hisobida magʻlub etdi, Liverpul esa Chelsiga qarshi asosiy vaqtda 1:1 hisobida oʻynab, penaltilar seriyasida 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyin oldidan chiptalar bilan bogʻliq muammolar paydo boʻldi, chunki ushbu oʻyinga tashrif buyurmoqchi boʻlgan muxlislar soni stadiondagi mavjud oʻrinlar sonidan oshib ketdi. Uchrashuvdan soʻng UEFA Liverpul muxlislarini „Yevropaning eng yomon muxlislari“ sifatida qayd etdi. Oʻyinni 74 ming tomoshabin stadiondan turib kuzatib borishdi. „Milan“ hisobni 45-daqiqada ochdi, Andrea Pirlo jarima toʻpidan uzatma berdi, Filippo Indzagi esa uni golga aylantirdi. Ikkinchi taymda „Milan“ 82-daqiqada Indzagining ikkinchi goli tufayli ustunligini ikki baravarga oshirdi. Liverpul 89-daqiqada Dirk Keyitning aniq zarbasi tufayli hisobni qisqartirdi, biroq bu oʻyinni qoʻshimcha vaqtga olib chiqish uchun yetarli boʻlmadi. Milan uchrashuvni 2:1 hisobida gʻalaba bilan yakunladi va oʻz tarixidagi yettinchi Yevropa chempionlar kubogini qoʻlga kiritdi.
Finalga yoʻl
tahrirMilan
tahrirMilan milliy chempionatda 3-oʻrinni egallab, Chempionlar ligasiga yoʻl oladi[4]. Chempionat natijalariga koʻra, Milan ikkinchi oʻrinni egallaydi, ammo korrupsiya mojarosi tufayli jamoadan 30 ochko olib tashlandi va klub bir pogʻona pastga tushadi[4][5]. Dastlabki qarorga koʻra (bu bahsli edi), „Milan“ Chempionlar ligasidan ham chiqarilgan edi[5]. Jamoaning dastlabki ikkinchi oʻrni toʻgʻridan-toʻgʻri guruh bosqichidan boshlanish huquqini berar edi, Milan jamoasi tushib qolgan uchinchi oʻrin esa faqatgina uchinchi saralash bosqichiga yoʻllanma berdi.
Saralash bosqichda italiyaliklarning raqibi Serbiyaning Srvena zvezda jamoasi boʻldi. Uyda 1:0 va mehmonda 2:1 hisobidagi gʻalabalar Milanga guruh bosqichiga chiqishga imkon berdi. Qur’a natijalariga koʻra, jamoa Gretsiyaning AEK, Belgiyaning Anderlecht va Fransiyaning Lille jamoalari bilan H guruhidan joy oldi. „Milan“ 3 ta oʻyinda gʻalaba, 1 ta durang va 2 ta magʻlubiyat qayd etadi. 10 ochko bilan guruhda yetakchi boʻlib pley-offga chiqadi[6].
Nimchorak finalda Milan Shtolandiyaning Celtic jamoasiga qarshi toʻqnash keldi. Celtic Park stadionida boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda jonsiz durrang qayd etiladi. San Sirodagi javob uchrashuvda shotlandlarning yaxshi himoyalanishi natijasida asosiy hisob yana 0-0 bilan tugaydi. Biroq, qoʻshimcha vaqt boshlanganidan uch daqiqa oʻtgach, Kaka toʻpni polshalik darvozabon Artur Borusning darvozasini ishgʻol etdi va shu tariqa Milanni hisobda oldinga olib chiqdi. Celtik hisobni tenglashtira olmadi va italiyaliklar chorak finalga yoʻl oldilar[7]. Chorak finalda Milan Germaniyaning Bavariya jamoasi bilan toʻqnash keldi. Jamoalar San-Siroda oʻynagan birinchi oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi[8]. Ikkinchi oʻyin Allianz Arenada mehmonda boʻlib oʻtdi, biroq bu Milanning uchrashuvda 2:0 hisobida, ikki match yakuniga koʻra esa 4:2 hisobida gʻalaba qozonishiga va yarim finalga chiqishiga toʻsqinlik qilmadi.
Yarim final qur’asi Italiya klubini Angliyaning Manchester United klubiga qarshi oʻtkazdi. Birinchi oʻyin mezbonlarning „Old Trafford“ stadionida boʻlib oʻtdi. Kaka ikki marta gol urganiga qaramay, Krishtianu Ronaldu javob gol kiritishga muvaffaq boʻladi. Biroq Ueyn Runining ikkinchi boʻlimda kiritgan ikkita toʻpi inglizlarga 3:2 hisobida gʻalaba keltirdi[9]. San Siroda boʻlib oʻtgan ikkinchi oʻyinda „Milan“ 3:0 hisobida gʻalaba qozondi va finalga chiqdi[10].
Liverpul
tahrirLiverpul milliy chempionatda uchinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasiga yoʻl oladi. Angliyaning UEFA reytingidagi pozitsiyasiga koʻra, liganing uchinchi jamoasi uchinchi saralash bosqichiga yoʻl oldi. Ushbu bosqichda Liverpul Isroilning Makkabi klubiga qarshi oʻynadi. „Liverpul“ning uy stadioni Anfieldda oʻtkazilgan birinchi oʻyinda ingliz klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi, mehmonda 1:1 hisobida durang oʻynadi va bu „Liverpul“a guruh bosqichiga chiqishga imkon berdi. Guruh bosqichida Liverpul Fransiyaning Bordo, Gollandiyaning PSV va Turkiyaning Galatasaroy klublari bilan birgalikda „C“ guruhidan joy oldi. 4 ta gʻalaba, durang va magʻlubiyatdan iborat oltita oʻyindan soʻng „Liverpul“ 13 ochko bilan pley-off bosqichiga chiqdi.
Nimchorak final bosqichida Liverpul chempionlik unvonini himoya qilayotgan Ispaniyaning FC Barselona jamoasi bilan qur’a tashlash natijasida toʻqnashdi. Barcelonadagi birinchi oʻyin oldidan mashgʻulotlarda Kreyg Bellami va Ion Arne Riise oʻrtasida jamoa ichidagi ziddiyat yuzaga keldi[11]. Biroq, aynan shu ikki futbolchining gollari tufayli „Liverpul“ ispaniyaliklar ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi[12]. Anfild da boʻlib oʻtgan ikkinchi oʻyin Barcelonaning minimal 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi, ammo Liverpul safarda kiritilgan gol qoidasi tufayli chorak finalga chiqadi. Chorak finalda Liverpulning raqibi Gollandiyaning PSV klubi boʻldi, ushbu klub bilan ingliz klubi guruh bosqichida oʻynagan edi. Filips stadionida safarda boʻlib oʻtgan birinchi uchrashuvda Liverpul 3:0 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. Anfildda oʻtkazilgan ikkinchi oʻyin qizgʻin kurash ostida kechdi, biroq Liverpul yana gʻolib keldi, bu safar 1:0 hisobida. Ikki oʻyin yakuniga koʻra 4:0 hisobida ustunlikka erishgan Angliya jamoasi yarim finalga yoʻl oldi[13].
Liverpulliklarning navbatdagi raqibi Chelsi klubi boʻldi. Birinchi oʻyin Londonda, Stamford Bridge stadionida boʻlib oʻtdi va oʻz tribunalarining qoʻllab-quvvatlashi Chelsi futbolchisi Jo Koulga oʻyinda hisobni ochishga yordam berdi. Ikkinchi oʻyin ham Chelsi ustunligida boʻlib oʻtdi, biroq Liverpul Daniel Aggerning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Ikki oʻyin soʻngida hisob 1:1 edi, begona maydonda kiritilgan gol qoidasi ishlamadi, chunki mehmonda hech kim gol ura olmadi, shuning uchun dastlab qoʻshimcha taymlar oʻynaldi, unda hech bir jamoa gol ura olmadi, keyin esa penaltilar seriyasi oʻtkazildi, natijada „Liverpul“ 4:1 hisobida gʻalaba qozondi va finalga chiqdi[14].
Milan | Bosqich | Liverpool | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Kvalifikatsiya raundi | Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
Red Star Belgrade | 3–1 | 1–0 (u) | 2–1 (m) | Uchinchi kvalifikatsiya raundi | Maccabi Haifa | 3–2 | 2–1 (u) | 1–1 (m) |
Raqib | Natija | Guruh bosqichi | Raqib | Natija | ||||
AEK Athens | 3–0 (u) | 1-tur | PSV | 0–0 (m) | ||||
Lille | 0–0 (m) | 2-tur | Galatasaray | 3–2 (u) | ||||
Anderlecht | 1–0 (m) | 3-tur | Bordeaux | 1–0 (m) | ||||
Anderlecht | 4–1 (u) | 4-tur | Bordeaux | 3–0 (u) | ||||
AEK Athens | 0–1 (m) | 5-tur | PSV | 2–0 (u) | ||||
Lille | 0–2 (m) | 6-tur | Galatasaray | 2–3 (m) | ||||
H guruhi gʻolibi | Final natijasi | C guruhi gʻolibi | ||||||
Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Pley-off | Raqib | Umumiy hisob | 1-oʻyin | 2-oʻyin |
Celtic | 1–0 | 0–0 (m) | 1–0]] (q.v) (u) | Birinchi pley-off bosqichi | Barcelona | 2–2 (m) | 2–1 (m) | 0–1 (u) |
Bayern Munich | 4–2 | 2–2 (u) | 2–0 (m) | Chorak final | PSV | 4–0 | 3–0 (m) | 1–0 (u) |
Manchester United | 5–3 | 2–3 (m) | 3–0 (u) | Yarim final | Chelsea | 1–1 (4–1 p) | 0–1 (m) | 1–0 (u) |
Oʻyin
tahrirOʻyindan oldi
tahrir2007-yilgi final „Milan“ uchun Yevropa chempionlar kubogi va uning oʻrnini egallagan Chempionlar ligasidagi 11-finali edi. Bunga qadar Italiya jamoasi oltita gʻalabani qoʻlga kiritgan (1963, 1969, 1989, 1990, 1994, 2003), oʻnta finaldan toʻrttasida esa magʻlub boʻlgan (1958, 1993, 1995, 2005)[15]. Liverpul uchun esa bu yettinchi final edi. Bungacha Angliya jamoasi besh marta (1977, 1978, 1981, 1984, 2005) gʻalaba qozongan va faqat bir marta, 1985-yilgi finalda Italiyaning Juventus jamoasiga yutqazgan. Aynan shu ikki jamoa 2005-yilgi finalda ham uchrashgan edi. Oʻshanda Liverpul birinchi boʻlimda Milan kiritgan 3 ta golga javob qaytarib, penaltilar seriyasida 3:2 hisobida gʻalaba qozongan edi[15]. Afinadagi Olimpiya stadioni 2005-yil aprel oyida Tallinda (Estoniya) boʻlib oʻtgan UEFA Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida 2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi final oʻyinini oʻtkazish joyi sifatida tanlangan. Ushbu uchrashuvda, shuningdek, 2006-yilgi Chempionlar ligasi finalini hamda 2006 va 2007-yillardagi UEFA kubogi yakuniy oʻyinlarini oʻtkazish joylari ham aniqlab olindi[16]. 2006-yilgi finalda Barcelona gʻalaba qozonganidan soʻng, kubok jamoa sardori Lyudovik Jyuliga toʻgʻridan-toʻgʻri stadionda topshirildi. Shundan soʻng, UEFA prezidenti Michel Platini 2007-yilgi kubokni Afina meri Nikitas Kaklamanisga topshirdi[17]. Bungacha Olimpiya stadioni 1994-yilda Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan. Oʻsha oʻyinda Milan Barcelonani 4:0 hisobida magʻlub etib, gʻalaba qozongan edi. Bundan tashqari, xuddi shu stadionda 1983-yilgi final boʻlib oʻtgan, unda Hamburg Juventus ni minimal hisobda 1:0 hisobida magʻlub etgan edi. 1987-yilgi Kubok egalari kubogi finali ham ushbu stadionda boʻlib oʻtgan, unda Gollandiyaning Ajax klubi Leypsigning Lokomotiv klubini 1:0 hisobida magʻlub etgan[18].
UEFA, FIFA va XOQ boshchiligidagi barcha eng muhim turnirlar uchun toʻpni ishlab chiqaruvchi Adidas 2007-yil 9-martdagi marosimda final toʻpni taqdim etdi. Toʻp „Adidas Finale Athens“ deb nomlangan. Koptokda oq fonda koʻk yulduzlar tasvirlangan edi, bu Gretsiya davlat bayrogʻining ramziy ranglaridan biri edi[19]. Finalda oʻsha mavsumdagi Chempionlar ligasining eng yaxshi uchta toʻpuraridan ikkitasi toʻqnash keldi. Milan futbolchisi Kaká 10 ta gol bilan toʻpurarlik poygasida yetakchilik qilgan boʻlsa, Liverpul futbolchisi Peter Crouch 6 ta gol bilan uchinchi oʻrinni egalladi[20].
Oʻyindan oldingi muammolar
tahrirSotuvga chiqarilgan 63,8 ming dona chiptadan atigi 9 mingtasi erkin muomalada boʻlgan. Finalda ishtirok etgan har bir jamoa muxlislari 17 ming oʻringa ega boʻlishdi, qolgan 20,8 ming chipta esa UEFA homiylari oʻrtasida taqsimlandi[21][22]. Bu oʻyin oldidan baʼzi muammolarni keltirib chiqardi. Uchrashuvga kirishni rejalashtirgan muxlislar navbatda turgan paytda, politsiya stadion allaqachon toʻlganligi va chiptalari bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, muxlislarning bir qismi tribunalarga kiritilmasligini aytdi[23]. UEFA maʼlumotlariga koʻra, 74 ming tomoshabin sigʻadigan stadionga 5 minggacha chiptasiz muxlis kirishga uringan. Agar muxlislarni kiritish davom ettirilganda, bu tiqilimchlikga olib kelishi mumkin boʻlgani sababli, politsiyachilar kirish darvozalarini yopishga majbur boʻlishgan[24]. Hatto yopiq darvozadan ham stadionga kirishga uringan „Liverpul“ muxlislarining xatti-harakatlari vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi. Grek politsiyasining maxsus otryadi olomonni tinchitish uchun koʻz yoshi oqizadigan gaz va elektr tayoqlardan foydalanishga majbur boʻldi. UEFA spikeri Vilyam Gayar muxlislarning xatti-harakatlarini jiddiy tanqid ostiga oldi.
Birinchi boʻlim
tahrirLiverpul markazdan toʻp surish uchun qur’ada gʻolib chiqib, oʻyinni boshlaydi. 4−2−3−1 sxemasida oʻynab, inglizlar oʻyinda birinchi hujumni amalga oshirdilar, ammo Jermeyn Pennant Stiven Jerardtomonidan uzatilgan uzatmani qabul qila olmaydi. 4−4−1−1 sxemasini tanlagan „Milan“ ikkita zarba bilan javob qaytardi, ammo Jeymi Karrager ikkala zarbaga ham blok qoʻyadi[25]. Ingliz jamoasining birinchi jiddiy imkoniyati 9-daqiqada yuzaga keldi. Milan himoyachisi Marek Yankulovskining xatosi Pennantga darvoza tomon chiqish imkonini berdi. U toʻpni Dirk Kyutga uzatdi, Kyut esa darhol qaytardi. Shundan soʻng, Pennant Didaning darvozasiga zarba berdi, ammo braziliyalik darvozabon bu zarbani qaytarishga muvaffaq boʻldi[25]. Bir necha daqiqadan soʻng Jerard boshi bilan toʻpni Pennantga uzatdi, ammo Pennant qaytargan toʻpga Stiven yetib bora olmadi[25]. Bir necha daqiqadan soʻng Milan darvozaga birinchi zarbasini berdi. Kaka toʻpni jarima maydonchasi tashqarisida qabul qilib, oʻng oyogʻi bilan zarba berdi, ammo Liverpul darvozaboni Xose Reyna zarbani qaytardi.
Liverpul 27-daqiqada yana bir gol urish imkoniyatiga ega boʻldi. Milan himoyasidagi qoʻpol xatolar Xabi Alonsoga uzatmani qoʻlga kiritishiga va zarba berishiga olib keldi, ammo u darvozad yonginasidan oʻtib ketdi. Biroz vaqt oʻtgach, Yankulovskining xatosi Jerardga toʻpni Keytga uzatishga imkon berdi, ammo Liverpul zarbasini Alessandro Nesta blok qoyadi. Milan yarim himoyachisi Jennaro Gattuzo sariq kartochka olgan birinchi futbolchi boʻld, italiyalik 40-daqiqada Alonsoga nisbatan qoidabuzarligi uchun oladi[26]. Pirloning jarima zarbasidan uzatgan uzatmasini Filippo Inzaghi yelkasi bilan darvozaga kiritib hisobni ochadi. Voqealarning bunday rivojlanishini kutmagan Liverpul darvozaboni Pepe Reyna toʻpning trayektoriyasiga qarama-qarshi tomonga sakraydi. Videotakrorda Inzaghi qoʻli bilan gol urgani koʻrinib turardi, ammo oʻyin hakami buni qoidabuzarlik deb hisoblamadi[27]. Birinchi boʻlim Milan foydasiga tugaydi.
Ikkinchi boʻlim
tahrirIkkinchi boʻlim Milan oʻyinchilari tomonidan maydon oʻrtasida toʻpni uzatish bilan boshlandi. Ikki daqiqa oʻtgach, Liverpul xavfli hujum uyushtirdi, ammo Nesta Jerardning oyogʻidan toʻpni olib qoʻyishga ulgurdi. Yankulovskiy Pennantga nisbatan qoʻpol oʻynaganligi uchun 54-daqiqada sariq kartochka bilan jazolanadi. Keyinchalik Pirlo Klarens Zeedorfdan toʻpni olib, Kakaga uzatdi. Garchi braziliyalik toʻp uzatilgan paytda himoyachilar bilan bir chiziqda turgan boʻlsa-da, u oʻyindan tashqari holatda qoldi deb topildi[25]. Shu zahoti Milan yana bir hujumni amalga oshirdi, ammo Liverpul himoyachisi Daniel Aggger hafvni bartaraf etdi[25].
Liverpul raqib darvozasiga bosimni oshirib, raqib jarima maydonchasiga tez-tez hujumlar uyushtirdi, Milan esa himoyalandi. Hisobni tenglashtirish uchun Liverpul bosh murabbiyi Rafael Benites Maskeranoni hujumchi Piter Krauchga almashtirdi. Inglizlar himoyasida almashtirilgan Maskerano yoʻqligi Kakaga Indzagining toʻp uzatishi uchun boʻsh joy olishiga imkon berdi, u Reyna bilan yakkama-yakka chiqdi va Liverpul darvozasiga gol urdi. Hisob shu tariqa 2-0 koʻrinishiga keldi. Oxirgi daqiqalardagi Kyotning goli Liverpulga yordam bera olmadi va Milan oʻz tarixida 7-marotaba kubokni qoʻlga kiritdi.
Oʻyin
tahrir23-may 2007-yil 21:45 |
Milan | 2–1 | Liverpool | Olimpiya stadioni, Afina Tomoshabinlar: 63,000[1] Hakam: Herbert Fandel (Germaniya) |
---|---|---|---|---|
Inzaghi 45', 82' | https://www.uefa.com/uefachampionsleague/season=2006/matches/round=2361/match=300099/index.html | Kuyt 89' |
Milan[3]
|
Liverpool[3]
|
|
|
Oʻyinning eng yaxshi o;yinchisi:
|
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „2. Finals“, UEFA Champions League Statistics Handbook 2022/23. Nyon: Union of European Football Associations, 4 June 2023 — 3-bet.
- ↑ „Fandel to keep order in Athens“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 22-may). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Tactical Line-ups – Final – Wednesday 23 May 2007“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 23-may). 2015-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-sentyabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Milan to play in Champions League“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2006-yil 2-avgust). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 Hughes, Rob. „Soccer: Europeans are facing tough calls: UEFA must rule on safety of teams and integrity of league“. International Herald Tribune (2006-yil 30-iyul). 2012-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-iyul.
- ↑ „2006/07 UEFA Champions League Matchweek Stats Pack – Matchweek 7“ (PDF). UEFA.com 13–24. Union of European Football Associations (2007-yil 15-fevral). 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-iyul.
- ↑ Moffat, Colin. „AC Milan 1–0 Celtic (agg 1–0)“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2007-yil 7-mart). 2017-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ McNulty, Phil. „AC Milan 2–2 Bayern Munich“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2007-yil 3-aprel). 2007-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ McNulty, Phil. „Man Utd 3–2 Milan“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2007-yil 24-aprel). 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ Cheese, Caroline. „AC Milan 3–0 Man Utd (Agg 5–3)“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2007-yil 2-may). 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ „Benitez accepts players' apology“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (2007-yil 21-fevral). 2007-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ Bevan, Chris. „Barcelona 1–2 Liverpool“. BBC Sport (2007-yil 21-fevral). 2009-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyun.
- ↑ Bevan, Chris. „Liverpool 1-0 PSV (agg 4-0)“ (en). BBC (2007-yil 11-aprel). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
- ↑ McCarra, Kevin. „Champions League semi-final: Liverpool 1 - 0 Chelsea (4 - 1 pens)“ (en). The Guardian (2007-yil 1-may). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-may.
- ↑ 15,0 15,1 „Athens all set for Europe's finest“. UEFA.com. Union of European Football Associations. 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-iyul.
- ↑ „Executive Committee decisions from Tallinn meeting“ (PDF). UEFA.com. Union of European Football Associations (2005-yil 19-aprel). 2005-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-iyun.
- ↑ „English flavour to final four“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 24-aprel). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-iyun.
- ↑ „2006/07 UEFA Champions League Matchweek Stats Pack – Matchweek 13“ (PDF). UEFA.com 2. Union of European Football Associations (2007-yil 21-may). 2012-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-iyul.
- ↑ „Match Ball“ (deadlink). UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 9-mart). 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-may.
- ↑ „UEFA Champions League - Top Scorers - 2006“. ESPN Soccernet. 2010-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-aprel.
- ↑ „The Stadium“. The FSF Champions League Final Guide to Athens. The Football Supporters' Federation (2007). 2007-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 26-iyul.
- ↑ „Deadline passes for ticket applications“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2007-yil 19-fevral). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Liverpool Fans Return After Defeat“. SportingLife (2007-yil 24-may). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-may.
- ↑ Bond, David. „Uefa blame English fans for ticket chaos“. telegraph.co.uk. London: Telegraph Media Group (2007-yil 24-may). 2007-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 4-sentyabr.
- ↑ 25,0 25,1 25,2 25,3 25,4 Adamson, Mike. „Milan 2–1 Liverpool“. The Guardian (2007-yil 23-may). Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
- ↑ „Minute-by-minute“. UEFA.com. Union of European Football Associations. 2015-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-iyul.
- ↑ Lacey, David. „Technocrat to blame for Athens anti-climax“. The Guardian. London: Guardian News and Media (2007-yil 26-may). 2007-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-may.
Havolalar
tahrir- Turnirning rasmiy sahifasi(ingl.)