2014-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi (yaponcha: サッカー日本女子代表 Sakkā Nippon Joshi Daihyō?) (yoki Nadeshiko Japan nomi bilan ham tanilgan (yaponcha: なでしこジャでしこジャャパこジャャパパジャパパこジャパパ,)) xalqaro maydonda Yaponiya sharafini himoya qiladi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Yaponiya futbol assotsiatsiyasining tomonidan boshqariladi[1]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasining eng muvaffaqiyatli ayollar terma jamoasi hisoblanadi. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingidagi eng yuqori koʻrsatkichi 2011-yil dekabrida erishilgan 3-oʻringa chiqqanidir (jahon boʻyicha)[2].

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasini magʻlub etdi va shu tariqa oʻzining birinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, bu natijasi bilan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan birinchi Osiyo ayollar futbol terma jamoasi boʻldi[3]. Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida va 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi va bu xalqaro chempionatlarda uchta umumiy medalga ega boʻlgan yagona Osiyo jamoasiga aylandi[4].

Quyida 2014-yilgi futbol boʻyicha Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha tafsilotlari qayd etilgan[5].

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2014-yilgi xalqaro turnirlardagi ishtiroki

tahrir

2014-yilgi Osiyo kubogi

tahrir

2011-yilda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2014-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etdi (hech qachon ushbu turnirda g‘olib bo‘lmagan edi). Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Osiyo qirolichasi laqabi bilan tanilgan Avstraliya, mezbon Vyetnam va bu turnirda ilk bor qatnashayotgan Iordaniya ayollar terma jamoalari bilan bir guruhga tushishdi.

Turnirning guruh bosqichidagi ilk oʻyinida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi amaldagi chempion Avstraliyaga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynashdi[6]. Shuningdek, guruh bosqichida Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi mezbon Vyetnam terma jamoasini 4:0 hisobida, Iordaniya terma jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etib, to‘plar farqi yuqori bo‘lgan holda guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

Yarim finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi sakkiz karra Osiyo kubogi chempioni Xitoy milliy terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Finalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya milliy terma jamoasi bilan yana bir bor toʻqnash keldi va Azusa Ivashimizuning goli evaziga 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Natijada, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi marta „Osiyo kubogi chempioni“ boʻldi. Shuningdek, Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻolib chiqqan birinchi Osiyo terma jamoasi boʻldi.  Turnirda birinchi oʻrinni egallaganligi sababli Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya va Tailand milliy ayollar terma jamoalari bilan birga keyingi yili Kanadada boʻlib oʻtadigan 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[7].

Musobaqa Bosqich Natija Raqib jamoa Oʻrin Izoh
  2014-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi Guruh bosqichi 2-2   Avstraliya
4-0   Vetnam
7-0   Iordaniya 1 / 4
Yarim final 2-1   Xitoy
Final 1-0   Avstraliya Fair Play mukofoti bilan taqdirlangan

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2014-yilda oʻtkazgan oʻyinlari

tahrir

Quyidagi jadvallarda dastlab oʻtkazilgan oʻyinnning aniq sanasi (yil, oy, kun ketma-ketligida berilgan), keyingi oʻrinlarda oʻzaro raqib jamoalar (bunda doim Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi koʻrsatilgan va oʻyinda qayd etilgan hisob va oxirida ushbu uchrashuv boʻlib oʻtgan manzil (davlat yoki shahar) nomi keltirilgan[8].

2014.03.12 Yaponiya 0–3 Germaniya Portugaliya
?  
?  
?  
2014.05.14 Yaponiya 2–2 Avstraliya Vetnam
  o.g.'
Ogimi  
?  
?  
2014.05.18 Yaponiya 7–0 Iordaniya Vetnam
Kira  
Nakajima  
Sakaguchi  
  o.g.'
2014.05.22 Yaponiya 2–1 Xitoy Vetnam
Sawa  
Iwashimizu  
?  
2014.10.28 Yaponiya 3–2 Kanada Kanada
Nagasato  
Ogimi  
Sameshima  
?  
?  

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2014-yil davomidagi statistikasi

tahrir

Quyidagi jadvalda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushgan futbolchilarning yil davomidagi barcha statistikasi berilgan[9].

Bunda dastlabki ustunda futbolchilarning ismi, keyingi ustunda esa futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasida 2014-yildan oldingi yillardagi umumiy statistikasi (ushbu ustunda dastlabki son futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida shu vaqtga qadar necha bor maydonga tushganini, qavs ichidagi son esa futbolchining terma jamoa safidagi gollar sonini bildiradi) keltirilgan.

Jadvalning oraliqdagi ustunlarida 2014-yil davomida terma jamoaning oʻtkazgan oʻyinlar sanasi keltirilgan. Bu ustunda berilgan raqamlar dastlab oy, keyin esa kun hisobini (masalan, 02.28 28-fevral) anglatadi.

Roʻyxatning oxiridan bitta oldingi ustunda futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida 2014-yil davomida jami necha bor maydonga tushganliklari (va qavs (-) ichida agar futbolchilar Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida gol urgan boʻlsa necha bor gol urganliklari) haqida maʼlumot berilgan. Jadvalning soʻnggi ustunida futbolchilarning Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida, umuman, hamma vaqtlardagi (2022-yil 30-sentabr holatiga koʻra) maydonga tushganliklari va nechta gol urganliklari (qavs ichida) haqida maʼlumot keltirilgan[9].

Shartli belgilar:

- belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻsha sanadagi oʻyinida maydonga tushmaganini bildiradi;

M belgisi futbolchining ustun tepasida turgan sanada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushganini anglatadi;

(_) (yaʼni qavs ichidagi biron son) belgisi futbolchining Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida nechta gol urganligini bildiradi (faqat gol urgan boʻlsa, gol urmagan boʻlsa ushbu belgi qoʻllanilmaydi)[10].

Futbolchilar 2014-yilgacha 03.05 03.07 03.10 03.12 05.08 05.14 05.16 05.18 05.22 05.25 09.13 09.15 09.18 09.22 09.26 09.29 10.01 10.25 10.28 2014-yil davomida JAMI
Homare Sawa 189(81) M - M M M - M M M(1) M - - - - - - - - - 8(1) 197(82)
Aya Miyama 127(30) M(1) M M(1) M M M M - M M M M M(1) M - M M(1) M M 17(4) 144(34)
Shinobu Mno 119(39) M M M M - - - - - - - - - - - - - M M 6(0) 125(39)
Kozue Ando 115(18) - M M M - - - - - - - - - - - - - M - 4(0) 119(18)
Yuki Mgimi 103(47) M M M(1) M - M(1) M(1) M - - - - - - - - - M(1) M(1) 9(5) 112(52)
Azusa Iwashimizu 95(8) M M M M M M M - M(1) M(1) - - M M M(1) - M - M 14(3) 109(11)
Yukari Kinga 88(5) M - M M - - - - - - - - - - - - - M - 4(0) 92(5)
Karina Maruyama 77(14) - - - - M - M - - - - - - - - - - - - 2(0) 79(14)
Miho Fukumoto 70(0) - M - - - - M - M M - - - - - - - - M 5(0) 75(0)
Mizuho Sakaguchi 68(18) M - M M M M - M(2) M M M(1) M M(3) M(1) M M(1) M M M 17(8) 85(26)
Rumi Utsugi 62(5) M M M M M M M M M M - - - - - - - M M 12(0) 74(5)
Saki Kumagai 58(0) M - M M - - - - - - - - - - - - - M M 5(0) 63(0)
Aya Sameshima 55(2) - - - - - - - - - - - - - - - - - M M(1) 2(1) 57(3)
Nahomi Kawasumi 50(12) M M M M M M M(2) - M M M M M(2) M(1) M M M M(1) - 17(6) 67(18)
Ayumi Kaihori 40(0) - - M - - - - M - - M M - - M - M - - 6(0) 46(0)
Megumi Takase 35(5) M M M M M(1) M M M M M M(2) M - - M(1) M M M M 17(4) 52(9)
Asuna Tanaka 28(3) - M - - - - - - - - - - - - - - - - M 2(0) 30(3)
Megumi Kamionobe 23(2) M M - - - - M - - - - - - - - - - - M 4(0) 27(2)
Mana Iwabuchi 20(2) M M(1) M M - - - - - - - - - - - - - - M 5(1) 25(3)
Saori Ariyoshi 13(0) M M M M M M M - M M M M M M - M M M M 17(0) 30(0)
Yuika Sugasawa 12(2) - - - - M(1) - M - M M M M M(3) - M(1) M(1) M M M 12(6) 24(8)
Emi Nakajima 9(1) - M - - M M - M(2) M M M(1) M M M M(1) M - - - 12(4) 21(5)
Kana Msafune 8(0) - - - - - - - - - - M(1) M M - M M(1) M - - 6(2) 14(2)
Nanase Kiryu 6(0) M M - - - M M(1) - M - M M M M M(2) - - - - 10(3) 16(3)
Asano Nagasato 6(0) - - - - - - - - - - - - - - - - - - M(1) 1(1) 7(1)
Erina Yamane 4(0) M - - M M M - - - - M - M M - M - M - 9(0) 13(0)
Yuri Kawamura 4(0) - - - - M M M - M M - - - - - - - M(1) M 7(1) 11(1)
Michi Goto 3(2) - - - - M M - M - M - - - - - - - - - 4(0) 7(2)
Kana Kitahara 1(0) - M - - - - - - - - M M M M - M - - - 6(0) 7(0)
Chinatsu Kira 0(0) - - - - M M - M(2) M M M M M(2) M(1) M M M - - 12(5) 12(5)
Rika Masuya 0(0) - - - - - - - - - - M M M M M(2) M M - - 7(2) 7(2)
Hikaru Naomoto 0(0) - - - - M - - M - - M - - M M M - - - 6(0) 6(0)
Rie Usui 0(0) - - - - - - - - - - M M M M M - M - - 6(0) 6(0)
Hisui Haza 0(0) - - - - - - - - - - M - - M M M - - - 4(0) 4(0)
Ruka Norimatsu 0(0) - - - - M - - M - - - - - - - - - - - 2(0) 2(0)
Yuria Mbara 0(0) - - - - - - - M - - - - - - - - - - - 1(0) 1(0)
Shiho Kohata 0(0) - - - - - - - M - - - - - - - - - - - 1(0) 1(0)
Ami Sugita 0(0) - - - - - - - M - - - - - - - - - - - 1(0) 1(0)

Yana qarang

tahrir

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari

2013-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

2015-yilda Yaponiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

tahrir
  1. „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  2. „Japan: FIFA/Coca-Cola World Ranking“. 2007-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  3. „Japan claim maiden title“. fifa.com (2011-yil 17-iyul). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „2015 FIFA Women's World Cup: Complete Tournament Results“. ABC News (2015-yil 6-iyul). Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.
  5. „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  6. „Nadeshiko Japan beats Australia to win Women's Asian Cup“. The Japan Times (2014-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  7. „Japan lift 2014 AFC Women's Asian Cup“. Goal.com (2014-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 28-oktyabr.
  8. „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  9. 9,0 9,1 „沿革・歴史|JFA|日本サッカー協会“. www.jfa.jp.
  10. „なでしこジャパン“ (ja). JFA|公益財団法人日本サッカー協会. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.

Havolalar

tahrir