37 Days — Britaniya dramatik mini-seriali. Ilk bor BBC Two telekanalida 2014-yil 6—8-mart kunlari namoyish etilgan. Mini-serial uch qismdan iborat boʻlib, unda Birinchi jahon urushi boshlanishidan avvalgi 37 kun ichida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligida sodir boʻlgan siyoyiy voqeliklar hamda ushbu 37 kun ichida yaʼni 1914-yil 28-iyunda Avstriya valiahd shaxzodasi Frans Ferdinandning oʻldirilishidan to 1914-yil 4-avgustda Buyuk Britaniyaning Germaniyaga urush eʼlon qilganigacha boʻlgan voqealarni qamrab oladi[1].

37 Days
Janri Drama
Rejissyor Justin Hardy
Ssenariynavis(lar) Mark Hayhurst
Bastakor(lar) Andrew Simon McAllister
Mamlakat Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Qismlar soni 3
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar)
  • Mark Hayhurst
  • Lucy Bassnett-McGuire
  • Susan Horth
Kinematografiya Douglas Hartington
Muharrir(lar) Adam Green
Qism davomiyligi 177 daqiqa
Studiya(lar) Hardy Pictures
Efirga uzatilishi
Telekanal
Translyatsiya davri 6-mart, 2014-yil(2014-03-06) — 8-mart, 2014-yil(2014-03-08)

Mazmuni

tahrir

1-qism

tahrir

Mini-serial Yevropa qitʼasida Birinchi jahon urushi boshlanishidan oldingi 5 hafta ichida sodir boʻlgan sahna ortidagi siyosiy intrigalar haqida hikoya qiladi. Serialning birinchi qismi „Yozning bir oyi“ (inglizcha: One Month in Summer) deb nomlanadi[2] va unda voqealar 1914-yilning 28-iyunida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari ser Edvard Grey avstriyalik ersgertsog Frans Ferdinandning Bolqonda oʻldirilgani haqidagi xabarni olganida boshlanadi. Bu xabar Sarayevo fojiasidan oʻz ambitsiyalarini amalga oshirishni kutayotgan Germaniyaning imperatori Kayzer Vilgelm II qarorgohiga bir zumda yetib boradi[3].

2-qism

tahrir

Serialning ikkinchi qismi „Iyul oyidagi bir hafta“ (inglizcha: One Week in July) deb nomlanadi. Ushbu qismda Yevropada urush boʻlish imkoniyati kuchaya boshlaydi. Vazirlar mahkamasining bosimi ostida Britaniya tashqi ishlar vaziri Avstriya, Germaniya, Rossiya va Fransiya oʻrtasidagi chigal intrigani yuzaga keltiradi. Nemis harbiy qoʻmondonligi esa Kayzerning qoʻlini bogʻlab qoʻyish uchun til biriktirdi[4].

3-qism

tahrir

Serialning uchunchi qismi „Bir uzoq oʻtgan hafta oxiri“ (inglizcha: One Long Weekend) deb nomlanadi. Ushbu qismda tinch va urushsiz hayotning soʻnggi soatlari tasvirlanadi. Qitʼaning qudratli davlatlari siyosiy jihatdan jar yoqasiga kelib qolganda, ser Edvard Grey Britaniyani mojarodan saqlab qolish yoki mojoroga qoʻshilish haqida bir qarorga kela olmaydi. Vazirlar mahkamasidagi umidsiz muzokaralar, isteʼfolar va iroda kurashi Germaniyaning Belgiyaga ultimatum qoʻyishi bilan yakun topadi. Britaniya qaysi yoʻldan borishi kerakligi haqida baxslar boʻlib oʻtadi[5].

Suratga olish

tahrir

Miniserial prodyusseri va ssenariy muallifi Mark Hayhurst bolaligidan Birinchi jahon urushiga qiziqardi va odamlar qanday qilib bu urushni boshlanishiga yoʻl qoʻyib berganini tushunish har doim juda qiyin boʻlganini taʼkidlaydi. U prodyuser Sue Horth bilan birgalikda 175 sahifalik „Urush kitobi“ni tuzib chiqishadi. Miniserialda dunyoni abadiy oʻzgartirgan ushbu urushdan oldingi voqealar bir necha haftalarda qanday qilib boshlangani haqida boradi. Mark Hayhurst serialni suratga olishdan avval asosiy qahramonlar nimani bilishini va nima deyishini tushunish maqsadida oʻsha vaqtdagi har bir telefon qoʻngʻirogʻi, shaxsiy xat va telegrammalarni oʻrganib chiqadi[6].

Jastin Xardi rejissyorligi ostida suratga olingan barcha epizodlar 2013-yil yozda Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida suratga olingan. Vazirlar mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligi sahnalari „Ballywalter Park“da suratga olingan. Suratga olish jarayonioda ob-havo ochiq va quyoshli boʻldi. Bu serial ijodkorlari uchun omadli keldi, chunki 1914-yilning yozi quyoshli boʻlgani bilan mashhur edi. Agar yomgʻir yogʻsa barcha rejalar buzilib ketardi[6].

Rollarda

tahrir
Rollarni ijro etgan aktyorlar[7]
Aktyor Personaj Izohlar
Ian McDiarmid (talaffuzi: Ien Makdiarmid) Edward Grey Britaniya Tashqi ishlar vaziri
Nicholas Farrell (talaffuzi: Nikolas Farrel) Eyre Crowe
Tim Pigott-Smith (talaffuzi: Tim Pigot-Smit) Herbert Henry Asquith
Sinéad Cusack (talaffuzi:  ) Margot Asquith
Bill Paterson (talaffuzi:  ) Lord Morley
Kenneth Cranham (talaffuzi:  ) John Burns
Ludger Pistor (talaffuzi:  ) Bethmann-Hollweg Germaniya kantsleri
Rainer Sellien (talaffuzi:  ) Kayzer Germaniya imperatori
Bernhard Schütz (talaffuzi:  ) Helmuth Moltke Germaniya generali
Mark Lewis Jones (talaffuzi:  ) David Lloyd George
Nicholas Asbury (talaffuzi:  ) Winston Churchill Britaniya Harbiy Dengiz Kuchlari vziri
Urs Remond (talaffuzi:  ) Prince Lichnowsky Germaniya elchisi
James McArdle (talaffuzi:  ) Alec
André Kaczmarczyk (talaffuzi:  ) Jens
Holger Kunkel (talaffuzi:  ) Falkenhayn
Stephan Szasz (talaffuzi:  ) Jagow Germaniya Tashqi ishlar vaziri
Kate Ambler (talaffuzi:  ) Muriel
François-Éric Gendron (talaffuzi:  ) Paul Cambon Fransiya elchisi
Niall Cusack (talaffuzi:  ) Benckendorff
George Lenz (talaffuzi:  ) Mensdorff
Chris Kelly (talaffuzi:  ) Gavrilo Princip serbiyatik qotil
Oliver Ford Davies (talaffuzi:  ) Cunliffe
Patrick Fitzsymons (talaffuzi:  ) King George V Britaniya qiroli
Ian Beattie (talaffuzi:  ) Nikolay II Rossiya poshshosi
Simon Coury (talaffuzi:  ) Franz Ferdinand Avstriya shxzodasi
Rainer Reiners (talaffuzi:  ) Von Below
Gordon Fulton (talaffuzi:  ) Vladimir Suhomlinov Rossiya harbiy vaziri
Mary Moulds (talaffuzi:  ) Sophie Chotek
Christopher Leveaux (talaffuzi:  ) Leytinant Feldmann

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „37 Days“ (inglizcha). bbc.co.uk. Qaraldi: 31-oktyabr.
  2. „One Month in Summer“ (inglizcha). bbc.co.uk. Qaraldi: 31-oktyabr.
  3. „37 дней (мини–сериал 2014)“ (ruscha). Qaraldi: 31-oktyabr.
  4. „One Week in July“ (inglizcha). Qaraldi: 31-oktyabr.
  5. „One Long Weekend“ (inglizcha). Qaraldi: 31-oktyabr.
  6. 6,0 6,1 „37 Days: Changing my perspective of WWI“ (inglizcha). bbc.co.uk. Qaraldi: 31-oktyabr.
  7. „Полный актерский состав и съемочная группа“ (inglizcha). Qaraldi: 31-oktyabr.

Havolalar

tahrir