Abbosiya
Abbosiya (arabcha: العباسية) – Misrning Qohira shahri Al-Vayli tumanidagi mahalla[1].
Abbosiya العباسية | |
---|---|
Mahalla | |
30°3′54.0288″N 31°16′18.156″E / 30.065008000°N 31.27171000°E | |
Mamlakat | Misr |
Muhofaza | Qohira |
Vaqt mintaqasi | UTC+2:00 |
|
Avliyo Mark qibtiy pravoslav cherkovi[2], Ayn Shams Universiteti va unga tegishli kasalxona[3] hamda Abbosiya metro bekati shu yerda joylashgan.
Tarixi
tahrirZamonaviy Abbosiya tumani Abbos Hilmi Posho sharafiga nomlangan va qibtiylarning p-Sovt em-p-Hoi (qibtiycha: ⲡⲥⲟⲃⲧ ⲙ̀ⲡϩⲟⲓ, maʼnosi: xandaq devori) deb nomlangan qishlogʻi oʻrnida qurilgan. Qibtiy qishloq keyinchalik Shats (qibtiycha: ϣⲁⲧⲥ) deb nomlangan, bu nom arabcha al-Xandaqning (arabcha: الخندق) kalka tarjimasi hisoblanadi[4][5][6].
1865-yil Abbosiyada Xediv Ismoil Posho tomonidan, asosan, meteorologik ishlar uchun moʻljallangan rasadxona tashkil etilgan va u yerda qariyb qirq yil davomida doimiy faoliyat yuritgan. Bino madaniylashtirilgan Nil deltasi va choʻl oʻrtasidagi chegarada joylashgan, lekin keyinchalik choʻl shaharlasha boshlagani tufatli, 1904-yilda meteorologik ishlarni Halvonga koʻchirishga qaror qilinadi[7]. Abbosiyadagi rasadxona 1952-yilgacha boʻsh yodgorlik edi[8][9].
Abbossiya va unga yaqin mintaqada geologik tadqiqotchilar Pluvial Abbosiya deb atagan vaqt davomida kuchli yogʻingarchilikni koʻrgan. Bu davrda qizil, yashil va binafsha rangli toshlar yoki shagʻallar Nilning vodiysi va Delta mintaqalari boʻylab tarqaladi. Shagʻal toʻshamalar, shu jumladan Abbosiyadagi mashhur shagʻal toʻshagi paydo boʻldi. 1926-yilda Paul Bovier-Lapierre tomonidan suratga olingan va tasvirlangan bu shagʻal toʻshama baʼzi hududlarda qalinligi 33 futga (10 metr) yetgan[10].
Misr shiddatli janglarga sahna boʻlgan Ikkinchi jahon urushida Birlashgan Qirollik Abbosiyada Qirollik zirhli korpus maktabini joylashtirdi[11]. 1941-yil sentyabrida Italiya harbiy-havo kuchlari samolyoti Abbosiyadagi Britaniya armiyasining omborini bombardimon qildi[12].
Abbosiyadagi Avliyo Mark sobori 2012-yilda Iskandariyaning qibtiy papasi Shenuda III dafn marosimi oʻtkazilgan joy boʻlib, butun dunyodan ikki milliondan ortiq motam tutuvchilar tashrif buyurgan[2]. Papasining jasadini koʻrish uchun bir kilometrdan ortiq uzunlikdagi navbat paydo boʻldi va odamlar yaqinlashishga intilgach, uch kishi ezilib halok boʻldi va 137 kishi yaralandi[13][14].
2011-yilgi Misr inqilobining 2012-yilgi davom etgan norozilik namoyishlari paytida Abbosiya namoyishchilar va qurolli toʻdalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarga sahna boʻladi. 2016-yil 11-dekabr kuni Avliyo Mark qibtiy pravoslav cherkovi yonidagi ibodatxonada Misrning qibtiy jamoasiga qarshi xudkushlik hujumi uyushtirildi. Portlashda halok boʻlgan 25 qibtning aksariyati ayollar va bolalar edi. Bu joyga armiya joylashtirildi va Misrda uch kunlik motam boshlandi[15][16].
Manbalar
tahrir- ↑ Central Agency for Public Mobilisation and Statistics (CAPMAS) „2017 Census for Population and Housing Conditions“. CEDEJ-CAPMAS (2017). Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 Tovrov, Daniel. „Egypt: Three Dead After Vigil For Coptic Christian Pope“. International Business Times (2012-yil 19-mart). 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Address“. ASU. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-noyabr.
- ↑ Gabra, Gawdat; Takla, Hany N.. Christianity and Monasticism in Northern Egypt: Beni Suef, Giza, Cairo, and the Nile Delta (en). Oxford University Press, 2017. ISBN 978-977-416-777-5.
- ↑ „Khandaq, Al- :: Claremont Coptic Encyclopedia“. ccdl.libraries.claremont.edu. Qaraldi: 2020-yil 14-iyun.
- ↑ Casanova, Paul. "Les noms coptes du Caire et localités voisines". BIFAO 1: 139–224.
- ↑ Keeling, B. F. E. (1907). "Helwan Magnetic Observatory, Egypt". Terrestrial Magnetism and Atmospheric Electricity 12 (4): 149. doi:10.1029/TE012i004p00149. https://ui.adsabs.harvard.edu/?#abs/1907JGR....12..149K.
- ↑ Keeling, Bertram Francis Eardley. The Climate of Abbassia, Near Cairo. National printing Department, 1907. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ „Helwan Observatory - UNESCO“. UNESCO. 2016-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ Said, Rushdi. The Geological Evolution of the River Nile. Springer Science & Business Media, December 6, 2002 — 59-bet. ISBN 9781461258414. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ West, Nigel. The A to Z of British Intelligence. Scarecrow Press, September 2, 2009 — 1-bet. ISBN 9780810870284. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
- ↑ Richard Overy, (Penguin, 2013) The Bombers And The Bombed: Allied Air War Over Europe, 1940-1945, p. 333
- ↑ AsiaNews. „Pope sends message for Shenouda III's death, huge crowds form to see his body“. AsiaNews. AsiaNews Italy (2012-yil 19-mart). 2012-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-oktyabr.
- ↑ AFP. „Thousands attend funeral of Coptic Pope Shenouda III“. The Telegraph (2012-yil 20-mart). 2016-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-oktyabr.
- ↑ Abdelhadi, Magdi. „Egyptians take Tahrir Square to the junta's doorstep“. guardian.co.uk. London: The Guardian (2012-yil 3-may). 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-dekabr.
- ↑ „List of attacks on Christians churches, institutions and individuals in Egypt“. Bishop Angaelos. 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.