Abdugʻani Abdullayev
Abdugʻani Abdullayev (1953.25.6, Fargʻona viloyati) – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q.Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi „Fargʻona“ choyxonasi, Xalqlar Doʻstligi saroyi, „Zarafshon“ restoranidagi oʻymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983-yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xoʻjayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq oʻymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Fargʻona, Isfara shahri), „Muborak“ restorani (Toshkent), Qarshi teatri va boshqa binolari uchun noziq islomiy oʻyma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasiaati yogʻoch oʻymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, oʻymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon boʻldi (1998), Shuningdek Bahouddin Naqshbandmaqbarasida (Buxoro viloyati), restavratsiyasiya, yogʻoch oʻymakorligi ishlarini bajarilgan, Qatagʻon qurbonlari muzeyi (Toshkent), Xotira xiyoboni, majmua qurilishida ishtirok etgan. Burxoniddin Margʻinoniy (Fargʻona viloyati)[2][3][4]. Toshkentdagi „Xotira maydoni“ (1999)dagi ayvonlarning oʻyma naqshli ustunlarini milliy meʼmorlik anʼanalari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973-yildan xalqaro koʻrgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi.[1] Abdug‘ani Abdullayev yo‘qolib borayotgan naqshlarning noyob turlarini tiklash bilan shug‘ullangan, yangi uslublarni amaliyotga joriy qilgan. 1999 yilda Abdug‘ani Abdullaevga O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi unvoni berilgan (1999). 2006 yil 25 avgustda “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan[5][6].
Abdullayev Abdugʻani | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyun 1953-yil |
Vafoti |
18-dekabr 2017-yil (64 yoshda) |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
![]() |
Abdug‘ani Abdullayev 2019-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi[2].
Manbalar tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
§