Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo

Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo Islomga qarshi faoliyat olib borgan shaxs

Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo (arabcha: عبد الكريم بن أبي العوجاء — Islomga qarshi faoliyat olib borgan shaxs.

Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 772-yil (hijriy 155-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Islomga qarshi faoliyat olib borgan shaxs

Hayoti

tahrir

Abbosiylar davrida Yamanda voliylik qilgan Maʼn ibn Zoidaning tog‘asi bo‘lgan. Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo avval Bas­rada yashagan. U yerda Hasan al-Bas­riyga shogird tushgani aytiladi. Basraning bir guruh mu’tazila kalomchilariga qo‘shilib, botil eʼtiqodi sababli Kufaga surgun qilingan. U yerda dunyoning abadiyligi, tanosuhning haq­ligi kabi Islom diniga zid bo‘lgan fikr­larni tarqatadi, Alloh taolo haqida ahli sunna eʼtiqodiga zid bir qancha hadis to‘qiydi. Uning moniylik tarafdori bo‘lgani, xalifalik borasida shialar fikrlarini maʼqullagani, ramazon va hayit namozini aniqlashda Jaʼfari Sodiqning oyga qarash o‘rniga hisoblash ­usulini qo‘llaganini aytib, o‘zi o‘ylab topgan hisob tarzini shialarga qabul qildirishga uringani rivoyat qilingan. Oqibatda Kufa voliysi Muhammad ibn Sulaymon uni qamoqqa oldiradi. Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo voliyga uch kunga qo‘yib yuborishi evaziga yuz ming dirham pora berishni taklif qiladi. Voliy g‘azablanib, uni qatl qilishga farmon beradi. Abdulkarim ibn Abu-l-Avjo o‘lishi muqarrarligini tushungach, Islom dinida halolni harom, haromni halol qiluvchi to‘rt mingta hadis to‘qiganini aytadi. Uning baʼzi tarafdorlari Xalifa Mansurga murojaat qilib, uni ozod qilishga ko‘ndirishadi. Biroq voliyning farmoni bajarib bo‘lingani bois uni qutqarib qolisholmaydi. Abdulkarim ibn Abu-l-Avjoning qatl qilinganidan g‘azablangan xalifa voliyni o‘z vazifasidan bo‘shatmoqchi bo‘ladi, ammo o‘ldirilgan kishining zindiq ekanini bilgach, fikridan qaytadi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. VIII, 47-48;
  • Ibn al-Asir. Al-Kāmil. — Leyden: 1851-76. IV, 7;
  • Az-Zahabiy. Mӣzān al-i’tidāl. — Qohira: 1963. II, 644.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.