Abdullayev Ulugʻbek Saydanovich
Ulugʻbek Saydanovich Abdullayev (1956-yil 8-avgust, Jalaquduq tumani) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor. Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori[2].
Abdullaev Ulugbek Saydanovich | |
---|---|
Tavalludi |
1956-yil 8-avgust Jalaquduq tumani |
Fuqaroligi | O‘zbekiston |
Kasbi | tarixchi |
Ish joylari | Andijon mashinasozlik instituti |
Ilmiy unvoni | Tarix fanlari doktori, professor |
Mashhur ishlari | Farg‘ona vodiysi qishloqlarida an’anaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar [1] |
Tarjimai holi
tahrirUlugʻbek Saydanovich Abdullayev 1956-yil 8-avgustda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Tarix fakultetini tugatgan.
Ilk mehnat faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi „Paxtakor“ jamoa xoʻjaligida kolxozchilikdan boshlagan.
1984-yilda Universitetni tamomlagach 1992-yilga qadar Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Etnografiya instituti stajyor-tadqiqotchisi, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti aspiranti, ilmiy xodimi vazifalari ishlagan. 1992-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti Siyosatshunoslik va falsafa kafedrasi assistenti, 1995-1998-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va falsafa kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1998-2007-yillarda ushbu kafedra dotsenti, 2007-2010-yillarda Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab, talabalarga bilim bergan. 2010-2013-yillarda Andijon mashinasozlik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boʻyicha prorektor, 2013-yildan 2018-yilga qadar esa "Oʻzbekiston tarixi " kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yildan ayni paytga qadar Gumanitar fanlar kafedrasi professori sifatida mehnat qilib kelmoqda. „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil“ koʻkrak nishoni sohibi.
Ilmiy faoliyati
tahrirUlugʻbek Abdullayev 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda Fargʻona vodiysi qishloq joylarida anʼanaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar". („Traditsionnie i sovremennie mejetnicheskie svyazi v selskoy mestnosti Ferganskoy dolini“) [3]mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. 2006-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Tarix institutida „Fargʻona vodiysidagi millatlararo jarayonlar (XIX-XX asr boshlari)“ („Mejetnicheskie protsessi v Ferganskoy doline nachalo XIX-XX veka“) mavzusida 07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4].
Ulugʻbek Abdullayev „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekistonning eng yangi tarixi“ fanlaridan maʼruza mashgʻulotlari olib boradi. Bir necha monografiya, oʻquv qoʻllanma va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar [5] muallifi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Farg‘ona vodiysi qishloqlarida an’anaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar Qaralgan sana=22.07.2024“ (cheloveknauka.com).
- ↑ „Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi sana=24.07.2024“ (andmiedu.uz).
- ↑ „Диссертация "Традиционные и современные межэтнические связи в сельской местности Ферганской долины" Qaralgan sana=22.07.2024“ (cheloveknauka.com).
- ↑ „Диссертация "Межетнические процессы в Ферганской долине начало ХIХ-ХХ века" Qaralgan sana=22.07.2024“ (otherreferats.allbest.ru).
- ↑ „llmiy maqolas: "Ethnic Composition Of The Population Of Uzbek Khanates" Qaralgan sana=22.07.2024“ (semanticscholar.org).