Abdullo noyi (15-asr) — sozanda, bastakor. Savtlari bilan mashhur. Hisor, Balx va Hirot shaharlarida ijod qilgan. Movarounnahr va Xurosonda mashhur boʻlgan. Balxda ukasi Hofiz Qonuniy bilan joʻrnavoz boʻlgan: Abdullo Noyi nayda mashq qilganda ukasi qoʻshiq aytar va oʻng qoʻli bilan qonun chertib, chap qoʻli bilan doira chalardi. Shina-vandalar bu aka-ukalarning mashqlaridan hayratda qolardilar. Balxdagi Hazrat Sulton Hizruya yaqinidagi maqbaraga dafn etilgan. Bu joy ziyoratgohga aylangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil