Abdulloh ibn Amr ibn Harom
Abdulloh ibn Amr ibn Harom (arabcha: عبد الله بن عمرو بن حرام — Abu Jobir Abdulloh ibn Amr ibn Harom al-Ansoriy as-Salamiy — ? - 3/624, Madina) — sahoba.
Abdulloh ibn Amr ibn Harom | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
624-yil (hijriy 3-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti
tahrirAnsoriylardan bo‘lgan Abdulloh ibn Amr ibn Harom ikkinchi Aqaba bay’atida Barro ibn Ma’rur bilan birga o‘z qabilasi Bani Salama nomidan vakil bo‘lgan. Badr jangida qatnashgan. Uhud jangida Sufyon ibn Abdushams tomonidan shahid etilgan. Mazkur jangdan oldin o‘g‘li Jobir ibn Abdullohni oldiga chaqirib, ushbu jangda birinchilardan bo‘lib shahid bo‘lishni orzu qilayotganini aytadi hamda unga ortida qolayotgan olti qiziga g‘amxo‘rlik qilishi va qarzlarini uzishini vasiyat qiladi. Uhud tog‘iga yetib bormaslaridan munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul Islom qo‘shinining uchdan birini tashkil etgan odamlarini olib, ortga qaytib ketayotganlarida Abdulloh ibn Amr ibn Harom ularni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qiladi. Ammo unga quloq solishmaydi. Abdulloh ibn Amr ibn Harom ularni duoyi bad qilib, musulmonlar oldiga qaytadi. Jang boshlangach, hech qancha vaqt o‘tmay shahid bo‘ladi. Manbalarda uning ushbu jangda ilk shahid bo‘lgani keltiriladi. Makkalik mushriklar uning burni, qulog‘i va boshqa aʼzolarini kesib oladilar. Kafanlik va qabrlar yetishmagani bois jasadi pochchasi Amr ibn Jamuh jasadi bilan birga bitta qabrga qo‘yilgan. Oradan qirq olti yil o‘tgach, sel yo‘liga yaqin bo‘lgan qabrlarni boshqa yerga ko‘chirish maqsadida mazkur qabr ochilganida, ikki sahobaning jasadi qabrga qo‘yilgandagi holatda turganiga guvoh bo‘lingani rivoyat qilinadi[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Hishom. As-Sӣra. — Qohira: 1955. III, 64, 98;
- M. Yaşar Kandemir. „Abdullah b. Amr b. Harâm“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 86;
- Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. — T.: „Movarounnahr“, 2017. 674, 676.
Manbalar
tahrir- ↑ Al-Muvatto „49-hadis“, . «Jihād» — 21-bet.