Abdulloh ibn Toriq
Abdulloh ibn Toriq (arabcha: عبد الله بن طارق — Abdulloh ibn Toriq ibn Amr ibn Molik al-Balaviy az-Zafariy,? — 3/625, Marr az-zahron) — sahoba.
Abdulloh ibn Toriq ibn Amr ibn Molik al-Balaviy az-Zafariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 625-yil (hijriy 3-yil) Marr az-zahron |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Biografiyasi
tahrirAbdulloh ibn Toriq az-Zafariy Badr va Uhud janglarida qatnashgan. Hijratning uchinchi yili Bani Lihyon qo‘shnilari Adal va Qora qabilalari bilan musulmonlarga zarar yetkazish rejasini tuzadilar. Ushbu rejaga muvofiq, Adal va Qora qabilalaridan yetti kishi Madinaga borib, qabila aʼzolarining musulmon bo‘lganini aytishadi hamda Payg‘ambardan ularga Islom dini va Qur’oni karimni o‘rgatadigan muallim tayinlashlarini so‘rashadi. Payg‘ambar Marsad ibn Abu Marsad boshchiligida olti-yetti kishilik hay’atni muallim sifatida ularga qo‘shib yuboradilar. Bu muallimlar jamoasi Makka bilan Toif orasida joylashgan Raji’ nomli quduq yoniga yetganlarida qo‘qqisdan hujumga uchraydilar. Jamoa aʼzolaridan Marsad, Xolid ibn Bukayr va Osim ibn Sobitlar shahid bo‘ladilar. Hubayb ibn Adiy, Abdulloh ibn Toriq va Zayd ibn ad-Dasinalar esa, asir olinadilar. Marr az-zahronga yetganda Abdulloh ibn Toriq bog‘langan arqonidan bo‘shalib qilichini oladi va Bani Lihyonga qarshi kurashga kiradi. Atrofga tarqalib olgan mushriklar uni toshbo‘ron qilib shahid qiladilar. Abdulloh ibn Toriqning qabri Marr az-zahronda joylashgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Voqidiy. Al-Mag‘āzӣ. — London: 1965-66. I, 158, 355, 357;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1968. II, 55-56; III, 454-455;
- Ibn Hishom. As-Sӣra. — Qohira: 1955. III, 169-171;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 313-314;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 284;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1970-72. IV, 136.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |