Osim ibn Sobit
Osim ibn Sobit (arabcha: عاصم بن ثابت) – sahoba, paygʻambar Muhammad Madinaga hijrat qilganidan keyin unga yordam bergan ansorlardan.
Osim ibn Sobit | |
---|---|
arabcha: عاصم بن ثابت | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Sahoba |
Umarning xotinlaridan biri Ummu Kulsum binti Osimning otasining ismi Osim ibn Sobit edi. Biroq uning aynan yuqorida tilga olingan Osim ibn Sobit bilan bir shaxs ekanligi aniq emas.
Badr jangi
tahrirOsim ibn Sobit Badr jangida ishtirok etgan[1]. Badr jangida Muhammadning tarafdorlari boʻlganlar xalifa Abu Bakr Siddiq, Umar, Ali, Hamza ibn Abdul Muttolib, Mus'ab ibn Umayr, Zubayr ibn Avvom va Ammor ibn Yasirlar edi. Musulmonlarning jangga borish uchun faqatgina yetmishta tuya va ikkita otlari bor edi, ular Badrga yo piyoda yurib borishlari yoki har bir tuyaga uch-toʻrt kishi minib olishlari kerak edi[2]. Koʻplab ilk musulmon manbalarida bu jangning u qadar jiddiy boʻlishi kutilmagan deya xabar beriladi[3], shu sababli boʻlajak xalifa Usmon ibn Affon kasal rafiqasi, Muhammadning qizi Ruqayya binti Muhammadga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu yerda qoladi[4], shuningdek, sahoba Salmon al-Forsiy ham jangga qoʻshila olmaydi[5].
Uhud jangi
tahrirBadr jangida magʻlubiyatga uchragan qurayshliklar Uhud jangiga qattiq qurollanib chiqishadi. Ularning qalbida Badr jangidagi magʻlubiyatdan soʻng katta qaygʻu va alam bor edi. Ular jangda ishtirok etish uchun faqatgina erkaklar bilan cheklanib qolmasdan, ayollarni ham oʻzlari bilan olib chiqishadi. Uhudda ishtirok etgan ayollar orasida Amr ibn al-Os’ning xotini Rayta bint Munabbax, Abu Sufyonning xotini Utba bint Xind, Sulafa bint Saad oʻzining uch oʻgʻillari Musafiʼ, Jalus, Kiloblar va eri Talxa va yana koʻplab boshqa ayollar bor edi. Ular jangda erkaklarning ruhini koʻtarib turishlari va ularni qoʻllab-quvvatlab turishlari kerak edi. Urush tugab, mushriklar musulmonlar ustidan gʻalaba qozonishgach, Quraysh ayollari jang maydoniga kirib, musulmonlarning jasadlariga yopishishdi, ularning qornini yorib, koʻzlarini oʻyib, quloq-burunlarini kesib olishdi. Sulafa bint Saad jang maydonidan eri va oʻgʻillarini izlay boshladi. Eri va ikki oʻglining qonga belangan jasadini topgach, quturgan holda uchinchi oʻgʻli Julusni qidira ketadi va uni jontalash holda Uhud tepaligidan topadi. Joni uzilay deb turgan oʻgʻlidan kim uni bu ahvolga solganini soʻraganida, Julus: „Meni va akalarimni Osim ibn Sobit shu axvolga soldi“, deydi-yu, jon beradi. Shundan keyin gʻazab otiga mingan holda qasam ichadi va kim Osim ibn Sobitning oʻligini yoki tirigini olib kelsa, unga istaganicha dinor berishini vaʼda qildi.
Vafoti
tahrirUhud jangidan soʻng, Muhammad 6 nafar musulmonlarni ularga boshliq qilib Osim ibn Sobitni muhim ish bilan Makkaga yuboradi. Ular Makkaga yaqinlashganlarida Xuzayil qabilasining jangchilari musulmonlarni tanib qoladi va ularga qarshi chiqishadi. Agar taslim boʻlsalar, ularga zarar yetkazmasliklarini atishadi. Osim ibn Zobit mushriklardan najot tilamasligini aytib, jangga kiradi va shahid boʻladi. Avvaliga mushriklar Osim ibn Sobitni tanishmaydi, biroq uning jasadiga yaxshilab qaragach, tanib qolishadi va Sulafa bint Saad vaʼda qilgan katta boylik ilinjida unga yopirilishadi. Mushriklar uning kallasini olish uchun yaqinlashganlarida arilar toʻdasi bulutday kelib, Osim ibn Sobitning jasadini oʻrab oladi. Mushriklar tunda arilar tarqagandan soʻng jasadni olib ketishga kelishib, uzoqroq joyda qorongʻi tushishini kutib turishadi.
Kech tushishi bilan hamma yoqni qora bulut qoplab, qattiq momaqaldiroq chaqib, kuchli jala quya boshlaydi. Suv hamma yoqni yuvib ketadi va musulmon Osim ibn Sobitning jasadini mushriklarga qolishiga yoʻl qoʻymay, nomaʼlum tomonga oqizib ketadi[6].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Waqidi, al-Maghazi, ed. Marsden Jones (Oxford U.P, 1955), I: pp. 147-148 ff.
- ↑ Lings, pp. 138–139
- ↑ „Sahih al-Bukhari: Volume 5, Book 59, Number 287“. Usc.edu. 2010-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Sahih al-Bukhari: Volume 4, Book 53, Number 359“. Usc.edu. 2010-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Witness-pioneer.org“. Witness-pioneer.org (2002-yil 16-sentyabr). 2010-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-mart.
- ↑ „Osim ibn Sobit“. 2024-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral, 2024-yil.