Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiy
Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiy (arabcha: عبد الله بن يزيد الخطمي — Abu Muso Abdulloh ibn Yazid ibn Hasin al-Ansoriy al-Xatmiy,? — 69/688-89, Kufa) — sahoba.
Abu Muso Abdulloh ibn Yazid ibn Hasin al-Ansoriy al-Xatmiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 688-89-yil (hijriy 69-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | sahoba |
Oilasi
tahrirO‘spirinligida Bay’at ar-rizvonda ishtirok etgan. Otasi ham sahobalardan bo‘lgan Abdulloh ibn Yazid Bay’at ar-rizvon, Uhud va undan keyingi barcha janglarda qatnashgan. Makka fathidan oldin vafot etgan. Onasi Laylo bint Marvon ibn Qays.
Faoliyati
tahrirAbdulloh ibn Yazid al-Xatmiy Jamal, Siffiyn va [[Nahravon jangi|Nahravon janlarida Ali tarafdorlaridan bo‘lgan. Abdulloh ibn Zubayr uni bir muddat Makka amiri etib, keyinchalik Kufaga voliy qilib tayinlagan. Voliyligi davrida mashhur muhaddis ash-Sha’biy unga kotiblik qilgan.
Hadislari
tahrirAbdulloh ibn Yazid al-Xatmiy Bay’at ar-rizvonda qatnashganida o‘n yetti yoshda bo‘lgan. Payg‘ambarimizni ko‘rgani aniq, ammo Payg‘ambarning suhbatlarida bo‘lgani xususida ixtiloflar bor. Shunday bo‘lsa-da, Payg‘ambardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hadis rivoyat qilgan. U shuningdek, [[Barro ibn Ozib], Abu Ayyub, Huzayfa, Qays ibn Sa’d, Zayd ibn Sobit kabi sahobalardan ham hadis rivoyat qilgan. Rivoyatlari „Kutubi sittada“ keltirilgan.
Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiydan ash-Shaʼbiy, Abu Ishoq, Ibn Siriyn, o‘g‘li Muso va qizi tomonidan nabirasi Adiy ibn Sobitlar hadis rivoyat qilganlar. Hijratning o‘n uchinchi yilida yuz bergan Jisr jangida, Eron qo‘shinidagi fillardan biri musulmonlar qo‘mondoni Abu Ubayd as-Saqafiyga hujum qilib, uni o‘ldiradi. Qo‘mondonidan ayrilgan Islom lashkarlari orqalaridagi ko‘prik tomon qocha boshlaydilar. Shunda Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiy ko‘prikni buzdirib, askarlarni qo‘mondonlari uchun intiqom olishga tashviq qiladi. Keyinroq esa, zudlik bilan Madinaga borib, Umarga musulmonlarning mag‘lubiyatga uchraganini bildiradi.
Vafoti
tahrirObidligi bilan ham mashhur bo‘lgan Abdulloh ibn Yazid al-Xatmiy Abdulloh ibn Zubayr xalifaligi davrida taxminan sakson yoshda vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. III, 455;
- Ibn Abu Hotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1952-53. V, 197;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1970-73. III, 416-417;
- Az-Zahabiy. Siyar. III, 197-198;
- İsmail L. Çakan. „Abdullah b. Yezîd yel-Hatmî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 143.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |