Abdulloh ibn as-Soib
Abdulloh ibn as-Soib (arabcha: عبد الله بن السائب – Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn as-Soib ibn Abu-s-Soib as-Sayfiy al-Maxzumiy al-Makkiy) – sahoba.
Abdulloh ibn as-Soib | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 689–690-yil (hijriy 70-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Hayoti
tahrirAbdulloh ibn as-Soib yoshligida paygʻambarni koʻrgan sahobalardan. Otasi Soib johiliyat davrida tijorat bilan shugʻullangan, bu ishda risolatdan oldin rasulullohning hamkorlaridan boʻlgan. Abdulloh ibn as-Soib qiroatni arz yoʻli bilan Ubay ibn Kaʼb va Umardan oʻrgangan.
Hadislari
tahrirUbay ibn Kaʼbdan hadis rivoyat qilgan. Undan Mujohid va qiroat imomlaridan Ibn Kasir tahsil olgan. Abdulloh ibn as-Soibdan Ibn Abu Mulayka, Ato, Muhammad ibn Abdurrahmon al-Maxzumiy, oʻgʻli Muhammad ibn Abdulloh, qizining oʻgʻli Muhammad ibn Ibod ibn Jaʼfarlar hadis rivoyat etganlar. Qiroat ilmida bilimdon boʻlgani bois nisbasiga "al-Qoriy" qoʻshib aytilgan. Makkaliklar „bizdan chiqqan qori“, deb u bilan faxrlanganlar. Abdulloh ibn as-Soib rivoyat etgan hadislar „Kutubi sitta“ va Ahmad ibn Hanbalning „Musnad“idan oʻrin olgan.
Vafoti
tahrirAbdulloh ibn Zubayrning xalifalik davrida vafot etgan. Janozasini Ibn Abbos oʻqigani va qabri ustida turib uning haqqiga duo qilgani xabarlarda keltirilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1968. V, 445;
- Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira: 1970-73. III, 254-255;
- Az-Zahabiy. Maʼrifa al-qurrā. – Bayrut: 1984. I, 47-48;
- Ibn al-Jazariy. Gʻāya an-nihāya. – Qohira: 1932-33. I, 419-420;
- Ibn Hajar al-Asqaloniy. Al-Isāba. – Qohira: 1328. II, 314;
- Ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzӣb at-tahzӣb. V, 229;
- As-Suyutiy. Al-Itqān. – Qohira: 1967. II, 204;
- İsmail Karaçam. „Abdullah b. Sâib“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 131;
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |