Abdulvohid ibn Abdulloh an-Nasriy

Abdulvohid ibn Abdulloh (arabcha: عبد الواحد بن عبد الله), an-Nasriy yoki an-Nadriy nomi bilan tanilgan, VIII asrning 723–724-yillarida Madina, Makka va Toif shaharlari hokimi boʻlgan.

Faoliyati

tahrir

Abdulvohid Umaviylar xalifasi Yazid ibn Abdulmalik davrida xalifalikning turli lavozimlarida xizmat qilgan. Dastlab Hims[1], soʻngra 721/722-yilda Toif hokimi boʻlgan. 723-yilda qoʻshimcha ravishda Madina va Makkaga ham hokim etib tayinlangan[2] va oʻsha yili haj ziyoratlarini nazorat qilish va unga rahbarlik uning zimmasiga yuklatilgan[3].

Oʻzidan oldingi rahbardan farqli oʻlaroq, Abdulloh shaharnig yuqori qatlam vakillari bilan yaxshi munosabatda boʻlishi kerak deb hisoblagan va mahalliy mashhur kishilar al-Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakr va Salim ibn Abdulloh ibn Usmon bilan muntazam ravishda maslahatlashib turgan. Natijada, Abdullohning Madina hokimiyatidagi boshqaruvi xalq orasida tez orada mashhurlikka erishgan[4]. Abdulvohid Madina qozisi etib dastlab Saʼd ibn Ibrohim ibn Abdurahmon az-Zuhriyni tanlagan, biroq keyinchalik Saʼdni ishdan boʻshatib, uning oʻrniga Said ibn Sulaymon ibn Zayd al-Ansoriyni tayinlagan[5].

724-yilning yanvar oyida Yazidning vafotidan keyin Abdulvohid dastlab Hishom ibn Abdulmalik tomonidan yana qayta Madina hokimi etib tasdiqlangan, biroq oʻsha yilgi haj ziyoratlarini nazorat qilish va unga rahbarlik qilish xalifaning amakisi Ibrohim ibn Hishom ibn Ismoil al-Maxzumiyning zimmasiga yuklatilgan. Shu yilning noyabr oyida Hishom amakisi Ibrohimni Madina, Makka va Toifga ham hokim qilib tayinlashga qaror qilgan va shu sababli Abdulvohidni lavozimidan chetlashtirgan. Abdulvohid ibn Abdulloh Madina hokimi lavozimida 2 yildan kamroq muddat davomida xizmat qilgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. Ibn 'Asakir 1996, s. 247; Al-Shafi'i 2013, s. 463.
  2. Powers 1989, ss. 167, 180–182, 191; Al-Ya'qubi 1883, s. 375; Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 332; Ibn 'Asakir 1996, ss. 244 ff.; McMillan 2011, s. 120.
  3. Powers 1989, s. 191; Al-Ya'qubi 1883, s. 377; Khalifah ibn Khayyat 1985, ss. 330, 335; Ibn 'Asakir 1996, ss. 244 ff.; McMillan 2011, s. 121. According to Al-Mas'udi 1877, ss. 60–61, Abd al-Wahid also led the pilgrimage of 722.
  4. Powers 1989, ss. 180–182; Al-Ya'qubi 1883, s. 375; McMillan 2011, ss. 120–21.
  5. Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 334; Waki' n.d., ss. 150 ff., 167; Judd 2014, ss. 154 ff..
  6. Blankinship 1989, ss. 3, 7, 8; Al-Ya'qubi 1883, s. 394; McMillan 2011, s. 139. Khalifah ibn Khayyat 1985, s. 357 replaces Ibrahim with his brother Muhammad ibn Hisham ibn Isma'il al-Makhzumi. According to Waki' n.d., ss. 167–68, Abd al-Wahid was dismissed as governor after contesting a ruling against him by his qadi Saʼid ibn Sulayman, where he had been found guilty of having extorted the residents of Malal; Judd 2014, ss. 102, 112, 156.

Adabiyotlar

tahrir
Oldingisi Madina hokimi
723–724
Keyingisi
Oldingisi Makka hokimi
723–724
Keyingisi