Abdurahmonbek madrasasi
Bu madrasa ham vaqf mulkiga ega bo‘lgan. Uning hujjati saqlanib qolgan. U birdan vaqf mulkini taʼkidlashdan boshlangan.
Abdurahmonbek madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Tarixi
tahrirVoqif Soʻzangaron guzaridagi Navi oliy rastasida 7 do‘konini vaqf qilgan. Shundan so‘ng hamdu sano va undan keyin: „Abdurahmonbek valadi Qozixon hijriy 1328-yili safar oyida Hofiz qo‘ng‘irot guzaridagi bitta hovlisini hujrasiz talabalarga va mazkur 7 do‘konini hamda Cho‘qmoq mavzesida 200 tanob yerni vaqf qilgan“. Mutavalli etib qozi ul-quzzot mulla Mir Badriddin tayinlagan. Abdurahmonbek Poyi ostona guzarida yaroqsiz bir bo‘lak yerni sotib olgan va unga ikki qavatli qilib pishiq g‘ishtdan madrasa qurdirgan. U yigirma bir hujrali va bitta darsxonadan iborat bo‘lgan. G‘arbida ko‘cha, shimolida Poyi ostona hammomi, sharqida go‘lax hovlisi, janubida mulla Muhammad mufti madrasasi bo‘lgan. Hujjat bo‘yicha, har bir hujraga ikki nafardan talaba qo‘yilgan va darsxonaga bitta mudarris tayinlangan. Vaqf mablag‘i quyidagi tartibda taqsimlangan. Avvalo, farrosh va meshkobchi vazifasini bajargan shaxsga bir yilda 280 tanga, sartaroshga 115 tanga ajratilgan. Qolgan mablag‘ 7 qismga bo‘linib, undan 1 qism mudarrisga, 6 qism 21 hujrada yashayotgan talabalarga berilgan. Hujjat 123 qatordan iborat. Nastaʼliq xati, tili forsiy. Tagida Mir Burhoniddin sadr rais ibn qozi ul-quzzot mulla Mir Badriddin muhri ham bo‘lgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 168.