Abdurahmonboy Amir Muzaffarxon davrida (1860 — 1885) Shahrisabzdan Buxoroga kelgan va ushbu madrasani qurdirgan.

Abdurahmonboy madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

U Xoja Nurobod guzarida joylashgan bo‘lib, 9 hujra va 1 darsxonadan iborat bo‘lgan.Madrasaning qurilishiga oid hujjat saqlanib qolgan. U: „Rohmanning xalifasi va soyasi janob oliy hazrat sayyidimizga bandalarning eng kamtarini va duogo‘ylari orasidagi ko‘rinmas gard bo‘lmish qozikalon mulla Mir Badriddin arz qilgay“, — deb boshlanadi. Hujjatdan anglashilicha, mazkur madrasa vaqf mulkiga ega bo‘lgan. Unga mulla Xolmurod salovotxon mudarris etib tayinlangan. Madrasa sohibining shartiga ko‘ra, har bir hujrada bir nafardan talaba yashashi lozim bo‘lgan. Quyidagi talabalar ushbu madrasada o‘qish uchun tavsiya qilingan: Mulla Neʼmatulloh Baljuvoniy (mullajalolxon), mulla Hidoyatullaxoja Buxoriy (aqoidxon), mulla Yaʼqub xoja Buxoriy (aqoidxon), mulla Qosim Ko‘lobiy (hidoyaxon), mulla Nizomiddin G‘o‘ljagiy (aqoidxon), mulla Jaloliddinxoja Buxoriy (aqoidxon), mulla Xayrulloh Qarshigiy (hoshiyaxon), mulla Muhammad Sharif valadi Abdurahmonboy, qori mulla Abdulloh Hisoriy (hikmatxon). Ularning orasida mulla Muhammad Sharif madrasa quruvchisining o‘g‘li edi. Mudarrisga 12 tilla tanga haq to‘langan. Abdurahmonboy madrasasidagi o‘quv ishlariga doir to‘rtta rasmiy hujjat saqlanib qolgan (1990-63; 1997-29,43; 1998-14). Ularda ham mazkur madrasa 9 hujradan iborat ekani ko‘rsatilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 169.