Abdurauf Joʻraxolov

fizik olim, Antverpen universitetining professori

Abdurauf Joʻraxolov (1960-yil 1-mart; Kattaqoʻrgʻon tumani, Oʻzbekiston SSR) — fizik olim, Antverpen universitetining professori[5][6][7], „BDC Benelux“ (Belgiya) kompaniyasi dasturchisi[8], U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining sobiq ilmiy xodimi. Joʻraxolov, shuningdek, Marquis Who's Who ilmiy biografik nashri tomonidan dunyoning eʼtiborga molik fiziklaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[9][10].

Abdurauf Joʻraxolov
Tavalludi 1-mart 1960-yil (1960-03-01) (64 yosh)
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani
Istiqomat joylari
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Fizika
Institutlar Elektronika Instituti
U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti
Antverpen universiteti
Mashhur ishlari
  • Virtual Plant Tissue: Building Blocks for Next-Generation Plant Growth Simulation (2017)[1].
  • Calculation of binary and ternary metallic immiscible clusters with icosahedral structures[2].
  • Computer simulation of the single crystal surface modification and analysis at grazing low-energy ion bombardment[3].
  • Implementation of realistic cell wall mechanics in VirtualLeaf[4].
Turmush oʻrtogʻi Nasiba Joʻraxolova

Hayoti va ilmiy faoliyati

tahrir

Abdurauf Joʻraxolov 1960-yil 1-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumaniga qarashli Moybuloq qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni (1967—1977) oltin medal bilan bitirib, Toshkent davlat texnika universitetida (1977—1982) Lenin stipendiati boʻlgan va imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990-yil U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida PhD yoqlagan. 2003-yildan fan doktori, 2005-yildan professor ilmiy unvoniga ega[9].

1982—1984-yillarda Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining stajyor-tadqiqotchisi, 1984—1988-yillarda aspiranti. 1988—1991-yillarda kichik ilmiy xodim, 1991—1993-yillarda ilmiy xodim, 1993—1995-yillarda institut ilmiy kotibi, 1995—1998-yillarda doktorant, 1999—2003 va 2004—2006-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari hamda 2001—2008-yillarda Nazariy laboratoriya mudiri bo‘lgan.

2003—2004 va 2006—2007-yillarda Bryussel mustaqil universitetida (ULB, Belgiya) postdoctorant stipendiyasi sovrindori sifatida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 2007—2016-yillarda Antverpen universitetida (Belgiya) qattiq jism va nanozarralar fizikasi, lazer fizikasi, biofizik jarayonlarni modellashtirish, ilgʻor informatsion texnologiyalarni modellashtirishga tadbiq etish boʻyicha ilmiy ishlar olib borgan. 2000—2005-yillarda har yili bir oydan CNRS loyihasi doirasida IPCMS da (Strasburg, Fransiya), 2005-yilda Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP, Trieste, Italiya) Quyuq moddalar boʻlimida bir oylik ilmiy tashrif bilan ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 2016-yildan „BDC Benelux“ (Belgiya) kompaniyasida Obyektlar interneti — IoT sohasida dasturchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Abdurauf Joʻraxolov fizikaviy elektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarini ustozlari Prof. Parilis E. S. va Umarov F. F. lar rahbarligida boshlagan. Dastlabki yutuqlaridan biri bu past va oʻrta energiyali (0,1 dan 30 keV gacha) atomlarning qattiq jism sirti bilan oʻzaro taʼsirini juft toʻqnashuvlar yaqinlashuvida kompyuterda modellashtirish dasturini yaratish hisoblanadi. Bu deterministic usul yordamida kristal bilan toʻqnashayotgan atom zarralarining traektoriyalarini bevosita kuzatish mumkin va shuningdek, kuzatilayotgan jarayonlarning mexanizmlarini aniqlash imkoni yaratilgan[11].

Monokristallar sirtiga sirpanuvchan burchaklar ostida tushayotgan ionlarning atomlar zanjiridan sochilishi va sirtdagi yarim kanallarda fokuslanishi qonuniyatlarini aniqlagan. Ionlarning sirtdagi atom oʻlchamida boʻlgan zinapoyalardan sochilish mexanizmlarini topgan va ularni sirt diagnostikasiga qoʻllash usullarini tadqiq qilgan.

Aspirantlari bilan hamkorlikda sirtni ionlar bilan urish yordamida sirt atomlarining toʻzgʻish jarayonlari va kislorodli sirtdan kislorod atomlarining desorbtsiya jarayonlari mexanizmlari ishlab chiqildi[12]. Ushbu mexanizmlar yordamida sirtlarni qatlamma-qatlam toʻzgʻitish va silliqlash usullari taklif etildi. Ko‘p tarkibli kristallar sirtidagi jarayonlarni oʻrganish davomida tarkiblarni sellektiv toʻzgʻitish mexanizmlari aniqlandi[13][14].

Prof. Marc Hou (ULB, Belgiya) bilan molekulyar dinamika va Metropolis Monte-Karlo usulida nanozarralarning xususiyatlari[15][16], ularning sirtlar bilan oʻzaro taʼsiri — past energiyali klasterning sirtga choʻkishi va hosil boʻlgan nanostrukturali materiallarning xususiyatlari aniqlandi[17]. Xususan, past energiyali (0,25-1,5 eV/atom) Co10Ag191 va Co285Ag301 kabi nanoklasterlarining Ag(100) kristali sirtiga tushisi o‘rganilgan[18]. Bunday tarkibi aralashib ketmaydigan elementlardan hosil boʻlgan metal klasterlarga boʻlgan texnologik qiziqish ularning oʻziga xos magnit va optik xususiyatlariga bogʻliq.

Prof. Fransua Peeters (UAntwerpen, Belgiya) bilan hamkorlikda uglerod klasterlari va nanografenning tuzilmalari hamda vodorod atomlarining grafenga adsorbsiyasi tadqiq qilingan, ularning eng barqaror va muhim metastabil tuzilmalari aniqlangan[18][19].

Prof. Annemie Bogaerts (PLASMANT, UAntwerpen, Belgiya) bilan birlashgan atomistik-uzluksiz yondashuv yordamida Au, Cu va Ni monokristallarining ultraqisqa, 100 fs impulsli lazer nurlanishi natijasida yuzaga keladigan fazaga oʻtish jarayonlari oʻrganilgan va oʻta qattiq qizish mexanizmlari aniqlangan[20].

Prof. Yan Broeckhove (Kompyuter fanlari boʻlimi, UAntwerpen, Belgiya) va Prof. Gerrit Beemster (Biologiya boʻlimi, UAntwerpen, Belgiya) bilan olib borilgan tadqiqotlar fizika, biologiya va kompyuter fanlari oʻrtasida fanlararodir. Bunda oʻsimlik toʻqimalarining oʻsishi va morfogenezini hujayra va subhujayra darajasida modellash uchun fizik asoslangan yondashuv qoʻllangan. Oʻsimlik hujayralari biomexanikasiga yoʻnaltirilgan modellar va usullar ishlab chiqilgan, C++ dasturiy taʼminoti intensiv ravishda joriy etilgan va VirtualLeaf modellashtirish asoslari imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirgan[21][22].

Abdurauf Joʻraxolov Oʻzbekistonda atom zarralarining qattiq jism sirti bilan taʼsirini modellashtirish va nazariyasi sohasidagi ilmiy maktabning rivojiga katta hissa qoʻshgan. Uning rahbarligida fizikaviy elektronika ixtisosligi boʻyicha 7 ta PhD himoya qilingan, yosh olimlarning xorijiy grantlarda ishtirok etishi va xorijiy ilmiy markazlarda tadqiqotlar olib borishi tashkil etilgan. 1992—2006-yillar davomida Toshkent davlar texnika universiteti magistrlari va bakalavrlariga zarralarning kristallar sirti bilan taʼsirini modellashtirish boʻyicha maʼruzalar qilgan.

Oilasi

tahrir

Oilada Abdurauf Joʻraxolov 5 farzandning kenjasi boʻlgan.

Otasi — Aslon Joʻraxolov (1925—1991)

Onasi — Bonuoy Joʻraxolova (1928—2003)

Turmush oʻrtogʻi — Nasiba Joʻraxolova

6 ta farzandning otasidir:

Behzod (1988, oʻgʻli)

Shoxruz (1989, oʻgʻli)

Nargiza (1992, qizi)

Lobar (1994, qizi)

Madina (1998, qizi)

Iman (2009, oʻgʻli)

Nabiralari: Ayub (2013), Yunus (2016), Umid (2017), Yasmina (2021)[manba kerak].

Manbalar

tahrir
  1. „Virtual Plant Tissue: Building Blocks for Next-Generation Plant Growth Simulation [2017“]. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  2. „Calculation of binary and ternary metallic immiscible clusters with icosahedral structures“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  3. „Computer simulation of the single crystal surface modification and analysis at grazing low-energy ion bombardment“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  4. „Implementation of realistic cell wall mechanics in VirtualLeaf“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  5. „Бош Қомусимизга киритилаётган ўзгаришлар юртимизнинг фаровон келажагига хизмат қилади“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  6. „Бельгияда «Ўзбек тилининг изоҳли луғати» китоби тақдимоти ўтказилди“. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  7. „«Дунё ўзбеклари» меҳмони — Новосибирск университети профессори...“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  8. „Бельгиядан табрик: Ватанни ҳимоя қилиш ва уни кўз қорачиғидай асраш ҳар бир эр йигит учун шарафли бурч ҳисобланади“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  9. 9,0 9,1 „Abdiravuf Dzhurakhalov physicist“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  10. „ABDIRAVUF DZHURAKHALOV“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  11. Dzhurakhalov A. A. Computer simulation of ion-solid interaction processes. Microelectronic Engineering. 69 (2003) P.570-576
  12. Dzhurakhalov A. A., Rahmatov S. E., Dreysse H. Investigation of sputtering and oxygen desorption processes by binary collision approximation method. Computational Materials Sci. 33 (2005) P.250-255.
  13. Dzhurakhalov A. A.,Khafizov I. I. Computer simulation of sputtering and implantation processes under grazing ion bombardment of binary crystal surface. Nucl. Instr. Meth. B153(1999)P.326-330.
  14. Umarov F. F.,Dzhurakhalov A. A. Computer simulation of layer-by-layer sputtering at grazing low-energy ion-surface interactions. Surface and Interface Analysis 45 (2013) 83-86.
  15. „Calculation of binary and ternary metallic immiscible clusters with icosahedral structures“. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  16. Dzhurakhalov A. A., Hou M. Equilibrium properties of binary and ternary metallic immiscible nanoclusters. Phys. Rev. B 76 (2007) 045429.
  17. Van Hoof T., Dzhurakhalov A., Hou M. Interface formation by low energy deposition of core-shell Ag-Co nanoclusters on Ag(100). European Physical Journal D 43 (2007) 159-163.
  18. 18,0 18,1 Kosimov D. P., Dzhurakhalov A. A., Peeters F. M. Carbon clusters: From ring structures to nanographene. Phys. Rev. B 81 (2010) 195414.
  19. Dzhurakhalov A. A., Peeters F. M. Structure and energetics of hydrogen chemisorbed on a single graphene layer to produce graphane. Carbon 49 (2011) 3258.
  20. Wendelen W., Dzhurakhalov A. A., Peeters F. M., Bogaerts A. Combined molecular dynamics-continuum study of phase transitions in bulk metals under ultrashort pulsed laser irradiation. J. Phys. Chem. C 114 (2010)5652.
  21. „Virtual Plant Tissue: Building Blocks for Next-Generation Plant Growth Simulation [2017“]. 2023-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-mart.
  22. De Vos D., Dzhurakhalov A., Draelants D., Bogaerts I., Kalve S., Prinsen E., Vissenberg K., Vanroose W., Broeckhove J., Beemster G. T. S. Towards mechanistic models of plant organ growth. J. Exp. Botany 63 (2012) 3325-3337.