Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj
Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj (arabcha: عبد الرحمن بن هرمز الأعرج – Abu Dovud Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj al-Madaniy) – muhaddis, tobeʼin, qiroat olimi.
Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 735-yil (hijriy 117-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, tobeʼin, qiroat olimi |
Rabi’a ibn Horis ibn Abdulmuttalib yoki oʻgʻli Muhammadning mavlosi Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj oʻz davrida arab tili va ansob sohasida sanoqli olimlardan biri boʻlgan. Arab tili bilan bogʻliq qoidalarni ilk marotaba muomalaga kiritgan ham Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj boʻlgani zikr qilinadi.
Taʼlimi
tahrirMushaf yozish bilan ham mashgʻul boʻlgan Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj Abu Hurayra, Ibn Abbos va Abdulloh ibn Ayyoshlardan arz yoʻli (oʻqib eshittirish) bilan qiroat oʻrgangan. Qiroati sab’a imomlaridan sanalgan Madinaning mashhur qiroat olimi Nofeʼ ibn Abdurrahmon ibn Abu Nuaym ham mazkur yoʻl bilan undan qiroat ilmini oʻrgangan.
Hadislari
tahrirAbu Hurayra, Abdulloh ibn Abbos, Muhammad ibn Maslama, Abu Saʼid al-Xudriy va Abdulloh ibn Buhayna kabi koʻplab sahobalardan hadis rivoyat qilgani maʼlum. Undan esa Abu-z-Zinod, az-Zuhriy, Solih ibn Kayson va Abdulloh ibn Lahi’a kabi muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. Koʻp hadis rivoyat qilgani bilan tanilgan va rivoyatlari „Kutubi sitta“dan oʻrin olgan ishonchli muhaddis Abdurrahmon ibn Hurmuz al-Aʼraj umrining oxirida Misrga safar qiladi.
Vafoti
tahrirIskandariya shahrida murobit sifatida yashab, sakson yoshlarida vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. V, 283-284;
- Az-Zahabiy. Siyar. V, 69-70;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. I, 97;
- Az-Zahabiy. Maʼrifa al-qurrā. I, 77-78;
- Ibn al-Jazariy. Gʻāya an-nihāya. I, 381;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 290-291. Abdullah Aydınlı. „Aʼrec, Abdurrahman b. Hürmüz“. TDV İA. – İstanbul: 1991. III, 350-351;
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |