Abdurrahmon ibn Samura
Abdurrahmon ibn Samura (arabcha: عبد الرحمن بن سمرة — Abu Saʼid Abdurrahmon ibn Samura ibn Habib ibn Abdushams al-Qurashiy al-Abshamiy,? — 50/670, Basra) — sahoba.
Abu Sa’id Abdurrahmon ibn Samura
ibn Habib ibn Abdushams al-Qurashiy al-Abshamiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 670-yil (hijriy 50-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | sahoba |
Makka fathida musulmon bo‘lgan. Payg‘ambar afv etgan qurayshliklardan biri. Islomdan avval ismi Abdu Kulol (yoki Abdulkaʼba) bo‘lgan. Manbalarda onasining ismi — Arvo bint Abu-l-Far’a deb keltirilgan. Abu Nuaym uning Ubaydulloh ismli o‘g‘li bo‘lganini qayd etgan. Islomni qabul qilgach, Payg‘ambar unga Abdurrahmon deb ism berganlar. Az-Zubayr ibn Bakor va Musayyab az-Zubayriylar uning nisbasiga „Rabi’a“ ismini qo‘shganlar.
Janglardagi ishtiroki
tahrirMu’ta safari va Tabuk g‘azotida qatnashgan.
Iroq fathida, shuningdek, Xuroson yerlarini fath etishda ishtirok etgan. Basra voliysi Abdulloh ibn Omir tomonidan Rabi’ ibn Ziyodning o‘rniga Sijiston voliyligiga tayinlangan (33/653-54-yil). Abdurrahmon ibn Samura qo‘shini bilan Sijistonga kelgan bir guruh din olimlari mahalliy xalqqa Islom asoslarini o‘rgatganlar. Muoviya xalifa bo‘lganidan so‘ng Abdulloh ibn Omirni yana Basraga voliy qiladi. Abdurrahmon ibn Samurani esa katta qo‘shin bilan Sijistonga safarga yuboradi (42/662 y.). U 43/663da Raxxaj va Zobalistonni fath qiladi. Bir oy davom etgan iskanjadan so‘ng, Kobul shahrini ham qo‘lga kiritadi. Muvaffaqiyatlari tufayli Muoviya tomonidan Sijiston voliyligiga tayinlanadi.
Vafoti
tahrirMuoviya 45/665-yilda Ibn Omirni, 46/666-yilda Abdurrahmon ibn Samurani voliylik vazifasidan ozod qiladi. Undan keyin Rabi’ ibn Ziyod voliy bo‘lgan. Vazifasidan olingandan so‘ng Basraga qaytgan Abdurrahmon ibn Samura besh yil o‘tib, o‘sha yerda vafot etadi. Marvda vafot etganini hamda vafot tarixi 51 hijriy yil ekanligini xabar qiluvchi maʼlumotlar ham uchraydi. Janoza namozini Ziyod ibn Abu Sufyon, baʼzi xabarlarda Ziyod ibn Abiyhlar ado qilgan. „Usd al-g‘āba“ muallifi Ibn al-Asir: „Yomg‘irli kunda ustida qalin qalpoqli ridosini kiyib, qo‘liga supurgi olib yo‘lni tozalardi“ deb, Abdurrahmon ibn Samurani o‘ta kamtar va tavozeʼli shaxs bo‘lganini zikr qilgan.
Hadislari
tahrirAbdurrahmon ibn Samura to‘g‘ridan-to‘g‘ri Payg‘ambar va Muoz ibn Jaballardan hadis rivoyat qilgan. Jumladan: „Ey Abdurrahmon ibn Samura! Hech qachon rayosatni istama. Agar u senga istagingsiz berilsa, Alloh senga madadkor bo‘ladi. Agar istaging tufayli senga rayosat berilsa, istagan narsang bilan yolg‘iz qoldirilasan. Allohning madadiga erisha olmaysan. Shuningdek, bir ishni xayrli deb ko‘rsang, o‘sha xayrli bo‘lgan ishni qil!“ mazmundagi hadisning muxotabi hamda roviysi sifatida shuhrat qozongan. Abdurrahmon ibn Samura rivoyat qilgan o‘n to‘rtta hadisning uchtasi „Sahӣh al-Buxārӣ“ va „Sahӣh Muslim“larda, ikkitasi esa, faqat „Sahӣh Muslim“dan, bittasi Termiziyning „Sunan“idan o‘rin olgan.
Abdurrahmon ibn Samuradan Abdulloh ibn Abbos, Hasson ibn Kohil, Hayyon ibn Umar, Humayd ibn Hilol, Saʼid ibn Musayyab, Muhammad ibn Siriyn, Abdurrahmon ibn Abu Laylo va Hasan al-Basriy, Abu Lubayd kabi sahoba va tobe’inlar hadis rivoyat qilganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. VII, 15, 366;
- Musnad. V, 61-63; At-Termiziy. Sunan. 3702;
- Al-Balozuriy. Futӯh al-buldān. — Qohira: 1932. — Bayrut: 1403/1983. 354, 386, 388, 397;
- At-Tabariy. Tarӣx. — Qohira: 1960-70. — Bayrut: „Dor Suvaydon“. IV, 266; V, 159;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 402;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 454-456;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 400-401;
- Az-Zahabiy. Siyar. II, 571-572;
- Al-Omiriy. Ar-Riyāz al-mustatāba. — Bayrut: 1979. 206;
- Tajrid tarjimasi. XII, 232;
- H. A. R. Gibb."Abd al-Rahman b. Samura". EI2 (İng.). I, 86;
- M. G. Morony. „Abd-al-Rahman b. Samora“. EIr., I, 144-145;
- Ahmet Önkal. „Abdurrahman b. Semüre“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 171-172;
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |