Abdurrashid qori
Abdurrashid qori (arabcha: عبد الرشيد بهراموف — Abdurrashid Bahromov, 8.01.1953, Andijon — 26.10.2011, Toshkent) — muftiy.
Abdurrashid Bahromov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 8-yanvar q953-yil |
Vafoti |
26-oktabr 2011-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muftiy |
Taʼlimi
tahrirAbdurrashid qori Bahromov dastlabki diniy saboqni otasi Abdulmu’min qori Mulla Bahrom o‘g‘lidan olgan. 1959-1969-yillarda Andijon shahridagi 29-o‘rta maktabda taʼlim olgan. Maktabdan so‘ng bog‘bon bo‘lib ishlagan. 1971-1973-yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1975-yilda Mir Arab madrasasiga o‘qishga kiradi.
Faoliyati
tahrirAbdurrashid qori 1979-yilda Toshkent Islom institutini bitirib, shu yerda dars bera boshlaydi. 1981-yildan Toshkent shahridagi Tilla Shayx masjidida imom-xatib, 1997-yil may oyidan 2006-yil avgustgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy vazifasida ishlagan.
Yutuqlari
tahrirAbdurrashid qori Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Ulamolar kengashining aʼzosi etib saylangan. U Saudiya Arabistoni, Misr, Quvayt, Marokash, Indoneziya, Turkiya, AQSh kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashgan. Shuningdek, Marokash, Misr, Saudiya Arabistoni mamlakatlarida o‘tkazilgan Qur’oni karim hofizlarining musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- X. Yo‘ldoshxo‘jayev, I. Qayumova. O‘zbekiston ulamolari. — T.: „Movarounnahr“, 2015, 87-89.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |