Abu-l-Muzaffar

shoir, adib, axbor va ansob olimi

Al-Abivardiy, Abu-l-Muzaffar (arabcha: الأبيوردي، أبو المظفر — Abu-l-Muzaffar Muhammad ibn Ahmad al-Umaviy al-Muoviy al-Abivardiy, taxminan 457/1065, Xuroson — 507/1113, Isfahon) — shoir, adib, axbor va ansob olimi.

Abu-l-Muzaffar Muhammad ibn Ahmad al-Umaviy al-Muoviy al-Abivardiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi taxminan milodiy 1065-yil (hijriy 457-yil)
Vafoti milodiy 1113-yil (hijriy 507-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shoir, adib, axbor, ansob olimi

Nasabi Abdumanofga ulangan va umaviylardan Anbasa ibn Abu Sufyon naslidan bo‘lgan al-Abivardiy Xurosonga qarashli Abivard yaqinidagi Kufan shahrida dunyoga kelgan.

Taʼlimi

tahrir

U Ismoil ibn Mas’­adat al-Jurjoniy, Abdulvahhob ibn Muhammad ibn Shahid, Abu Bakr ibn Xalaf ash-Sheroziy, Abu Muhammad Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy va Abdulqohir al-Jurjoniylardan taʼlim olgani hamda o‘zi ham ko‘plab shogirdlar yetishtirgani manbalarda zikr qilingan.

Faoliyati

tahrir

Yoshlik yillarida Bag‘dodga safar qilgan. U yerda xalifalar, sultonlar va davrining mashhur shaxslarining himoyasida bo‘lgan. Ular orasida xalifa Muqtadiy-bi-amrillah, o‘g‘li va xalafi Mustazhir-billah, Sulton Malikshoh va o‘g‘li Sulton Muhammad Tapar, Vazir Nizomul-mulk bilan o‘g‘li Muay­yidul-mulklarni zikr qilish mumkin. Muay­yidul-mulkning xizmatida bo‘lgan payt xalifaning vaziri Amidud-davlani hajv qilganida vazir uning Abbosiy xalifasini kamsitib, Fotimiy xalifasini maqtaganini aytib, uni xalifa Muqtadiyga shikoyat qiladi. Shu bois Abu-l-Muzaffar Hamadonga qochadi. Arab tili va adabiyotidagi bilimi ustunligi sababli Nizomul-mulk­ning o‘g‘li Ziyoul-mulk­ning xizmatiga keltiriladi. Ziyo­ul-mulkning o‘limi sababli Isfahonga safar qilib, u yerda Bursukning o‘g‘illariga ustozlik qiladi. Keyinchalik Sulton Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanmasidan oldin bir muddat Bag‘doddagi Nizomiya madra­sasi kutubxonasida mudir vazifasida ishlagan.

Vafoti

tahrir

507-yil 20-rabi’ul-avval oyi­ / 1113-yil 4-sentabrda vafot etgan. Ibn Xallikonning „Vafayāt al-aʼyān“ asarida Abu-l-Muzaffarning o‘limi haqida berilgan 557/1162-yil kotibning xatosi bo‘lishi mumkin. Imoduddin al-Isfahoniy Abu-l-Muzaffarning Muhammad Tapar tomonidan mushriful-mamolik etib tayinlanib, xizmat chog‘ida sultonning huzurida yiqilib o‘lganini, bu holat o‘sha davrning nufuzli shaxslaridan bo‘lgan Xatir tomonidan zaharlanish oqibatida yuz berganini naql qilgan.

Manbalarda Abu-l-Muzaffarning o‘ta kuchli hofizaga ega bo‘lgani, adabiyot, nasab ilmi, grammatika, lug‘at va axborda chuqur ilm­ga, balog‘at va inshoda o‘ta mohir, kuchli shoir, ayni vaqtda iffatli, odil, dindor, nafosat sohibi bo‘lganini, hayotida baʼzan bo‘lib o‘tgan moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay hyech kimsadan biror narsa tama qilmagani zikr qilinadi.

Abu-l-Muzaffarning nasab, tarix, she’r, sheʼr tanqidi va hadis sohalaridagi o‘n beshtaga yaqin asarlari bo‘lib, ulardan ikkitasigina bizgacha yetib kelgan.

Ular:

  • Dӣvān al-Abӣvardӣ“. Bu devon „Irāqi­yāt“, „Najdiyāt“ va „Vajdiyāt“ nomi bilan uch qismga bo‘lingan. (Qohira: 1317; Bayrut: 1327; Damashq: 1374-1375/1974-1975; Bayrut: 1407/1987). Bulardan „Naj­diyāt“ qismi turli olimlar tomonidan sharhlangan.
  • Al-Muxtalif va-l-mu’talif fӣ mushtabih asmā ar-rijāl“. Mazkur risola hadis ilmiga oiddir.

Abu-l-Muzaffarning manbalarda zikr etilgan, biroq bizgacha yetib kelmagan asarlari quyidagilardir:

  • „Tarӣx Abӣvard va Nasā“;
  • „Qabsa al-ajlān fӣ nasab Abӣ Sufyān“;
  • „Nuzha al-hāfiz“;
  • „Al-Mujtabā min al-mujtanā fi-r-rijāl“;
  • „Ki­tāb Abӣ Abdirrahman an-Nasāӣ fi-s-sunan al-maʼsӯra va sharh g‘arӣbih“;
  • „Mā ixtalafa va i’talafa fӣ ansāb al-­’arab“;
  • „Tabaqāt al-’ilm fӣ kulli fann“;
  • „Kitāb kabӣr fi-l-ansāb“;
  • „Kavkab al-mutaammil“;
  • „Ad-Durra as-samӣna“;
  • „Sahla al-qārih“[1].

Adabiyotlar

tahrir
  1. Ibn al-Javziy. Al-Muntazam. IX, 176-177;
  2. Imoduddin al-Isfahoniy. Xarӣda al-qasr: al-qism al-Irāqiyya. — Bag‘dod: 1375/1955. I, 106-107;
  3. Yoqut. Mu’jam. XVII, 234-264;
  4. Ibn al-Asir. Al-Kāmil. X, 284-285;
  5. Ibn al-Asir. Al-Lubāb. III, 154-155;
  6. Ibn al-Qiftiy. Inbāh ar-ruvāt. III, 49-52;
  7. Ibn Xallikon. Vafayāt. IV, 444-449;
  8. As-Subkiy. Tabaqāt. VI, 81-84;
  9. Az-Zahabiy. Siyar. XIX, 283-292;
  10. Al-Astrobodiy. Bazmu razm. — Anqara: 1990. 20;
  11. F. Wüstenfeld. Die Geschichtsschreiber der Araber und ihre Werke. — Göttingen: 1882. 223;
  12. Serkîs. Mu’jam. I, 362;
  13. Brockelmann. GAL. I, 293-294;
  14. Suppl., I, 447;
  15. „Ebîverdî“. İA. IV, 6;
  16. Ch. Pellat. „al-Abīwardī“. EI2 (İng.). I, 100;
  17. L. A. Giffen. „Abīvardī“. EIr. I, 219-221;
  18. Cevat İzgi. „Ebîverdî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 76-77.

Manbalar

tahrir
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.