Abu Ahmad Sogʻarjiy (arabcha: أبو أحمد الصغرجي — Abu Ahmad Sogʻarjiy — Toʻliq ismi: Abu Ahmad Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sog‘arjiy Dehqon) — muhaddis, roviy va mirishkor dehqon.

Abu Ahmad Sog'arjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 970-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, Roviy, Mirishkor dehqon

Hayoti

tahrir

Toʻliq ismi Hasan ibn Ali ibn Jabroil Sogʻarjiy Dehqon boʻlib, Abu Ahmad esa uning kunyasidir. U xalq orasida Abu Ahmad Sogʻarjiy nomi bilan tanilgan. Manbalarda qayd etilishicha, Abu Ahmad Sogʻarjiy fiqh ilmi bilimdoni boʻlish bilan birga turli fazilatlar sohibi ham boʻlgan. U ulugʻ imom, hanafiylik mazhabi asoschisi, Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobit (80/699-150/767) ning maslakdoshlaridan hisoblangan. Abu Ahmad Sogʻarjiy boʻsh vaqtlarda asosan dehqonchilik bilan shugʻullangan[1].

Ustozlari

tahrir

Abu Ahmad Sogʻarjiy hadis ilmi sir-asrorlarini Abu Umayya Abbos ibn Toyyib Sogʻarjiy va Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan. Abu Ahmad Sogʻarjiydan koʻplab allomalar hadis rivoyat qilganligi yozma manbalarda qayd etilgan.[2]

Vafoti

tahrir

Abu Ahmad Hasan ibn Ali taxminan 360/970-yildan keyin oltmish yoshdan oshib vafot etgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 7.- Bayrut, 1998. 462.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 610.
  3. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 47.