Abu Amr Bujayriy Xushufag'oniy
Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو عمرو البجيري خوشوفغاني— Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufagʻoniy Samarqandiy Bujayriy) — roviy.
Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy | |
---|---|
Tavalludi |
IX asr. |
Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy IX asrda Xushufagʻon qishlogʻida tugʻilgan. Xushufagʻon — Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoning qadimiy Soʻgʻd viloyatiga qarashli Ishtixon va Kushoniya oʻrtasida joylashgan qishloq. Abu Amr Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Umar ibn Muhammad Bujayriyning akasidir.
Ustozi
tahrirAbu Amr Bujayriy hadis ilmi sir-asrorlarini Mavlo ibn Hoshim va Husayn ibn Asvad Kufiy va Muʼmil ibn Hishomlardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan[1].
Shogirdi
tahrirAbdurrahmon ibn Fath Siroj Samarqandiy kabi allomalar hadis rivoyat qilganlar.
Rivoyat qilgan hadis
tahrirNajmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Bujayr: Bizga Muʼmil ibn Hishom hadis aytdi, — dedi. U: Bizga Ismoil ibn Aʼliya, u esa Ayubdan, u esa Abu Qalobadan, u esa Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordik, biz oʻsha vaqtda yosh zabardast yigit edik. U zotning huzurlarida (shariat arkonlarini oʻrganish uchun) yigirma kecha boʻldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni oilamizga mushtoq boʻlgan deb oʻylab, ahlimizni qoldirib kelganlarimiz haqida soʻradilar, biz u zotning savollariga javob berdik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofidagilarga mehribon doʻst edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „Oilalaringizga qaytib boringlar, ularni (Islomga) buyuringlar, (dinni) oʻrgatinglar va mening namoz oʻqiganimni koʻrdingiz, xuddi shunday ularga namoz oʻqib beringlar. Namoz vaqti kirganda sizlardan biringiz azon aytsin va yoshi ulugʻingiz imomlikka oʻtib sizlarga namoz oʻqib bersin“, — dedilar", deb aytdi[2].