Abu Lays at-Tunkatiy (arabcha: أبو ليس التنكتي — Abu Lays Nasr ibn Hasan at-Tunkatiy) — roviy.

Abu Lays at-Tunkatiy hijriy yil hisobi bilan 406 (milodiy 1016) yili Shoshga yaqin boʻlgan Tunkat shahrida tugʻilgan. Baʼzi manbalarda "Abul Fath" kunyasi bilan ham keltirilgan. U gʻarb mamlakatlarida boʻlib, Andalusda bir necha muddat yashab qolgan. U oʻsha yerlik olimlardan dars olgan. Kezi kelganda Muslim ibn Hajjojning "Sahihul Muslim" kitobidan dars berargan. Umrlarining oxirigacha Nishopurda yashagan. Odamlar suv ichsin deb jomeʼ masjidida quduq qazgan. Koʻp xayrli ishlarga bosh-qosh boʻlgan[1].

Ilmiy safarlari

tahrir

Abu Lays at-Tunkatiy tijorat va ilm talabida Nishopur, Misr, Iskandariya va Andalusga borgan.

Ustozlari

tahrir

Abu Lays at-Tunkatiy Nishopurga borganida Abdulgʻofir al-Forisiydan "Sahihul Muslim" kitobidan taʼlim olgan. Undan tashqari Abu Hafs ibn Masrur, Abu Aʼmir al-Hasan an-Nisviy, Abulhasan ibn at-Taffol, Husayn ibn Muhammad al-Mʼorif va Ahmad ibn Dalhas al-Azriy kabi olimlardan taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti

tahrir

Abu Lays at-Tunkatiy hijriy yil hisobi bilan 486 (milodiy 1094) yilda Nishopurda vafot etgan va „Hayrat“ qabristoniga dafn qilingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J. 4. — Bayrut. Doru-l-fikr, 1998. 310.
  2. Shamsiddin Zahabiy. Tarixu-l-islam. J.33. — Bayrut: Doru-l-kitobi-l-arabiy, 1987. 193.