Muhammad Abu Numay II ibn Barakot ibn Muhammad (arabcha: محمد أبو نمي الثاني بن بركات بن محمد; tax. 1506-yil 3-may – tax. 1584-yil 23-yanvar) – 1512–1566-yillarda Makka sharifi. Dastlab otasi (1512–1525), keyinroq oʻgʻillari (1540–1566) bilan birga Makkaga hukmronlik qilgan[1].

Muhammad Abu Numay II
arabcha: محمد أبو نمي الثاني
Makka sharifi
Saltanat 1512–1566
Oʻtmishdoshi Qayitbay ibn Muhammad
Davomchisi Hasan ibn Abu Numay
Hamkor hukmdor Barakot II
Ahmad ibn Abu Numay
Hasan ibn Abu Numay
Farzandlari
  • Ahmad – Makka sharifi
  • Hasan – Makka sharifi
Uy
Otasi Barakot II

Muhammad Abu Numay hijriy 911-yil Zulhijja oyining 9-kuniga oʻtar kechasi Makkada tugʻilgan (tax. 1506-yil 3-may). Sharif Barakot II ning oʻgʻli[2][3]. Onasi Madina amiri Humaydon ibn Shomon al-Husayniyning qizi Sharifa Gʻabya boʻlgan[4].

Abu Numay olti yoshida Misr sultoni Qansuh al-Gʻavriy tomonidan otasi bilan birga hamkor hukmdor etib tayinlangan[2][3]. 1517-yilda Usmonlilar davlati Misrni bosib olgandan soʻng, Barakot suverenitetdagi oʻzgarishlarni tezda tan oldi. U Abu Numayning qoʻliga sovgʻa-salomlarni tutqazib, Qohiraga sulton Salim I ning huzuriga yubordi. Salim II esa Barakot va Abu Numayni Hijoz hukmdorlari lavozimlariga tasdiqladi[5][6][3]. Otasining vafotidan keyin 1525-yilda Abu Numay Hijozning yakka hokimligini oʻz zimmasiga oldi. Keyinchalik hijriy 947-yilda (milodiy 1540) sulton Sulaymon I dan toʻngʻich oʻgʻli Ahmadni[7][2][3], soʻngra Ahmadning vafotidan keyin hijriy 961-yilda (milodiy 1554) keyingi oʻgʻli Hasanning oʻziga hamkor hukmdor etib tayinlanishini soʻradi[7][6][3].

Hijriy 974-yilda (milodiy 1566-1567) Abu Numay sharif Hasanning hokimiyat tepasiga kelishi uchun taxtdan oʻz xohishiga koʻra voz kechdi. Nafaqaga chiqqanidan soʻng oʻz vaqtini ibodat va diniy ilmlarga bagʻishladi. Oʻgʻliga hokimiyat boshqaruvida maslahatlar berib turdi[5][2][3]. Hijriy 992-yilning Muharram oyi 9-sanasida (tax. 1584-yil 23-yanvar) Makka janubidagi Vodi al-Abarda vafot etdi[lower-alpha 1]. Al-Masjid al-Haromda uning janoza namozi oʻqilib, Jannat ul-Muallaga dafn etilgan, qabri ustiga qubba qurilgan[5][2][3][6].

Izohlar

tahrir
  1. Koʻplab manbalarda uning Muharram oyining 9-kunida vafot etganligi haqida maʼlumot keltirilgan, Dahlanning yozishicha, „u Muharram oyining toʻqqizinchi kunida vafot etgan, shuningdek, uning 992-yil Muharram oyining oʻninchi kunida vafot etganligi ham aytiladi...“

Manbalar

tahrir
  1. de Zambaur 1927.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 al-Ghāzī 2009.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Daḥlan 2007.
  4. al-’Anqāwī 2005.
  5. 5,0 5,1 5,2 al-Sibā‘ī 1999.
  6. 6,0 6,1 6,2 Uzunçarşılı 2003.
  7. 7,0 7,1 al-‘Aṣimī 1998.

Adabiyotlar

tahrir
  • de Zambaur, E.. Manuel de généalogie et de chronologie pour l'histoire de l'Islam. Hanovre: Heinz Lafaire, 1927. 
  • Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Ashrāf Makkat al-Mukarramah wa-umarāʼihā fī al-ʻahd al-ʻUthmānī, 1st (ar), Beirut: al-Dār al-‘Arabīyah lil-Mawsū‘āt, 2003. 
  • al-Sibā‘ī, Aḥmad ibn Muḥammad Aḥmad. Tārīkh Makkah (ar). al-Amānah al-‘āmah lil-iḥtifāl bi murūr mi’ah ‘ām ‘alá ta’sīs al-Mamlakah al-‘Arabīyah al-Su‘ūdīyah [1419 AH (1998/1999)], 1999. 
  • al-‘Aṣimī, ‘Abd al-Malik ibn Ḥusayn. Samṭ al-nujūm al-'awālī fī anbā' al-awā'il wa-al-tawālī (ar) ‘Ādil Aḥmad ‘Abd al-Mawjūd: . Bayrūt: Dār al-Kutub al-‘Ilmīyah, 1998. 
  • al-’Anqāwī, Aḥmad Ḍiyā’ ibn Muḥammad. Mu'jam ashrāf al-Ḥijāz fī Bilād al-Ḥaramayn, 1st (ar), Bayrūt: Mu’assasat al-Rayyān, 2005. 
  • al-Ghāzī, ‘Abd Allāh ibn Muḥammad. Ifādat al-anām, 1st (ar) ‘Abd al-Malik ibn ‘Abd Allāh ibn Duhaysh: , Makkah: Maktabat al-Asadī, 2009. 
  • Daḥlan, Aḥmad Zaynī. Khulāṣat al-kalām fī bayān umarā' al-Balad al-Ḥarām (ar). Dār Arḍ al-Ḥaramayn [1887/1888], 2007. 
Abu Numay II
Tavalludi: tax. 3-may 1506-yil Vafoti: tax. 23-yanvar 1584-yil
Humkdorlik unvoni
Oldingisi Makka sharifi
1512–1566 (1512–1525)
Keyingisi
Hasan ibn Abu Numay