Adam Hložek (2002-yil, 25-iyulda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi Bayer Leverkusen va Chexiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Adam Hložek
Hložek Czech Republic U21 safida 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adam Hložek
Tavallud sanasi 25-iyul 2002-yil (2002-07-25) (21 yosh)
Tavallud joyi Ivančice, Chexiya bayrogʻi Chexiya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Germaniya Bayer Leverkusen
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008-2014 FC Ivančice
2014-2018 Sparta Prague
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018-2022 Sparta Prague 105 (34)
2022- Bayer Leverkusen 3 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Czech Republic U15 5 (4)
2017-2018 Czech Republic U16 10 (7)
2018-2019 Czech Republic U17 10 (5)
2019- Czech Republic U21 8 (3)
2020- Czech Republic 18 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(20-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 12-iyun uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

  Sparta Prague tahrir

Hložek oʻzining tugʻilgan klubi Ivančicedan akasi Daniel bilan Sparta Praguega oʻtganida 12 yoshda edi[1]. Oradan atigi 4 yil o‘tib, 2018-yilning 2-oktyabr kuni u Chexiya kubogi doirasidagi Slavoj Polnaga qarshi o‘yinda asosiy jamoa safida debyut o‘yinini o‘tkazdi va safarda 4:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda yakuniy golni kiritdi[2]. Hložek 2018-yilning 10-noyabr kuni Karvinada 3-1 hisobida g‘alaba qozongan Sparta Prague safidagi ligadagi debyutini 16 yosh, 3 oy va 16 kunligida o‘tkazdi va liga o‘yinida maydonga tushgan eng yosh Sparta o‘yinchisiga aylandi[3][4].

Hložek Chexiya Birinchi Ligasining 2020-21-yilgi mavsumida jarohat tufayli toʻrt oyni oʻtkazib yuborganiga qaramay, Jan Kuchta bilan birga 15 gol bilan birgalikda eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunladi[5]. 2021-yil, 30-may kuni, Zbrojovka Brno mehmoni bo‘lib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda birinchi bo‘limda to‘rtta gol urganidan bir kun o‘tib, Hložek Sparta Prague bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Hložek 2020/21-yilgi mavsumni 19 oʻyinda 15 gol va 7 golli uzatma bilan yakunladi.

  Bayer Leverkusen tahrir

2022-yil, 2-iyun kuni vinger Germaniyaning Bayer klubiga o‘tib, besh yillik shartnoma imzoladi[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

U Chexiya terma jamoasidagi debyutini 2020-yil, 4-sentyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Slovakiyaga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[7]. 2021-yil may oyida Hložek Chexiya tomonidan UEFA Yevro-2020 kampaniyasiga chaqirildi[8]. Hložek ilk xalqaro golini 2021-yil oktyabr oyida Jahon chempionati saralashida Belarusga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 20-avgust holatiga ko'ra
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sparta Prague 2018-19 Chexiya birinchi ligasi 19 3 4 1 23 4
2019-20 34 7 4 1 1 1 39 9
2020-21 19 15 3 0 1 0 23 15
2021-22 33 9 3 1 11 2 47 12
Jami 105 34 13 3 13 3 132 40
Bayer Leverkusen 2022-23 Bundesliga 3 0 1 1 0 0 4 1
Karyera jami 108 34 15 4 13 3 0 0 136 41

Xalqaro tahrir

2022-yil, 12-iyun holatiga ko'ra[10]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Chexiya Respublikasi 2020 2 0
2021 10 1
2022 6 0
Jami 18 1

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chexiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Adam Hložek tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[11]
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil, 11-oktyabr Markaziy stadion, Qozon, Rossiya   Belarus 2 — 0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Individual tahrir

Mukofotlar

  • Yilning Chex isteʼdodi: 2019[12]

Manbalar tahrir

  1. David Čermák. „Úkaz jménem Hložek. Proč sparťanský teenager boří ligové rekordy?“ (cs). idnes.cz/fotbal (2019-yil 11-mart).
  2. ČTK, isport. „Polná – Sparta 1:4. Pražané v poháru postupují, outsider ale vzdoroval“ (cs). isport.blesk.cz//fotbal (2018-yil 2-oktyabr).
  3. Seznam.cz. „Nový Lafata z vlastní líhně? Hložek má titul nejmladšího sparťana“. www.sport.cz.
  4. „Za minutu přepsal historii. Hložek je nejmladším sparťanem v české lize“ (cs). iDNES.cz (2018-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 15-dekabr.
  5. „Sparta na závěr sezony deklasovala Brno, Slavia porazila Budějovice. Hložek čtyřmi góly dotáhl Kuchtu“ (cs). iROZHLAS (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  6. „Adam Hložek signs a new contract!“. AC Sparta Prague (2021-yil 30-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
  7. „Slovakia v Czech Republic game report“. UEFA (2020-yil 4-sentyabr).
  8. „Euro 2020 squads: France, Spain, Germany & every official tournament panel list“. Goal (2021-yil 30-may).
  9. „Czechs defeat Belarus 2:0 in World Cup qualifier, make playoffs“. Radio Prague (2021-yil 12-oktyabr). 2021-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Strack-Zimmermann, Benjamin „Adam Hložek“. National Football Teams. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  11. „Adam Hložek - Fotbal - iDNES.cz“ (cs). iDNES.cz. Qaraldi: 2021-yil 11-oktyabr.
  12. „Talent roku: Adam Hložek“ (cs). sparta.cz. AC Sparta Prague (2020-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 23-mart.