Adhamjon Abdullajon ugli Ergashev (1999-yil 12-martda tugʻilgan, Namangan) – oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilgi ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.

Adhamjon Abdullajon oʻgʻli Ergashev

Ergashev 2018-yilgi Osiyo Oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 12-mart 1999-yil (1999-03-12) (25 yosh)[1]
Navroʻzobod,Namangan,
Oʻzbekiston[2]
Boʻyi 158 cm[2]
Vazni 66.90 kg (147.5 lb)
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Klubi Oʻzbekiston milliy terma jamoa
Murabbiy(lar)i Mansurbek Chashemov
Bakhrom Abdumalikov[2]
Medallar
Sport mukofotlari
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 62 kg
Osiyo chempionati
Oltin Manama 2022 67 kg
Oltin Toshkent 2020 67 kg
Islom birdamlik oʻyinlari
Oltin Konya 2021 67 kg
Yoshlar oʻrtasida Olimpiada chempionati
Bronza Nanjing 2014 56 kg
Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati
Oltin Suva 2019 67 kg
Oltin Toshkent 2018 62 kg
Kumush Wroslaw 2015 62 kg

Sportdagi faoliyati

tahrir

Adhamjon Ergashev 1999-yil 12-martda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2016[3], 2018[4] va 2019-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.

2014-yilda oʻtkazilgan ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u bronza medalini qoʻlga kiritadi[5].

2015-yilda Xyustondagi jahon chempionatida u yakuniy 19-oʻrinni egalladi. Ergashev ikki yildan keyin Anaxaymda u 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda kichik bronza medali sohibiga aylanadi.

2018-yilda Jakartada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 62 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi.

2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni egallaydi.

2019-yil sentyabr oyida Pattaya shahridagi jahon chempionatida Adhamjon 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida tosh koʻtarishda (328 kg) kichik bronza medaliga sazovor boʻladi. Yakuniy bayonnomada esa toʻrtinchi boʻldi.

Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi ogʻir atletikachi Adhamjon Ergashev uzoqni koʻzlay olmadi, chunki saralash dasturida u faqat oltinchi natijani qayd etdi[6].

Oradan vaqt oʻtib, 2021-yilda u „Shuhrat“ medali bilan taqdirlanadi[7].

Asosiy natijalari

tahrir
Yil Joy Vazn Urunish (kg) Halol & Chala (kg) Umumiy Oʻrni
1 2 3 Oʻrni 1 2 3 Oʻrni
  Oʻzbekiston nomidan ishtirok etyabdi
Olimpiada oʻyinlarida
2021   Tokyo, Yaponiya 67 kg 139 139 144 7 173 184 184 5 312 6
Jahon chempionati
2014   Almati, Qozogʻiston 62 kg 108 111 114 31 127 127 127 31 241 27
2015   Houston, United States 62 kg 117 119 122 25 148 152 156 14 278 19
2017   Anaheim, AQSh 62 kg 129 129 135   157 157 164 8 292 4
2018 Ashxobod   Turkmaniston 61 kg 132 133 136 JWR 4 157 160 166 10 293 JWR 6
2019 Pattaya   Tailand 67 kg 143 146 JWR 151 4 173 179 182 JWR   328 JWR 4
Osiyo oʻyinlari
2018   Jakarta, Indonesia 62 kg 128 133 136 2 158 162 165 4 298  
Osiyo chempionati
2016   Toshkent, Oʻzbekiston 62 kg 123 125 130   152 152 153  –  –
2017   Ashxobod, Turkmaniston 62 kg 123 128 128 5 150 155 158   286 4
2021   Toshkent, Oʻzbekiston 67 kg 140 140 140 5 170 176 181   316  
2022   Manama, Bahrain 67 kg 134 138 138   169 173 176   314  
2023   Jinju, Janubiy Koreya 67 kg 130 134 138 6 162 168 174   312  
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati
2015   Wrocław, Polsha 62 kg 118 121 124   148 151 157   275  
2016   Tbilisi, Gruziya 62 kg 124 127 130 4 148 154 159 5 284 4
2018   Toshkent, Oʻzbekiston 62 kg 125 130 135   155 160 165   295  
2019   Suva, Fiji 67 kg 136 136 141   167 171 173   314  
Qatar Kubogi
2018   Doha, Qatar 67 kg 134 139 142   163 168 171   310  
2019   Doha, Qatar 73 kg 136 141 141 8 167 174  – 6 310 6


Manbalar

tahrir
  1. „ADKHAMJON ERGASHEV“. IOC. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 Adkhamjon Ergashev (Wayback Machine saytida 2018-08-22 sanasida arxivlangan). asiangames2018.id
  3. „Results by Events“ (en). International Weightlifting Federation. 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  4. „IRAWAN World Champion“ (en). International Weightlifting Federation (2018-yil 3-noyabr). 2019-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  5. „Bronze medalist Adkhamjon Ergashev of Uzbekistan in the men's weightlifting 56kg“ (en). International Olympic Committee (2016-yil 24-iyun). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-sentyabr.
  6. Uzbekistan na OI-2020: itogi vtorogo dnya uz.sputniknews.ru25.07.2021
  7. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (2021-yil 13-avgust). 2021-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust.