Afrosiyob qadimiy shahar manzilgohining sharqiy qismida joylashgan Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi Sharof Rashidov tashabbusi bilan 1970-yil 24-oktabrda chilgan.

Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi
Afrasiabmain.jpg
Asos solingan sana 1970-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Samarqand viloyati, Samarqand shahri, I.Karimov koʻchasi
Keluvchilar soni 35 716 (2022-yil)
Direktor S.Mustafaqulov
Sayt https://samarkandmuseum.uz/

Koordinatalari: 39°40′9.62″N 66°59′36.06″E / 39.6693389°N 66.9933500°E / 39.6693389; 66.9933500 G O

Ekspozitsiya tahrir

Muzeyning 1- zalida Afrosiyob vayronalarini arxeologik oʻrganish tarixi boʻyicha XIX-asrning oʻrtalarigacha boʻlgan materiallar, shaharning arxeologik ob’ektlari va maʼmuriy obidalari koʻrsatilgan relefli xarita joylashgan.

Ikkinchi zalda shahar hayotining ilk asrlari tarixi bilan bogʻliq buyumlar: kulolchilik xumdoni oʻchogʻining maketi, mil. avv. VI-IV asrlar sopol idishlari, tosh va metallardan yasalgan buyumlar joylashtirilgan.

Uchinchi zalda, ellinizm davri bilan bogʻliq buyumlar oʻz oʻrnini topgan boʻlib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarogʻ, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yogʻoch buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yogʻoch sinchkorlik boʻlaklari joylashgan.

Samarqandliklarning milodiy I-IV asrlardagi maʼnaviy hayoti va roʻzgʻorini yorituvchi ashyolar toʻrtinchi zalda oʻz oʻrnini egallagan boʻlib, ulardan milodiy IV asr mehrob-oʻchoq, terrakota haykalchalari, roʻzgʻor buyumlari, suyaklar solingan ostodon namoish etilgan.

Beshinchi zalda, olov va ajdodlar ruhi eʼtiqodi bilan bogʻliq buyumlar: ossuariylar, uyning ibodat qilish qismi, devoriy suratlar, raqqosa shaklidagi yogʻoch haykal-ustunlar, soʻgʻd yozuviga ega boʻlgan buyumlar – teri (konvert), xum, porsang. Shu bilan birga temir, suyak va sopoldan yasalgan roʻzgʻor buyumlar oʻz oʻrnini topganlar.

Muzeyning eng nodir eksponatlari orasida markaziy zaldagi, muzey binosidan bir-necha yuz metr gʻarbda 1965-yilda topilgan VII asrga oid saroy qabulxonasi devorlarini bezab turgan devoriy suratlari alohida oʻrinni egallaydi. U VII asrning uchinchi choragida Samarqandda hukmronlik qilgan Varxuman oilasining qarorgohi boʻlgan. Toʻrt devorda toʻrt kompozitsiya syujetlari – Samarqand hukmdori tomonidan elchilarni qabul qilinishi, maqbaraga tantanali safar, ilvirs ovi va boshqalar tasvirlangan.

Muzeyidagi „elchilar zali“ (mil. VII asr oʻrtalari) tahrir

Afrosiyob muzeyidagi markaziy zalda taqdim etilgan devoriy tasvirlar oʻz davrining nodir sanʼat asari hisoblanib, mehmon kutish xonalarini bezar edi. Ular tasodifan Toshkent yoʻlini qurish paytida yerga koʻmilib yotgan devorni ochib tashladi, keyinchalik bu devoriy suratlar maxsus usullar bilan muzeyning markaziy xonasiga koʻchirilib, 1985-yildan boshlab koʻrgazmaga qoʻyilgan. Arxeologik qazishma ishlaridan soʻng, ushbu joy yuqori tabaqali kishining mehmonxonasiga tegishliligi aniqlandi. Aniqrogʻi, bu shoh Varxumanning mehmonlar qabul qilish xonasi boʻlib, u VII asrning uchinchi yarmida hukmronlik qilgan.

GʻARBIY DEVOR tahrir

 
gʻarbiy devor

Kirishdan roʻparada. Yuqoridan chapda, tasvir saqlanib qolgan joyda, oq kiyim kiygan kishining surati va kiyimining etagida 16 ta sugʻd yozuvi saqlanib qolgan. Bu satrlar unash naslidan boʻlmish shoh Varxumanning elchilarni qabul qilish marosimiga taluqlidir. Xitoy solnomachilari bu nom bilan faqat bitta shoh Varxumanni bilganlar; 655-yilda Tan davlatiga shoh Varxuman elchilarini fuqoralik masalasi boʻyicha yuborgan, bu aftidan Eron bilan boʻlgan urush tugallanganidan soʻng, arablardan kutilgan xavf-xatarga qarshi boʻlgan amal boʻlsa kerak.

Gʻarbiy devorning pastki qismida tasvirlangan sovgʻa olib borayotgan elchilarning tantanali yurish marosimi satrlarda koʻrsatilgan yozuvlarga mos keladi. Bu sahna ochiq joyda tasvirlangan boʻlib, bizning koʻz oʻngimizda qurollar toʻplami, tirgakka oʻrnatilgan nayzalar, oʻng tomonda gʻalati niqoblar bilan bezatilgan qalqonlar uyumi tasvirlangan.

 
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy zodagonlar, Samarqand, 650 yil

Ikkinchi qatordagi tasvirlar esa tomoshabinga orqasi bilan oʻtirgan uzun sochli kishilar boʻlib, ular aftidan hokimiyatning shaxsiy gvardiyasini tashkil etgan turklar boʻlgan. 550-630 yillar oʻrtalarida sugʻd xonliklari Markaziy Osiyoda birinchi yirik davlat „Gʻarbiy turklar“ (gʻarbiy turkiy kogʻonot) imperiyasiga tobe edilar va kogʻonotning yemirilishidan soʻng, oʻzlari koʻpgina harbiy qismlar tuzishdi. Yozuvlar oldida turgan uchta soqolli kishilar qilich va xanjar bilan qurollangan boʻlib, shoyi kiyimlar kiyinishgan, yaktaglari har xil jonivorlar rasmi bilan bezatilgan, ular oʻsha davrdagi sosoniy Eroni va Xitoygacha tarqalgan uslub boʻyicha kiyinishgan. Ularning biri taqinchoq va bezaklar, boshqalari shoyi toʻplami olib ketyaptilar. Oq va qora rangdagi odamlarning navbat bilan kelishi, Sugʻdda ikki xil tusdagi odamlar boʻlganidan darak beradi. Yozuvda koʻrsatilganidek, qoraroq tusdagi markaziy personajni, mansabi boʻyicha, Shosh (Toshkentning eski nomi) hukmdorining devonxona boshligʻiga oʻxshatish mumkin. Oʻngroqda oddiy kiyingan, jismonan mugʻullarga mansub kishilar turibdi. Ulardan biri (shikast yetgan devorning oʻngrogʻida) belida roʻmol osilgan qoʻshnisining ortidan roʻmoliga teginib turibdi (bu rasm boʻlagini fransuz mutaxassisi Aliks Barbe taʼmirlash ishlari vaqtida aniqladi).

Devorning oʻrta qismida bir-biriga simmetrik ikkita guruh marosimga tantanali chiqmoqda. Oʻng tomonda esa qora qalpoqlar kiygan, mevalar va shoyi gazlamalar koʻtargan Xitoy elchilari boryapti. Bu yerda boshqa xitoyliklarning ham qizil hoshiya bilan belgilangan tasviri koʻzga tashlanadi. Izlanishlarga koʻra, rasmlar ustida ishlanayotgan paytda kompozitsiya oʻzgartirilgan. Bu personajlardan oʻng tomonda sochlari uzun turklar boryapti, bu galda ular chet el elchilari sifatida tasvirlangan. Oʻngroqdagi uch kishi tasvirlangan, ular yoqaga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoqsimon ustki kiyimda, oyoqlarida uzun paypoq etiklar kiygan, aftidan bu odamlar togʻli xonliklar elchilari boʻlgan (hozirgi davrda bu tasvirlar arang koʻrinadi). Bularning orqasidan sochlarida parlar bogʻlangan ikki kishi turibdi. Bu bosh kiyimi, 699-yilda Xitoy Tan imperiyasi tarkibiga birlashtirgan Koguryo shohligiga mansub koreyslarga oiddir. Bu tasvirlardan yuqori qismida devor buzilgan boʻlib, hozirgi vaqtda u yerda nima tasvirlangani nomaʼlum.

SHIMOLIY DEVOR tahrir

 
shimoliy devor

Oʻng tomondan boshlanadigan shimoliy devorning kompozitsiyalari esa boshqa olamga chorlaydi. Biz goʻyoki Samarqandda emas, Xitoydamiz. Chap tomonda ikkita sayr qayiqlarida ayollar tasvirlangan, birinchisi yaxshi saqlangan. Qayiqning quyi tomonida musiqachilar turli musiqa asboblar bilan tasvirlangan, boshqalariga qaraganda yirikroq tasvirlangan ayol-xonzoda (qirolicha) boʻlgan. Oldinda esa boshqa sahna koʻrinadi: xizmatkor ayol boshqasining qoʻlidan tutib, yarashmoqchi boʻlyapti va xonzodaga ishora qilyapti, u esa ikkalasini tinchlantirib, yarashtirib qoʻymoqda. Marko Polo davrida Xitoyni ajib jonivorlarsiz tasavvur qilib boʻlmaganidek, bu yerda ham VII asrga mansub, suvda har xil gʻayritabiiy jonivorlar: echki boshli va ilon dumli ajdaholar suzib yuribdi. Oʻngroqda soxta soch kiygan odam, suvda suzayotgan otning dumidan ushlab turibdi. Toʻlqinli chiziq tasvirni ikkiga ajratib turibdi, aftidan ikki togʻ etagini eslatadi. Bu yerda Tan davriga oid kiyingan xitoyliklar qoplon ovlamoqdalar. Yana oʻngroqda boshqa shakllarga nisbatan yirikroq tasvirlangan, lekin yomon saqlangan asosiy otliq kishi tasviri bor. Sugʻd madaniyatining sharti boʻyicha, rasmlardagi nomutanosiblik xudolar va shohlarni bildiradi. Bunda Xitoy imperatori haqida gap ketadi, uning xotinini biz yuqorida koʻrdik.

Shunday qilib, biz bu yerda shoh Varxumanning xitoyliklarga qarata, fuqoralikka qabul qilishlik iltimosini, yaʼni dadil chet el mustaqilligi tasvirlanganligini koʻrib turibmiz. Chunki sugʻdliklar xitoyliklarni hayot quvonchlarini sezuvchi buyuk xalq sifatida yuqori baholar edilar. Ovdagi botirlik xuddi jang maydonlaridagi mardlik kabi edi. Lekin soʻnggi oʻn yilliklar tarixi shuni koʻrsatadiki, xitoyliklarning arab istilochilariga qarshi harbiy yurishlari natijasining salbiyligi sugʻd shohining xitoyliklarga nisbatan umidi yanglish ekanini koʻrsatdi.

JANUBIY DEVOR tahrir

 
janubiy devor


Kirishdan chapdagi janubiy devor boʻyoqlari yaxshi saqlanganligi izohlashda qiyinchilik tugʻdiradi. Avval bu devor rasmini chet el elchilarining Samarqandga tantanali kirishi tasvirlangan deb taxminan qilingan. Professor B.I. Marshak (Ermitaj, S. Peterburg) yanada ishonchliroq izohni berdi. Marosimning alohida oʻrni shundaki, harakat qilayotganlar markaziy sahna tomon emas unga qarama-qarshi tomonga sharq tomon uzoqlashmoqda. Tantanali yurishning soʻnggi joyi (chap tomonga qaralsin) shahar emas, alohida turgan bino boʻlib, u yerda bir necha kishi turibdi. Xitoy yilnomalaridan maʼlumki, har yili zardushtiylar yangi yilda (Navroʻz ayyomida) sugʻd hukmdorlari, ajdodlari (ota-onalari) qabrlarini ziyorat qilar edi. Bu qabrlar poytaxtdan janubiy-sharq tomonda boʻlib, bu tomon jannat tomon yoʻl hisoblangan. Ziyoratning oxirida jonivorlar soʻyilib, qurbonlik qilingan, kompozitsiyaning markaziy qismida shu marosimlar aks ettirilgan. Devordagi suratda ogʻzi bogʻlangan ikki kishi tasvirlangan. Bu yerda zardushtiylar kohini emas, balki bayramona kiyingan, qurollangan aslzodalar tasvirlangan, ular qurbonlik jonivorlarini olib bormoqdalar. Bu jonivorlardan biri kulrang ot boʻlib, u egarlangan, lekin chavandozsiz; yana biri toʻrtta gʻoz koʻtarib boryapti, ularning qanotida sugʻd yozuvi keltirilgan. Har xil hujjatlarda koʻrsatilishicha, egarlangan ot qurbonlik qilishda foydalanilgan va u quyosh xudosi va oʻliklar hakami Mitraga atalgan. Gʻozlarga esa cheksiz davr xudosi Braxmaga taqqoslanadigan Zurvanga baxshida etilgan. Zurvan toʻrt xil shaklda boʻlib, uning ramzi yovvoyi gʻozlar edi. Qurbonliklar oldidan ikkita chavandoz tuyada qoʻlida aso bilan bormoqda. Bu marosimiy yurishning oxirida sariq ot ustida boʻynida tumor va qoplon terisi tashlangan, qizil koʻylakda ulkan odam, shoh Varxuman tasvirlangan. Shoh tasvirlangan joyda, xuddi shimoliy devordagi Xitoy imperatorining turgan joyi bilan mos keladi. Shohning avlodlari yotgan joy yaqinida oq fil tasviri boʻlib, uning ustidagi taxtiravonda yuqori mansabdagi ayol oʻtiribdi, u shoh Varxumanning xotini boʻlsa kerak. Uning orqasidan egarlangan otlar ustida uchta yosh juvonlar tasvirlangan, ayollarning birining bilagida „mansabdor beka-xonim“ yozuvi saqlanib qolgan. Bundan yuqorida esa mansabdor chavandozlar safi boʻlib, faqat otlarining oyoqlari koʻrinmoqda, ular aftidan turk gvardiyasi boʻlishi kerak.

SHARQIY DEVOR tahrir

 
sharqiy devor

Sharqiy devorning oʻrta qismi, zalga kirishning asosiy qismini tashkil etadi. Suvda suzayotgan baliqlar, choʻmilayotgan bolalar, hoʻkizlar tasviri yaxshi saqlangan. Ehtimol, bu Hindistonni eslatadi yoki zardushtiylarni u dunyodagi jannatiy holatini, yaʼni marhumlar va tiriklarni ajratuvchi daryoni eslatadi.

Izoh. Mulohaza va fikrlar shuni koʻrsatadiki, uchala devordagi syujetlarning mazmun-maʼnosi yagona maqsadga qaratilgan, yaʼni Shoh Varxuman siyosatiga uch xil nuqtai nazardan qarashdir. Birinchidan gʻarbiy devorda tasvirlangan tantanali diplomatiya, ikkinchidan shimoliy devorda Xitoy bilan ittifoq va uchinchidan janubiy devorda tasvirlangan diniy marosimdir. Diniy marosim Samarqand uchun yangilik edi, chunki oʻsha davrda barqaror bir sulola yoʻq edi, zero 710-yilda Tarxun shoh yakka hukmronligini „xalq“ (oqsoqollar majlisi) olib tashlagan edi. Shoh Varxuman tarixiga kelsak, uning yakka huqumdorllikka asos solish harakati behuda boʻldi, 675-yilda ilk bor arablar hujumidan soʻng shahar qisqa vaqt shohsiz qoldi. Qazish ishlaridan maʼlum boʻldiki, devoriy suratlar bizgacha qanday holatda yetib kelgan boʻlsa, yaʼni gʻaraz bilan suratlarga shikast yetkazilgan, bu holni arablarga toʻnkarish kerak emas, chunki suratli zalga arab fotihlarigacha boʻlgan davrdan oldin, xarsang tosh yotqizib qoʻyilgan edi, shuning uchun suratlar saqlanib qolgan. Bu vandalizm harakati aftidan gʻalayonli paytlarda yaʼni Varxuman shohligining yemirilishi davrida boʻlgan. Lekin bu haqda yozma manbalarda hech narsa yozilmagan. Suratlar bitta rassom qoʻli bilan boʻlmasada (Aleks Barbi, bu yerda ikkita rassom qoʻlini aniqladi), bir ustaxonada, bitta gʻoya va mukammal uslub asosida yaratilgan. Rassomlar albatta, Xitoy sahnalarini, manzaralarini tasvirlash uchun alohida koʻrsatmalarga, chizma-qoralama eskizlarga ega boʻlishlari kerak edi.

Panjakent suratlari tahrir

Panjakentdagi (Samarqanddan 60 km sharqda) koʻp beqiyos devoriy suratlarni Afrosiyobdagi tasvirlar bilan taqqoslaganda, Afrosiyob suratlari Panjakent suratlaridan farqli oʻlaroq oʻzining ajoyibligi va ijodkorligi bilan ajralib turadi. Agar Panjakentda uchta katta mavzu (din, botirlik, masalchilik) tasvirda oʻzining alohida oʻrniga ega boʻlsa, Afrosiyob suratlarida esa, syujetlar erkin joylashtirilgan boʻlib, tasvirlarning mukammal oʻrni bor. Panjakent aslzodalari va savdogarlaridan farqli oʻlaroq shoh Varxuman bu ishga mamlakatning eng sara badiiy ustaxonasini taklif qilgan.

Ikkinchi qavat ekspozitsiyasi tahrir

Markaziy Osiyoga arab istilosi davridan Chingizxon bosqinigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Samarqand shahri ancha kengayib hozirgi eski shahar oʻrniga qadar mudofaa devori bilan oʻrab olinadi. Namoyishning boshlanishi Afrosiyob shaharchasining suv taʼminoti tizimi va shahar xaritasining namoyish qilish bilan boshlanadi. Afrosiyobda oxirgi 15 yil davomida qazib ochilgan, Xuroson xalifaligining vakili Abu Muslim davriga oid saroy tarhi bilan tanishasiz. Saroy tarxi qadimgi Soʻgʻdiyona anʼanalaridan farqli oʻlaroq Suriya, Messopotamiyada maʼlum boʻlgan Ummaviylar meʼmoriy ananalari tasiri kuzatiladi. Qazishma davomida oʻz davrining ommaviy bezak usullarining uchramaganligi olimlarni Abu Muslim saroyi bitmay qolgan degan xulosaga olib keldi.

Muzey koʻrgazma zallaridagi topilmalar oʻrta asr shahar tizimi asosida namoyish etilmoqda. Muzeyning boshlanish zallarida shaharning ishlab chiqarish qismi boʻlgan rabot keyin arki aʼlosi va shahristondan topilgan osori-atiqalar namoyish etilgan. Siz unda oʻrta asr sopol ishlab chiqarish texnologiyasi, temirchilik, shishasozlik namunalari va meʼmoriy bezakli gʻishtlar pishirish xumdonlarini maketlari va gʻisht namunalari bilan tanishasiz.

Yozma manbalarida oʻrta asrlarda Samarqandda yuzdan ortiq hammomlar boʻlganligi aytiladi. Mana shunday hammomlardan birining maketi, toshnov, tahoratxona qismlari ekspozitsiyadan oʻrin olgan. Shahar raboti osori-atiqalari namoyishidan arki aʼlo qismiga oʻtishda harom bilan halol tushunchalarini tutgan oʻrniga alohida urgʻu beriladi. Shahar arki aʼlosida katta hajmdagi arxeologik qazishma ishlari shaharning jomeʼ masjidi oʻrnida olib borilgan. Qadimda ibodatxona yoki masjidlar madaniyat va maʼrifat oʻchogʻi boʻlganligiga shohid boʻlasiz. Afrosiyobning qoraxoniylar hokim-saroyidan topilgan devoriy suratlarning foto nusxasi ilk bor keng omma uchun namoyish etilmoqda. Afrosiyobning shahriston qismida ochilgan zodagonlar turar joyining maket va qazishma chogʻida topilgan osori-atiqalar namoyish etilmoqda. Muzey koʻrgazmalar zalida shuningdek toshtaroshlikni tosh qozonlari namoyish etilgan. Koʻrgazmalarimiz orasida oʻz davrining savdo aloqalarini namoyish etuvchi Erondan keltirilgan koshin idishlar va ularga taqlid sifatida yasalgan mahalliy idishlar oʻrin olgan.

Umuman ikkinchi qavat mavzusi musulmon renissansining rivojlanish bosqichlarini qisman boʻlsada oʻz ichiga oladi.

Afrosiyob muzeyi fondlarida arxeologik ekpeditsiyada topilgan buyumlar saqlanmoqda. Aksariyati qurilish materiallari (gʻisht, oʻymakor koshinlar), sopol, shisha, metall, suyak va tosh buyumlaridir.

Qayta taʼmirlash tahrir

Samarqand viloyatida 2016−2017-yillarda 15 madaniy yodgorlik obyektini restavratsiya qilish va ular bilan yondosh hududlarni obodonlashtirish boʻyicha ishlar amalga oshirildi. Bu haqda „Oʻzbekturizm“ Milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi[sayt ishlamaydi].

Yana qarang tahrir