Ahad Ochilov (1912-yil, Samarqand, Rossiya imperiyasi – 1989-yil 14-noyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – davlat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1].

Ahad Ochilov
Tavalludi 1912-yil
Vafoti 14-noyabr, 1989-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Hayoti

tahrir

Ahad Ochilov 1912-yilda Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatining Samarqand shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatgach, 1927-yilda Samarqand davlat universitetining pedagogika fakultetiga oʻqishga qabul qilingan. Ushbu oliygohni 1931-yil muvaffaqiyatli tamomlagan. Ahad Ochilov 1931-yildan 1932-yilgacha Samarqand shahridagi maktablarning birida boshlangʻich sinf oʻquvchilariga dars bergan. U 1932-yil Dushanbe shahriga koʻchib oʻtgan. Ahad Ochilov 1932-yildan 1933-yilgacha Tojikiston Oliy sudida kotib sifatida ishlagan. U 1933-yilda Hisor xalq sudi sudyaligiga tayinlangan. 1937-yildan 1938-yilgacha ichki ishlar xalq komissarligida harbiy inspektor lavozimida ishlagan. Ahad Ochilov 1939-yildan 1941-yilgacha Tursunzoda moliya boʻlimiga rahbarlik qilgan. U 1941-yildan 1942-yilgacha Tursunzoda Ijroiya qoʻmitasi instruktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ochilov 1942-yil Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirilgan. Armiyada 1946-yilgacha xizmat qilgan[2]. Ahad Ochilov 1959-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi xodimlari birlashmasiga aʼzo boʻlgan. 1969-yildan 1970-yilgacha Tojikiston suv xoʻjaligi qoʻmitasi boshligʻi lavozimida ishlagan. 1971-yildan 1973-yilgacha Vaxdat tumani Ijroiya qoʻmitasi kotibi boʻlgan. 1986-yildan 1989-yilgacha Vaxdat tumani mexanika zavodi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ahad Ochilov 1989-yil 14-noyabr kuni Tojikiston SSR tarkibidagi Dushanbe shahrida vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Ahad Ochilov koʻplab orden va mukofotlar bilan mukofotlangan:

Manbalar

tahrir
  1. „Очилов Аҳад“. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. „Аҳад Очилов“. ovozitojik.uz. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.