Ahror Usmonov (21-iyun 1966-yil; Beshariq tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — Oʻzbekistonlik xonanda va bastakor.

Ahror Usmonov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 21-iyun 1966-yil (1966-06-21) (57 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Xonanda, bastakor
Turmush oʻrtogʻi Aziza Usmonova (ajrashgan)
Gulbahor Usmonova
Janr Ashular, pop,
Ahror Usmonov va ustozi Sherali Joʻrayev bilan

Hayoti

tahrir

Ahror Usmonov 1966-yilning 21-iyun oyida Fargʻona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan. Otasi savdogar, onasi esa rus tili oʻqituvchisi boʻlgan. Oilada toʻngʻich farzand boʻlgan Usmonovni musiqaga qiziqishi, dastlab taʼlimi rus tilida olib boriladigan bolalar bogʻchasida uygʻongan[1][2]. Otasi uni oʻrta maktabda 5-sinfda oʻqib yurgan paytida bolalar sanʼat va musiqa maktabiga olib boradi. U yerda 5 yil davomida qashqar rubob cholgʻusini oʻrganib, Fargʻona sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kiradi va 4 yil davomida bu yerda tahsilini davom ettiradi. Soʻng Oʻzbekiston konservatoriyasida taʼlim oladi[3].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Usmonov dastlab teleboshlovchi Aziza Usmonova bilan turmush quradi va 2 nafar o‘g‘il farzandli bo‘lgandan soʻng ajrashadi[4]. Bundan soʻng esa Gulbahor Usmonova ismli ayol bilan turmush qurgan boʻlib, hozirda ularning 3 nafar farzandi bor[3].

Avtohalokat

tahrir

Xonanda 2016-yilning 22-iyun kuni yaqinlari bilan tog‘ga dam olish uchun ketayotganda avtohalokatga uchragan. Avtomobil xonanda Alijon Isaqovga tegishli boʻlib, uni Usmonovning umr yoʻldoshi Gulbahor Usmonova boshqarayotgan boʻlgan. Avtomobilda jami 7 kishi, Ahror Usmonov va rafiqasi, 3 qizi, shogirdi va xonanda Alijon Isaqov boʻlgan[5].

Halokatdan soʻng Usmonovning ahvoli ogʻirlashib[6], 10 kun komada yotgani haqida xabarlar chiqqan[7], lekin xonanda bularni rad etgan[8]. Xonandaning tos suyagi singan[9] va 3 oy davomida jiddiy davolanib, o‘rnidan qo‘zg‘almagan hamda bir yilgacha yurishga qiynalgan[10].

Xonanda avtohalokatdan keyin sogʻligini tiklab olib, 2017-yilda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻz konsertini bergan[11].

Qoʻshiqlar roʻyxati
Yil Nomi Sheʼr muallifi Bastakor Izoh
2024 Tuhmatda qolmasin odamzod
Yolgʻon yashamoqni bas qiling doʻstlar Xusan Eshmurod[12]
Ketar bordur Haziniy Xoʻqandiy Ahror Usmonov
Ayrilmasin Haziniy Xoʻqandiy Ahror Usmonov
Bir yigit Ahror Usmonov
Bobur armoni Mahmud Toirov[13]
1997 Ikki koʻz Fozil qori Yosin oʻgʻli Sobirov[2] Abdusalom Soliyev Bu qoʻshiq aslida Abdusalom Soliyevga tegishli ekanligini xonanda taʼkidlagan.
Yolgʻondan kulsa doʻst Ahror Usmonov
Ayrilsa
Salomlar boʻlsin
Beshariq
Ollohdan qaytsin
Oʻzingga shukr
Oʻzbek
Izzat-hurmat Mahtumquli
Farishtangni yigʻlatma
Ibodat
Dehqonim
Sen undayu, men bunda yolgʻiz
Bozorchi qiz
Dur tariqcha
Hali koʻp joylarda
Navroʻz guli
Ne foyda
Oʻldirur
Onam boʻladi
Oqqushginam
Oromijonim
Oychehra qiz
Oʻzbekistonsan
Qayga ketding?
Tugʻilgan kuning
Turnalar
Yolgʻiz ayol
Yostiqlar
Zebosidan
Fargʻonam
Etdingiz
Tugar boʻldi
Umrim mening
Surma surib
Sitoro
Shifokorlar
Muhabbatim
Kechalar
Hech kim
Davra oling
Ishongandim
Judo etmasin
Yangidan
Halovatlarim
Kechib jonlar
Kelar emush
Kelinchak
Maktub oldim
Men oshiqman
Sabr ayla
Qoʻyavering oʻynasin
Ey vujud
Kelarmu?
Navroʻzda
Sabolardan
Onajon
Koʻrdim
Mehr
Shamol sabab
Suvda sandiq
Aqling boʻlsa
Siz uni odam demang
Asl yorim
Nomardi kimdir?
Sevgim mening
Past adir qor saqlayolmas
Bekor
Muhabbatning dunyosi
Bilmaysizmu?
Men izlagan gul qayda?
Biz qadrdonlar
Doʻsti koʻp
Ey nigorim
Bizni bahor chorlar azizim
Dilbar parishon
Asl kimligingni
Ayo doʻstim
Ayrilma
Dogʻlarey
Azaldan bor aqida
Otam

Tashqi havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Ahror Usmonov (2022-01-26), Ahror Usmonov - Yashash baxti ko'rsatuvida, qaraldi: 2024-05-26
  2. 2,0 2,1 Sevimli TV (2023-08-14), ESLAB - AHROR USMONOV BILAN BIRGA-BIRGA ESLASHAMIZ, qaraldi: 2024-05-26
  3. 3,0 3,1 Milliy TV (2024-05-10), Ahror Usmonov: “Turmush o’rtoq demang!” Ikkalamiz, qaraldi: 2024-05-26
  4. Daryo.uz. „Birinchi turmushi muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramay, keyingilaridan chin baxtini topgan mashhurlar“ (19-iyul 2023-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  5. Daryo.uz. „Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi (foto)“ (27-iyun 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  6. Kun.uz. „Avtohalokat tufayli xonanda Ahror Usmonovning ahvoli og‘ir ekanligi ma'lum bo‘ldi“ (30-iyun 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  7. Daryo.uz. „Xonanda Ahror Usmonov avtoto‘qnashuvdan so‘ng og‘ir ahvolda yotibdi“ (30-iyun 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  8. Daryo.uz. „Xonanda Ahror Usmonov 10 kun komada yotgani haqidagi xabarlarni rad etdi“ (21-iyul 2016-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  9. Daryo.uz. „Infarkt, xotira yo‘qolishi, zaharlanish. Og‘ir kasalliklarni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)“ (30-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  10. Daryo.uz. „Mudhish yo‘l-transport hodisalariga uchrab, omon qolgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)“ (15-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  11. Daryo.uz. „Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi kuzning eng qimmat konsert dasturlari“ (11-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 26-may 2024-yil.
  12. Ahror Usmonov (2023-07-29), Ahror Usmonov | shoir Xusan Eshmurodov haqida qisqacha, qaraldi: 2024-05-26
  13. Ahror Usmonov (2024-02-17), Ahror Usmonov - Bobur armoni (Siz nima deysiz dasturida), qaraldi: 2024-05-26