Akmal Kamolov

Oʻzbekiston davlat arbobi, iqtisodchi

Akmal Saydakbarovich Kamalov — oʻzbek muhandisi, davlat arbobi. 2014-2015-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.

Akmal Saydakbarovich Kamalov
Акмал Сайдакбарович Камалов
 Oʻzbеkistоnning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2014-yil 11-oktabrdan – 2015-yil 11-oktabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ziyodulla Poʻlatxoʻjayev
Vorisi Bahrom Ashrafxonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-aprel 1967-yil (1967-04-25) (57 yosh)
Sirdaryo

Biografiyasi

tahrir

1967-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

1991-yilda Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1991-1994 — Oʻrta osiyo temir yoʻllari Toshkent teplovoz deposida elektr-ekipaj sexining brigadiri, avtomat sexining ustasi.

1994-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Yevropa ittifoqi komissiyasining texnik muvofiqlashtirish byurosida ishlagan.

1996-2001 — TRASEKA loyihasi koordinatori.

2001-2005 — „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ DATK Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi boshligʻi.

2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.

2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining oʻrinbosari.

2005-2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari.

2011-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari.

2014-2015 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi[1].

2015−2017 — „Oʻzpaxtasanoateksport“ xolding kompaniyasi boshqaruv raisi[2].

2018-yil 4-yanvardan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi o‘rinbosari.

Oilasi

tahrir

Oilali, ikki nafar oʻgʻil va bir qizi bor[3].

Manbalar

tahrir