Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi — Oʻzbekistonning Rossiyadagi rasmiy diplomatik vakolatxonasi boʻlib, Moskva shahridagi Yakimanka tumanidagi, Pogorelskiy tor koʻchasida joylashgan. 2016-yil noyabr oyida elchixona yonidagi Bolshaya Polyanka koʻchasi va 1-Kazachi koʻchasi (elchixona mehmon uyi roʻparasi) oʻrtasidagi maydon Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov (1990—2016) sharafiga Islom Karimov maydoni deb nomlandi[1]. 2018-yil oktabr oyidan buyon Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Zakirovich Asadov etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Oʻzbekiston
Mezbon mamlakat Rossiya
Manzili 119017, Moskva, Pogorelskiy tor koʻchasi, 12-uy
Elchi Botir Asadov
Bosh konsul Niyozxoʻjayev Valijon Salohiddinovich
Sayt Elchixona veb sayti

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasida konsullik idoralari mavjud.

Xususan:

  • Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi Konsullik boʻlimi (Markaziy federal okrug);
  • Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulligi (Shimoli-gʻarbiy federal okrug):
  • Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi (Volga federal okrugi);
  • Oʻzbekiston Respublikasining Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi (Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okrugi);
  • Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi (Ural federal okrugi);
  • Oʻzbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi (Sibir federal okrugi);
  • Oʻzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsullik idorasi (Uzoq Sharq federal okrugi).

Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Belarus Respublikasida Oʻzbekistonning elchixonasi ochilgunga (2018-yil) qadar u yerda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida roʻyxatda turishgan[2]. 2018-yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻsha yildagi Belarus Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Leonid Marinichni qabul qilgandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston elchixonasining Minsk shahrida faoliyat boshlashining amaliy jihatlari muhokama qilinib, Oʻzbekiston-Belarus uchrashuvlari bilan bogʻliq mavzular koʻrib chiqilgan edi[3].

Diplomatlar roʻyxati

tahrir
  • Asadov Botirjon Zakirovich — Favqulodda va muxtor elchi
  • Zaitov Zokir Sobirovich — siyosiy maslahatchi
  • Shamsibaev Timurbek Tohirjanovich — maslahatchi, biznes menejeri
  • Niyozxoʻjayev Valijon Salohiddinovich — Bosh konsul, maslahatchi
  • Gʻulomov Shohrux Hasanovich — savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi
  • Yadgarov Shohrux Shavkatovich — Matbuot boshqarmasi birinchi kotibi
  • Mamatqulov Damir Erkinovich — Madaniyat boshqarmasi ikkinchi kotibi
  • Raimov Azamat Farxadovich — Protokol boʻlimi attashesi[4]

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchilari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Правительство Москвы. Постановление. 1 ноября 2016 г. N 708-ПП. (PDF), 9-fevral 2019-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 1-noyabr 2021-yil {{citation}}: no-break space character in |title= at position 51 (yordam)CS1 maint: date format ()
  2. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rasmiy veb sayti
  3. Belarusdagi oʻzbekistonliklardan Moskvadagi elchixona konsullik roʻyxatidan chiqib ketishi soʻralmoqda — Kun.uz
  4. Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi shtati, 16-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1-noyabr 2021-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar

tahrir