Baxtiyor Islomov

Baxtiyor Islomov

Baxtiyor Anvarovich Islomov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi. 2003—2008-yillarda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi[1].

Baxtiyor Anvarovich Islomov
Fayl:Baxtiyor Islomov.jpg
 Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2003-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shomansur Shohalilov
Vorisi Ilhom Neʼmatov
 Oʻzbеkistоnning Belarusdagi elchisi
 
Mansab davri
2004-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-yanvar 1954-yil (1954-01-06) (70 yosh)
Toshkent

Maʼlumoti tahrir

1977-yilda — Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha, 1988-yilda — Sovet Ittifoqi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasida rahbar kadrlar tayyorlash kurslarini tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor.

Mehnat faoliyati tahrir

1977-1981 — Oʻzbekiston fanlar akademiyasining iqtisodiyot instituti aspiranti.

1981-1983 — Toshkent aloqa instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi assistenti.

1983-1987 — Oʻzbekiston SSR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi.

1988-1990 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri.

1990-1992 — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi. Garvard universitetida taklif etilgan olim sifatida tadqiqot faoliyati olib borgan.

1993-1996 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori, Xalqaro iqtisodiy rivojlanish boshqarmasi boshligʻi.

1994-1996 — BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi maslahatchisi, BMTTDning makroiqtisodiy tahlil va kadrlar tayyorlash loyihasi direktori.

1996-2001 — Yaponiyaning Toxoku universiteti qoshidagi Shimoliy-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Xitotsubashi universiteti professori.

2001-2002 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri. Respublika „Ustoz“ jamgʻarmasi ijrochi direktori. Bank-moliya akademiyasi ilmiy-uslubiy ishlar boʻyicha prorektori.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi.

2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2004-2008 — Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2008-yil 11-dekabrdan — 2012-yil yanvargacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

Favqulodda va muxtor elchi martabasiga ega.

Ingliz va fransuz tillarini biladi[2].

Manbalar tahrir