Abu al-Muzaffar Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy (arabcha: أبو المظفّر يوسف بن محمد المقتفي), al-Mustanjid billoh (arabcha: المستنجد بالله) shoh nomi bilan mashhur (1124–1170-yil 20-dekabr), 1160–1170-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiy xalifa. Oʻzidan oldingi xalifa al-Muqtafiyning oʻgʻli.

Al-Mustanjid
arabcha: المستنجد بالله
Xalifa
Amir al-Moʻminin

Hijriy 557-yilda al-Mustanjidning nomi yozilib zarb qilingan oltin dinor
Bagʻdod xalifaligining 32xalifasi
Bagʻdodda Bagʻdod xalifaligi
Saltanat 1160-yil 12-mart – 1170-yil 18-dekabr
Oʻtmishdoshi Al-Muqtafiy
Davomchisi Al-Mustadiy
Tugʻilishi 1124
Bagʻdod, Abbosiy xalifaligi
Vafoti 1170-yil 18-dekabr (46 yoshda)
Bagʻdod, Abbosiy xalifaligi
Dafn etilgan joy
Bagʻdod
Turmush oʻrtogʻi Zubayda bint Abu Nasr bin al-Mustazhir[1]
Gʻadda
Farzandlari Al-Mustadiy
Toʻliq nomi
Abu al-Muzaffar Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy al-Mustanjid billoh
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Muqtafiy
Onasi Tovus
Dini Islom, sunniylik

Hayoti

tahrir

Al-Mustanjid 1124-yilda tugʻilgan. Otasi xalifa al-Muqtafiy, onasi esa Tovus ismli ummu al-valad boʻlgan. Toʻliq ismi Yusuf ibn Muhammad al-Muqtafiy, kunyasi Abu al-Muzaffar. Yusuf hali yosh shahzoda boʻlgan vaqtda yaʼni 1136-yilda otasi xalifalikka tayinlangan va 1160-yil vafotiga qadar deyarli 25 yil davomida hukmronlik qilgan. Xalifa vafot etgach, uning oʻgʻli al-Mustanjid Bagʻdod xalifaligi taxtiga oʻtirgan. U otasining siyosatini davom ettirgan va Avniddin ibn Hubayrani oʻziga vazir etib tayinlagan. Avniddin bundan oldin al-Muqtafiyning hukmronlik davrida ham xalifalik vaziri boʻlib xizmat qilgan edi[2]. Uning vazirlik davrida Abbosiylar saroyida saljuqiylar taʼsiri pasayib borgan, shuningdek, Bagʻdodda hanbaliy taʼlimotining gullab-yashnashi kuzatilgan. Ibn Hubayra Nuriddin Mahmud ibn Zangiy tomonidan Fotimiylar xalifaligining Misrni zabt etish harakatlarida ham ishtirok etgan[2].

 
Artuklu Najmiddin Alpiy dirhami, Mardinda al-Mustanjid nomi bilan zarb qilingan boʻlishi mumkin.

Al-Muqtafiyning xotinlaridan biri, al-Mustanjidning oʻgay onasi Ummu Abu Ali oʻz oʻgʻlining xalifalikka tayinlanishini qattiq xohlar edi. Shu sababli ham u koʻplab amirlarni oʻz tomoniga ogʻdirgan va ularning choʻrilarini yangi xalifani oʻldirish maqsadida xanjar bilan qurollantirgan. Biroq al-Mustanjid uning bu fitnasini aniqlagan hamda isyonchi oʻgʻil va onani qamoqqa tashlagan.

Taxminan shu davrga kelib, 260 yildan beri davom etib kelayotgan Fotimiylar sulolasi, nihoyat, barham topgan. Ularning hukmdori Salohuddin al-Ayyubiy garchi oʻzi musulmon boʻlsa ham, avvaliga sunniylik eʼtiqodini shia mazhabi tamoyillari va amaliyotlariga sodiq qolgan xalq orasida eʼlon qilmagan edi. Biroq tez orada Salohuddin bu ishni amalga oshirgan va shu tariqa Abbosiylarning maʼnaviy ustunligi nafaqat Suriyada, balki butun Misr va unga qaram boʻlgan barcha hududlarga yoyilgan.

Al-Mustanjid haqida uning hokimiyat boshqaruvida ozmi-koʻpmi mustaqil mavqega ega boʻlgani, shuningdek, vaqti-vaqti bilan mahalliy yurishlarni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan kichik bir kuch tomonidan qoʻllab-quvvatlanganidan boshqa hech qanday yirik harakatlarni amalga oshirgan deb boʻlmaydi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Rudainy, Al; Saud, Reem „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
  2. 2,0 2,1 Makdisi (1971), pp. 802–803